So‘fi olloyor hayoti va ijodini o‘rganuvchi manbalar reja: I. Kirish


Na davlatdur sukut etmak, eshitmak



Download 32,77 Kb.
bet3/3
Sana10.09.2021
Hajmi32,77 Kb.
#170081
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish (40)

Na davlatdur sukut etmak, eshitmak. 

Eshit, ammo qayu so'z bo'lsa behroq, 

Qulog'ingga ani halqa qilib toq. 
Ushbu baytlarda nutq odobining go'zal sabog'i mujassam. Shoirning fikricha, davrada yoxud anjumanda so'zlashga fursat yo navbat yetmasa, sukut saqlab tinglamoqlik ham katta davlat ekan. Darvoqe, suhbatdoshni tinglay bilish, muhim gapni nomuhimidan ayirib o'zlashtira olish ham zarur qobiliyat. Buning uchun sabr-toqat, fahm-farosat kerak. Hamma gapni xotiraga joylab olish shart emas, lekin eng muhim gapni uqib, doimiy hamroh halqadek quloqqa «taqib» olish muhimdir.

Kerak joyda so'zdan saqlanish nutq madaniyati bo'lgani singari, kamgaplik, me'yorida so'zlash ham nutq odobidir:



Kalidi ganji ma'nikim, «zabon»dur, 

Anga bir nuqta ko'b bo'lsa, «ziyon»dur. 
Til ma'no xazinasining kalitidur. Lekin, arabiy yozuvdagi «zabon» so'ziga ortiqcha bir nuqta qo'yilishi bilan u «ziyon»ga aylanadi. Nutq, suhbat, munozaradagi ortiqcha gap- so'zlar ham faqat ziyon keltiradi.

Badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish kishini eldan chiqaradi, el undan yuz o'giradi:



Kishi sanchiq so'z aytsa, san chiq ondin, 

Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin. 
Olloyor sabog'icha, xushmuomalalilik do'stlikning eng muhim shartlaridandir. Shoir bu boradagi har bir pandini noyob badiiy tamsillar bilan izohlaydi: 

Kulub mehmon qoshig'a chiqg'il, ey qui, 

Shajar mevadin oldin ko'rsatur gul. 
Mehmon kutar ekansiz, mehmondorchilikdan awal unga peshvoz chiqib, tabassum hadya eting. Avval xushmuomala izhor eting, keyin taom va nozu ne'matlar torting. Zotan, tabiatdan o'rnak oladigan bo'lsak, daraxt meva berishdan avval gul ochadi.

Xushmuomalalik mo'min-musulmonlik madaniyatidir: Yamon til shumlig'iki, jong'a urg'ay. Gahe jondin o'tub unong'a urg'ay. Musulmon o'g'lig'a yaxshi qiliq qil, Tilingni xush, chiroyingni iliq qil», — deydi Olloyor.

Uzoq muddat arazlab yurmoq, kina tutmoq musulmonlik odobidan emas: 
Yomonlarning ishidur kina tutmoq, 

Musulmonlik — yomonlikni unutmoq. 

Otang yerdur, sanam yerdek qiliq qil, 

Yomonlig' aylaganga yaxshilik qil. 


Bular So'fi Olloyorning shohbaytlaridir. Ular sharqona insonparvarlikning So'fi Olloyorona oliy ifodalaridir. So'fi Olloyor saboqlarini ma'naviyatimizga singdirish komil inson bo'lishning garovidir

Kel, ey tolib, ko'zing ibrat bilan och, Muhabbatsiz kishidin qush bo'lib qoch. Muhabbat ahlining jo'yoni bo'lg'ul, O'shalkim uchradi, qurboni bo'lg'ul. Kishining ko'nglikim begona bo'lsa, Erur dushman agar hamxona bo'lsa. Muhabbatsizki bo'ldi har qayu zot, Agar farzandi shirindur, erur yot.Ushbu sodda va samimiy misralar falsafiy fikrlarning hayoti tajribadan o'tib quyulgan badiiy umumlashmasidir. Ma'naviy kamolotning asosiy sharti o'zlikni anglamoqdir.O'zlikni anglamoqlikning birlamchi belgisi esa Haqni tanimoqdir: Nedur qulluq, aning mushtoqi bo'lmoq, O'zidin foniy, Haqg'a boqiy bo'lmoq. Tanimoq Tangrini — tonmoq havodin, Keyin turmoq fi'oli noravodin. Olloyorning fikricha, o'zlikdan kechish, o'zlik g'ururini tark etib, Haqning inon-ixtiyoriga o'tish abadiylik saodatidir. Kibru havodan, manmanlik mag'rurligidan voz kechish Tangrini tanishdan boshlanadi. Tangrini tanigan o'zligini anglaydi va noravo faoliyatdan, insoniylikka nomunosib xatti-harakatlardan albatta tiyiladi. Insonning ma'naviy faoliyatini uning ruhiyati boshqaradi. Ruhning mazhari esa ko'ngil. Shunday ekan, odam faqat yaxshi faoliyat bilan shug'ullanishi uchun uning ruhiyati musaffo, ko'ngli pok bo'lishi kerak. Bu haqda Olloyor quyidagicha badiiy talqin beradi: Hama a'zo raiyatur, ko'ngil shoh, Amonlig' bo'lg'usi shoh adlidin roh. Agar sulton o'zi qilsa yomonlig', Qachon bo'lg'ay raiyatda amonlig'?! Shoir inson vujudini harakatdagi bir jamiyatga o'xshatadi. Vujudning barcha a'zolarini xalqqa, ko'ngilni esa xalqni boshqaruvchi shohga qiyoslaydi. Agar shoh adolatli bo'lsa, xaloyiqni to'g'ri yo'lga boshlaydi, davlat va jamiyat ravnaqtopadi. Agar shohning o'zi adolatsiz bo'lsa, fuqaroni noto'g'ri yo'lga yo'naltiradi, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi. Demak, ezgu faoliyat ko'ngilni poklashni taqozo etadi. ko'ngilni poklash esa uzluksiz riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayon. Ma'naviy kamolotni orzulagan inson, qanchalar mashaqqatli bo'lmasin, riyozatni ixtiyor etadi. Chunki riyozat, oxir-oqibatda, inson ruhiga rohat-farog'at yetkazadi. So'fi Olloyor ushbu falsafiy fikrni badiiy libosda hadya etadi: Riyozat mevasidir misli yang'oq, Agarchi zohiri shax, botini yog'. Maishat zohiri narm, oxiri qahr, Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr.Shoirning ajoyib o'xshatishicha, riyozatning mevasi bamisli yong'oqdir. Riyozatning tashqi ko'rinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat bo'lganidek, yong'oqning po'chog'i qattiq, ammo mag'zi yog'day yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga o'xshatiladi. Maishatning tashqi manzarasi yoqimli, dilkash, biroq oqibati qahr-g'azab, mast-alastlik mojarolari bilan yakunlanadi. llonning ham badani yumshoq va chiroyli, ichi esa to'la zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprog'iga har kun bosh qo'yishga — ibodat qilishga chorlaydi: Riyozat xokig'a har kecha ur bosh, Yurak qon bog'lasa, la'l otanur tosh. Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bog'- lab, la'l toshidek qip-qizil tus oladi. Ko'ngil mulki dard mazhargohiga aylangach, insonning hamma uzvi poklanishga kirishadi. Shoir shuni tilab munojot etadi: Yomon ishdin hama uzvimni pok et, Ko'ngil mulkin maqomi dardnok et. So'fi Olloyorning aksariyat she'rlari sermag'iz yong'oqqa o'xshaydi. Ularda mag'zi to'q hayotiy, falsafiy fikrlar nasihat tarzida lo'nda ifodalangan. Bu nasihatlar ma'naviy barkamol insonni kamol toptirishga qaratilgan. Xususan, sharqona odob, nutq va muomala madaniyati alohida o'rin tutadi: Agar bo'lmasa sanda so'zg'a yetmak, Na davlatdur sukut etmak, eshitmak. Eshit, ammo qayu so'z bo'lsa behroq, Qulog'ingga ani halqa qilib toq. Ushbu baytlarda nutq odobining go'zal sabog'i mujassam. Shoirning fikricha, davrada yoxud anjumanda so'zlashga fursat yo navbat yetmasa, sukut saqlab tinglamoqlik ham katta davlat ekan. Darvoqe, suhbatdoshni tinglay bilish, muhim gapni nomuhimidan ayirib o'zlashtira olish ham zarur qobiliyat. Buning uchun sabr-toqat, fahm-farosat kerak. Hamma gapni xotiraga joylab olish shart emas, lekin eng muhim gapni uqib, doimiy hamroh halqadek quloqqa «taqib» olish muhimdir. Kerak joyda so'zdan saqlanish nutq madaniyati bo'lgani singari, kamgaplik, me'yorida so'zlash ham nutq odobidir: Kalidi ganji ma'nikim, «zabon»dur, Anga bir nuqta ko'b bo'lsa, «ziyon»dur. Til ma'no xazinasining kalitidur. Lekin, arabiy yozuvdagi «zabon» so'ziga ortiqcha bir nuqta qo'yilishi bilan u «ziyon»ga aylanadi (ouj-oUj). Nutq, suhbat, munozaradagi ortiqcha gap- so'zlar ham faqat ziyon keltiradi. Badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish kishini eldan chiqaradi, el undan yuz o'giradi: Kishi sanchiq so'z aytsa, san chiq ondin, Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin. Olloyor sabog'icha, xushmuomalalilik do'stlikning eng muhim shartlaridandir. Shoir bu boradagi har bir pandini noyob badiiy tamsillar bilan izohlaydi: Kulub' mehmon qoshig'a chiqg'il, ey qul, Shajar mevadin oldin ko'rsatur gul.Mehmon kutar ekansiz, mehmondorchilikdan avval unga peshvoz chiqib, tabassum hadya eting. Avval xushmuomala izhor eting, keyin taom va nozu ne'matlar torting. Zotan, tabiatdan o'rnak oladigan bo'lsak, daraxt meva berishdan avval gul ochadi. Xushmuomalalik mo'min-musulmonlik madaniyatidir: Yamon til shumlig'iki, jong'a urg'ay. Gahe jondin o'tub imong'a urg'ay. Musulmon o'g'Iig'a yaxshi qiliq qil, Tilingni xush, chiroyingni iliq qil», — deydi Olloyor. Uzoq muddat arazlab yurmoq, kina tutmoq musulmonlik odobidan emas: Yomonlarning ishidur kina tutmoq, Musulmonlik — yomonlikni unutmoq. Otang yerdur, sanam yerdek qiliq qil, Yomonlig' aylaganga yaxshilik qil. Bular So'fi Olloyorning shohbaytlaridir. Ular sharqona insonparvarlikning So'fi Olloyorona oliy ifodalaridir. So'fi Olloyor saboqlarini ma'naviyatimizga singdirish komil inson bo'lishning garovidir. 

Katta Vaxshivor qishlog‘ining mashhurligi So‘fi Olloyor hazratlarining nomi bilan bogliq. So‘fi Olloyor bu qishloqni obodonlashtirib, Qorabuloq nomi bilan ataluvchi buloqdan chiqgan suvni qishloqqa olib kelib, 1713 yilda xalq hashari usulida masjid qurib ishga tushuradi. Bu masjid bugungi kunda ham xalqga xizmat qilmokda.

So‘fi Olloyor xayotining keyingi yillarini (1710-1721) Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi (hozirgi Oltinsoy tumani) Katta Vaxshivor qishlog‘ida o‘tkazib 90 yoshlarida shu joyda vafot etgan va dafn etilgan. Serfayz qabrlari Katta Vaxshivorda joylashgan.

Soʻfiy Olloyorning “Sabot ul-ojizin” deb nomlangan asari falsafiy-didaktik adabiyotning eng yaxshi namunalaridan biridir. Unda pir bilan shogirdlar oʻrtasidagi munosabatlar xususida fikryuritilgan. Ustozning shogirdlari oldidagi vazifalari, aksincha shogirdning pir odsidagi burchlari haqida bayon qilingan:

 

Kerak murpshd bergan monandi ummon,

Muborak botini pur durri marjon.

 

Jaholat dashtidin kim kelsa suvsab,



Aning tohir suvidan boʻlsa serob.

 

Agar boʻlsa kase, kim tolibi dur,



Choʻmub botinga jaybin aylasa nur…

 

Asarda komil insonni tarbiyalab yetishtirish asosiy masala qilib qoʻyilgan. Muallifning fikricha, inson maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi zarur. Eʼtiqodsiz, aniq maqsadsiz kishi behuda umr kechirgan boʻladi. Umri zoye ketadi. Unga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatish darkor.



Soʻfiy Olloyor inson feʼlidagi salbiy jihatlarni qanchalik iztirob bilan tasvirlasa, ijobiy tomonlarni shunchalik zavq-shavq bilan kuylaydi. Odamlarni ochiqkoʻngillikka, shirinsoʻzlikka, rahmdillikka, mehr-oqibatga, saxovatga daʼvat etadi:

 

Ochuq qoʻllik, kushoda yuzli boʻlgʻil,



Muruvvatlik, muloyim soʻzli boʻlgʻil.

 

Muloyim til bilan beharbu bezarb



Birovni keltirurlar sharqdan gʻarb.

 

Suchuq tildir ajib ganji muazzam,



Ato qilgon hech kimni mukarram

XULOSA

Soʻfiy Olloyor oʻzbek adabiyoti tarixida tasavvuf taʼlimotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan shoirdir. U oʻz sheʼrlarida soʻfiylikning axloqiy masalalarini keng targʻib qildi. Odam faqat shu yoʻl bilan haqiqat va komillikka erishadi, degan falsafani olgʻa surdi. Soʻfiy Olloyor asarlarini fors, arab tillarini puxta bilgan holda sodda oʻzbek tilida yozdi. Shuning uchun shoir asarlari xalq ommasi orasida keng tarqalgandir. Shoir asarlari Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir qancha marta bosilib chiqqan.



 

 Foydalanilgan adabiyotlar



  • Zohid R., Soʻfi Olloyor. Adabiyot koʻzgusi, T., 1996; Turkistoniy S, Soʻfi Olloyor. Gʻoyiblar xaylidan yongan chiroqlar, T.,1994; Baratova N., Soʻfi Olloyorning badiiy-maʼnaviy qarashlari, Samarqand, 2002.

  • Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. - Toshkent : "Sharq" nashriyoti, 2004 - 208 bet.

  • So'fi Olloyor. Sabot-ul Ojizin, Toshkent, 1991.

  • Soʻfi Olloyorgan hayoti va ijodiga bagʻishlanga rasmiy sayt: 

Download 32,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish