Siyosatshunoslik


Узбекистон Республикасининг «Узбекистон Республикаси ташк^и сиё-


bet207/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

1 Узбекистон Республикасининг «Узбекистон Республикаси ташк^и сиё-
сий фаолиятининг асосий принциплари тугрисида»ги 1996 йил 26 декабрь
крнуни / / Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси.
- 1997. — № 2.
281


qonun ham tashqi siyosatimizning umuminsoniy tamoyillar va 
manfaatlar bilan to‘la muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
U yoki bu yo‘nalishdagi tashqi siyosatni tanlashga ta’sir 
ko'rsatadigan ko‘pdan-ko‘p omillar mavjud. Ular orasidan ik- 
kita eng asosiysini alohida eslatib o ‘tish lozim. Birinchisi — 
0 ‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo'lishida hamma 
uchun bir xil bo‘lgan talab mavjud bo‘lsa, ikkinchisi — tashqi 
siyosatda iqtisodiy manfaatlarning siyosiy manfaatlarga nisbatan 
ustunligidir. 0 ‘zining milliy manfaatlariga mos keladigan ko‘p 
tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish davlatimiz mus- 
taqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklami bartaraf etish 
va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim 
vositasidir.
0 ‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari Prezi­
dent I. A. Karimovning « 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraq­
qiyot yo‘li» asarining tashqi siyosatga bag‘ishlangan bobida aniq- 
ravshan ifodalab berilgan, ya’ni:
— milliy manfaatlar 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor 
maqsadidir;
— ko‘ptomonlamalik 0 ‘zbekiston tashqi siyosatining ustu­
vor yo‘nalishidir.
0 ‘zbekiston tarixiy taraqqiyoti va etnik jihatlariga ko‘ra mu- 
sulmon mamlakatlari jumlasiga kiradi. Buni inobatga olgan holda 
musulmon mamlakatlari bilan aloqalarga katta e’tibor qaratiladi. 
0 ‘zbekiston Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi davlatlari bilan 
birgalikda Turkiya, Eron va Pokiston tomonidan tuzilgan Iqtiso­
diy Hamkorlik Tashkilotiga ham a’zo bo‘ldi.
Shu bilan birga, Yevropaning ma’rifatparvar dunyosi bilan 
ham o'zaro hamkorlik 0 ‘zbekiston tashqi siyosatida muhim o‘rin 
tutadi. Chunki, Yevropadan biz sanoatni jadallashtirish, ish bi­
lan ta’minlash, favqulodda muammolarni hal etish va jahon 
bozoriga kirish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiya olish 
imkoniyatiga egamiz. 0 ‘z vaqtida birgina Turkiya emas, 
shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston davlatlari, 
qolaversa, aholisining ko‘pchiligi musulmon bo'lgan Misr, 
Quvayt, Malayziya, Indoneziya ham ana shu yo‘lni tanlagan 
edi.
282


0 ‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar markaziy 
o‘rinni egallashining yana bir isboti shuki, u suveren davlat si­
fatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish sohasida faol ish olib 
borib, jahon xo‘jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida 
keng miqyosda ishtirok etmoqda. Yevropa taraqqiyot va tik- 
lanish banki, Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo 
taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro 
Moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy Taraqqiyotga Ko‘maklashuvchi 
Tashkilot, Xalqaro Mehnat taqsimoti, Jahon Sog‘liqni Saqlash 
Tashkiloti va boshqa moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar a’zosi 
sifatida ular bilan faol aloqalar olib bormoqda.
Umumjahon va mintaqaviy o‘zaro yaqinlashish ehtiyoji biz- 
ning M D H tarafdori ekanligim izni bildiradi. Xususan, 
0 ‘zbekiston va Rossiya barcha sohalarda o‘zaro aloqalar ko‘la- 
mini kengaytirishdan manfaatdor. Ana shu manfaatdorlik, shu- 
ningdek, hamkorlikdagi o‘zaro ishonch va hurmat ruhi, ikki 
davlat rahbarlarining o‘zaro samimiy munosabati, ko‘pgina 
masalalarda fikrdoshligi 2004-yili Toshkentda 0 ‘zbekiston va 
Rossiya o ‘rtasid a S trategik sh erik ch ilik t o ‘g ‘risidagi 
shartnomaning imzolanishiga asos bo‘lgan edi. Ikki davlat 
rahbarlari tomonidan 2005-yilning 14-noyabr kuni Moskvada 
bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida esa 0 ‘zbekiston Respubli­
kasi bilan Rossiya Federatsiyasi o 'rtasid a ittifoqchilik 
munosabatlari to ‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
0 ‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya katta o‘rin tutganligi 
bois, ikkala mamlakat o ‘rtasida xalqaro maydondagi hamkor­
lik, siyosiy hamjihatlik mustahkamlanib, iqtisodiy, ijtimoiy-ma- 
daniy, ilmiy, harbiy-texnikaviy sohadagi aloqalar tobora rivoj- 
lanmoqda. Masalan, 0 ‘zbekiston tashqi savdosining beshdan 
bir qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. 2008-yil yakunlariga 
ko‘ra, bu boradagi ko‘rsatkich qariyb 4 milliard AQSH dollarini 
tashkil qildi. 0 ‘zbekiston eksportida sanoat mahsulotlarining, 
xususan, avtomobillarning ulushi (jami eksportning 28,6 foiz) 
ortib borayotgani diqqatga sazovordir. Shuningdek, ikki mam­
lakat o ‘rtasida sarmoya sohasidagi aloqalar ham jadal rivojlanib 
bormoqda. Hozirgi paytda yurtimizda 786 ta 0 ‘zbekiston— 
Rossiya qo‘shma korxonasining, Rossiyada esa o‘zbekistonlik
283


ishbilarmonlar bilan tuzilgan 349 ta qo'shma korxonaning fao­
liyat ko‘rsatayotganligi buning dalilidir1.
Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda biz- 
ning taraqqiyot strategiyamiz mintaqada tinchlik va barqaror- 
likni m ustahkam lashga, in teg ratsiy a ja ra y o n la rin i 
jadallashtirishga, Markaziy Osiyo Umumiy bozorini shakllanti- 
rishga yo‘naltirilgan bo'lib, o‘z navbatida, bu iqtisodiyotning 
barqaror rivojlanishiga, aholi turmush darajasining o‘sishiga 
qo‘shimcha imkon yaratadi»2.
Xulosa qilib aytganda, mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar, 
tashqi siyosatda ochiq-oydinlik prinsipi 0 ‘zbekistonga qisqa 
muddat ichida ikki taraflama keng tashqi aloqalar o'matish im- 
konini berdi. Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko‘prigining bar- 
po etilganligi, SHHT doirasidagi hamkorlikning kengayib 
borayotganligi respublika tashqi siyosatining strategik istiqboli- 
dir. Dunyoning 170 dan ortiq mamlakati tomonidan tan olingan, 
120 davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, 
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, nizolami 
tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik kabi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 
boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish