So‘fi olloyor hayoti va ijodini o‘rganuvchi manbalar reja: I. Kirish



Download 32,77 Kb.
bet2/3
Sana10.09.2021
Hajmi32,77 Kb.
#170081
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish (40)

So’fi Olloyor 
So'fi Olloyor 1620-yili Samarqandning Minglar qishlog'ida Olloquli ismli taqvodor kishi oilasida tug'ildi. U boshlang'ich ma'lumotni uyda va masjid huzuridagi maktabda oldi. So'fi Olloyor o'n yoshlarida Buxoroga borib, o'n besh yillar mobaynida Jo'ybor shayxlaridan ilm o'rgandi, kasb-hunar orltirdi. Buxoroda oila qurib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'rdi.

Olloyor yigirma besh yoshida Buxoro bojxonasida ishlay boshladi. Lekin ko'p o'tmay, bojgirlikni tark etib, tariqat yo'liga kirib, shayx Habibullo huzurida o'n ikki yil tahsil ko'rdi. Tahsil va tariqat riyozatlari natijasida So'fi Olloyor ma'naviy komil Inson, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida yetildi. U islom aqidalari, tasavvuf ta'limoti, ma'naviy kamolot muammolarini yoritgan «Maslak ul-muttaqin», «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin», «Mazxan ul-mute'in», «Najot ul-tolibin» singari asarlari orqali dunyoga tanildi.

So'fi Olloyorning qabri Surxondaryo viloyatining Denov tumani yaqinidagi qishloqlardan birida joylashgan. Ammo vafot etgan yili va unga taalluqli boshqa tafsilotlar noma'lum.

So'fi Olloyor diniy adabiyotning yirik namoyandasidir. Uning butun ijodiyoti islomiy ma'rifat bilan sug'orilgan. U o'zi sevgan tasavvuf ta'limotini o'zbekona sodda so'zlarda ifodalashga juda mohir. So'fi Olloyor Yassaviy va Mashrab singari o'ziga xos dunyoqarashga ega bo'lgan faylasuf allomadir. Shoir dunyoni islom nuri hamda tasavvuf timsollari ko'zgusida ko'radi va u orqali badiiy aks ettiradi.

Shoir nazmida inson ma'naviy kamolotining asosiy omili sifatida muhabbat tasvirlanadi. Uning nazarida muhabbat har qanday ezgulikning elchisi, muhabbatsizlik esa har qanday yovuzlikning doyasidir. Bu — Ollohga muhabbatdir. Zotan, Ollohga muhabbatdan e'tiqod, muhabbatsizlikdan esa e'tiqodsizlik tug'iladi: 

Kel, ey tolib, ko'zing ibrat bilan och, Muhabbatsiz kishidin qush bo'lib qoch. 

Muhabbat ahlining jo'yoni bo'lg'ul, O'shalkim uchradi, qurboni bo'lg'ul. Kishining ko'nglikim begona bo'lsa, 

Erur dushman agar hamxona bo'lsa. Muhabbatsizki bo'ldi har qayu zot, 

Agar farzandi shirindur, erur yot.

Ushbu sodda va samimiy misralar falsafiy fikrlarning hayoti tajribadan o'tib quyulgan badiiy umumlashmasidir.

Ma'naviy kamolotning asosiy sharti o'zlikni anglamoqdir. O'zlikni anglamoqlikning birlamchi belgisi esa Haqni tanimoqdir: 

Nedur qulluq, aning mushtoqi bo'lmoq, 

O'zidin foniy, Haqg'a boqiy bo'lmoq. 

Tanimoq Tangrini — tonmoq havodin, 

Keyin turmoq fi'oli noravodin.

Olloyorning fikricha, o'zlikdan kechish, o'zlik g'umrini tark etib, Haqning inon-ixtiyoriga o'tish abadiylik saodatidir. Kibru havodan, manmanlik mag'rurligidan voz kechish Tangrini tanishdan boshlanadi. Tangrini tanigan o'zligini anglaydi va noravo faoliyatdan, insoniylikka nomunosib xatti-harakatlardan albatta tiyiladi.

Insonning ma'naviy faoliyatini lining ruhiyati boshqaradi. Ruhning mazhari esa ko'ngil. Shunday ekan, odam faqat yaxshi faoliyat bilan shug'ullanishi uchun lining ruhiyati musaffo ko'ngli pok bo'lishi kerak. Bu haqda Olloyor quyidagicha badiiy talqin beradi: 

Hama a'zo raiyatur, ko'ngil shoh, 

Amonlig' bo'lg'usi shoh adlidin roh. 

Agar sulton o'zi qilsa yomonlig', 

Qachon bo'lg'ay raiyatda amonlig'?! 
Shoir inson vujudini harakatdagi bir jamiyatga o'xshatadi. Vujudning barcha a'zolarini xalqqa, ko'ngilni esa xalqni boshqaruvchi shohga qiyoslaydi. Agar shoh adolatli bo'lsa, xaloyiqni to'g'ri yoiga boshlaydi, davlat va jamiyat ravnaq topadi. Agar shohning o'zi adolatsiz bo'lsa, fuqaroni noto'g'ri yo'lga yo'naltiradi, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi.

Demak, ezgu faoliyat ko'ngilni poklashni taqozo etadi. Ko'ngilni poklash esa uzluksiz riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayon. Ma'naviy kamolotni orzulagan inson, qanchalar mashaqqatli bo'lmasin, riyozatni ixtiyor etadi. Chunki riyozat, oxir-oqibatda, inson ruhiga rohat-farog'at yetkazadi. So'fi Olloyor ushbu falsafiy fikrni badiiy libosda hadya etadi:



Riyozat mevasidir misli yang'oq, 

Agarchi zohiri shax, botini yog'. 

Maishat zohiri narm, oxiri qahr, 

Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr.

Shoirning ajoyib o'xshatishicha, riyozatning mevasi bamisli yong'oqdir. Riyozatning tashqi ko'rinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat bo'lganidek, yong'oqning po'chog'i qattiq, ammo mag'zi yog'day yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga o'xshatiladi. Maishatning tashqi manzarasi yoqimli, dilkash, biroq oqibati qahr-g'azab, mast-alastlik mojarolari bilan yakunlanadi. Ilonning ham badani yumshoq va chiroyli, ichi esa to'la zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprog'iga har kun bosh qo'yishga — ibodat qilishga chorlaydi:



Riyozat xokig'a har kecha ur bosh, 

Yurak qon bog'lasa, la'l otanur tosh.

Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bog'lab, la'l toshidek qip-qizil tus oladi. Ko'ngil mulki dard mazhargohiga aylangach, insonning hamma uzvi poklanishga kirishadi. Shoir shuni tilab munojot etadi:




Yomon ishdin hama uzvimni pok et

Ko'ngil mulkin maqomi dardnok et. 
So'fi Olloyorning aksariyat she'rlari sermag'iz yong'oqqa o'xshaydi. Ularda mag'zi to'q hayotiy, falsafiy fikrlar nasihat tarzida lo'nda ifodalangan. Bu nasihatlar ma'naviy barkamol insonni kamol toptirishga qaratilgan. Xususan, sharqona odob, nutq va muomala madaniyati alohida o'rin tutadi:

 Agar bo'lmasa sanda so'zg'a yetmak, 


Download 32,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish