Sotsiologiya tarixi



Download 347,33 Kb.
bet1/2
Sana08.07.2022
Hajmi347,33 Kb.
#758347
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
SOTSIOLOGIYA TARIXI Fayoza


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
SOTSIOLOGIYA 1- KURS SIRTQI YO’NALISHI
SOTSIOLOGIYA TARIXI” FANIDAN

REFERAT

Bajardi: Eshonqulova Fayyoza


Tekshirdi________________________


Toshkent-2022
Mavzu: AQSH sotsiologiyasida neopozitivizm gʻoyalari
Reja:
1. Sotsiologiyada neopozitivizmning yuzaga kelishi
2. XX asr AQSH sotsiologiyasida empirizm
3. Chikago maktabi
4. Kolumbiya maktabi

Sotsiologiyada neopozitivizm – falsafaning mantiqiy pozitivizmiga tayanuvchi


nazariy-metodologik yoʻnalishdir. Neopozitivizmning asosiy tamoyillari
quyidagilardan iboratdir:
1) Ijtimoiy voqea-hodisalar butun bir borliq uchun umumiy boʻlgan tabiiy
va ijtimoiy-tarixiy qonunlarga boʻysunadi (naturalizm);
2) Sotsial tadqiqot usullari tabiatshunoslik fanlari usullari kabi aniq,
qatʼiy va obyektiv boʻlishi lozim (ssiyentizm);
3) Inson xulq-atvorining “subyektiv jihatlari” faqatgina ochiq xulq-atvor
orqali tadqiq etilishi lozim (bixeviorizm);
4) Barcha ilmiy tushunchalar operatsional tarzda aniqlanishi lozim
(operatsionalizm);
5) Barcha ijtimoiy voqea-hodisalar miqdoriy jihatdan qayd etilishi va
oʻrganilishi lozim (kvantifikatsiya);
6) Sotsiologiya fan sifatida qadriyatli hukmlardan va mafkuradan xoli
boʻlmogʻi lozim (metodologik obyektivizm);
Ushbu tamoyillar asosida neopozitivizm vakillari inson xulq-atvori
motivlarini faqatgina konkret xatti-harakatlarni kuzatish orqaligina tadqiq etish mumkinligini taʼkidlaydilar. Shuningdek, bu xatti-harakatlarda faqatgina moddiy-
texnik omillarning rolini aynanlashtiradilar. Quyidagi talablarga javob
bergandagina sotsial voqea-hodisalar tadqiqoti oʻzining haqqoniyligini namoyon etadi:
a) miqdoriy jihatdan, matematik usullar asosida qayd etish mumkin boʻlganda;
b) hissiy maʼlumotlarga asoslanganda;
v) empirik jihatdan tekshirish mumkin boʻlganda.
Shuni taʼkidlash lozimki, ijtimoiy hayotning barcha voqea-hodisalarini ham
(masalan, psixik jarayonlar) miqdoriy jihatdan qayd etish va oʻrganish, ijtimoiy
qonuniyatlarni ratsional tafakkur tushunchalarisiz tadqiq etish, koʻpgina nazariy
mushohadalarning (masalan, jamiyatning kelajakdagi taraqqiyoti istiqbollari haqidagi)
haqqoniyligini bevosita verifikatsiya orqali tekshirish mumkin emas.
Neopozitivizm oʻzlarini “ilmiy sotsiologiya” vakillari yoki sotsiologiyada
“tabiiy-ilmiy” yoʻnalish vakillari deb hisoblovchi umumiy bir gʻoyada birlashgan
alohida bir necha maktablardan tashkil topgan yoʻnalishdir. Vena toʻgaragi tarkibida
shakllangan bu oqim keyinchalik AQSH sotsiologiyasiga kuchli taʼsir oʻtkazib, XX asr
boshlaridan empirik sotsiologiyaning rivojlanishiga katta xissa qoʻshdi. Natijada,
bevosita amaliy ishlarga eʼtiborning kuchayishi oqibatida, sotsiologiya ijtimoiy ish
bilan tenglashtirildi. Nazariy va metodologik bazaning yetishmovchiligi – ushbu davr
kamchiligi sifatida empirizm va pragmatizm kabi xususiyatlarni namoyon qildi.
Amerika sotsiologiyasida psixologik yoʻnalish asoschilaridan biri Lester Frank
Uord (1841-1913) boshchiligida XX asr boshlaridan AQSHda ilk empirik tadqiqotlar
oʻtkazila boshlandi. L. Uord kapitalistik jamiyat doirasida ijtimoiy islohotlarning
nazariy bazasini taʼminlab berishga qaratilgan empirik tadqiqotlar tamoyillarini
shakllantirdi.
L.Uord gʻoyalarining davomchisi, AQSH psixologik sotsiologiyasining yirik
vakili Franklin Genri Giddins (1855-1931) ham empirik sotsiologiya rivojiga katta
hissa qoʻshdi, u sotsiologiyada empirik tadqiqotning statistik usulini ishlab chiqdi.
Uning fikriga koʻra, sotsiologiya individlarning xulq-atvorlarini ularning atrof-
muhit taʼsiriga reaksiyasi yigʻindisi sifatida talqin etiluvchi “plyuralistik xulq-
atvor”ni statistik usullar orqali oʻrganishi lozim.
Amerika sotsiologiyasining empirik sotsiologiya rivojiga qoʻshgan hissasi bilan
bir qatordagi yana bir oʻziga xos oʻrni shu bilan belgilanadiki, aynan AQSHda sotsiologiya
fanini institutsionallashtirishga toʻliq erishildi, yaʼni ilk “Sotsiologiya” kafedrasi
AQSHning Chikago universitetida ochildi. Chikago va Kolumbiya universitetlarida
sotsiologik maktablar shakllandi.
Chikago maktabi vakillariga U. Tomas, F. Znaneskiy, R. Park, U. Ogbornlar
kiradi.
Uilyam Ayzek Tomas (1863-1947) – Chikago universiteti sotsiologiya professori
(1900-1918), sotsiologiyada psixologizm vakili, sotsiologiya fanining ilk ilmiy
jurnali “American Journal of Sociology ”ning redaktori (1895-1917), shuningdek, Chikago
maktabining asoschisi hisoblanadi. Uning fikriga koʻra, sotsiologiya keng doiradagi
muammolarni, yaʼni individ va ijtimoiy guruh, individ va madaniy qadriyatlar
oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni, ijtimoiy holatlarda individ xulq-atvorlari
qonuniyatlarini, individning guruhga va bir ijtimoiy guruhning boshqa bir guruhlarga
moslashuvi jarayonlarini oʻrganish bilan shugʻullanishi lozim, bunda tabiiy fanlar
usullariga tayanish zarur.
Ijtimoiy holat tushunchasi – U. Tomas nazariyasining asosiy tushunchasi
hisoblanib, u uchta elementdan tashkil topadi:
A) obyektiv shart-sharoitlar ( sotsial norma va qadriyatlar);
B) individ va guruh maqsad va qadriyatlari;
V) individ tomonidan holatning aniqlanishi.
U. Tomasning F. Znaneskiy bilan birgalikda yozgan “Polshalik dehqon Yevropa va
Amerikada”(1918-1920, 1-5 t.) nomli kitobida ikkinchi elementning tahliliga asosiy
eʼtibor qaratilgan. Individ tomonidan holatning aniqlanishi guruh qadriyatlari bilan
mos kelmasa, kapitalistik jamiyatni koʻpgina kasalliklarga duchor etuvchi ziddiyat va
ijtimoiy dezintegratsiya yuzaga keladi. Bu asarda konkret hodisani tadqiq etish (case-
study) usuli qoʻllanilgan va toʻliq bayon etilgan. U. Tomas tomonidan shakllantirilgan
holatni aniqlash teoremasi quyidagicha: “Insonlar holatni real deb baholar ekan, ular
oʻz oqibatlariga koʻra ham realdir”.
Ijtimoiy hayotning va insonning shaxsiy maqsad va qadriyatlari asosida yotuvchi,
sabablar va harakatlantiruvchi kuchlarni tahlil qilib, U. Tomas psixoanaliz taʼsiri
ostida insonning toʻrtta asosiy xohish-istaklari haqidagi taʼlimotni yaratadi: yangi
tajriba, xavfsizlik, eʼtirof va hokimiyat. Uning fikriga koʻra, inson xohish-
istaklarini temperament belgilab beradi.
U. Tomas ijtimoiy hayot va madaniyat taraqqiyotida ijod bilan shugʻullanuvchi
insonlarning roliga hal qiluvchi ahamiyat berib, faqatgina ularning qobiliyati, yangilik
va kashfiyotlari, shuningdek, psixologik xususiyatlari, belgilangan temperamenti
ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlaydi, deb hisoblaydi.
Sotsiologik tadqiqotlar texnikasi rivojida U. Tomas tomonidan ilgari
surilgan usul, yaʼni inson faktorini oʻrganishda shaxsiy hujjatlar (xat, kundalik,
avtobiografiya, xotiralar va h.)dan foydalanish usuli sotsiologiya va sotsial psixologiya
fanlarida muhim ahamiyat kasb etdi.
Florian Znaneskiy (1882-19580 sotsiologiyani sotsial tashkilotlar toʻgʻrisidagi
fan sifatida baholaydi. Unga koʻra, sotsiologiya nafaqat guruhning alohida aʼzolari
oʻrtasidagi, balki uning har bir aʼzosi va, umuman, butun bir guruh tarkibidagi oʻzaro
munosabatlarni ham belgilab beruvchi xulq-atvor qoidalarini oʻrganishi zarur. Sotsial
tashkilotning asosini sotsial institutlar tashkil etadi. Jamiyatning oʻzgarishi atrof-
muhit bilan oʻzaro taʼsirlashuv natijasi sifatida talqin etiladi. Jamiyat muhitga
moslashish natijasida oʻzgaradi, insonlar esa – jamiyatga. F. Znaneskiy sotsial xatti-
harakatni boshqa insonlarga taʼsir qilishga intiluvchi xulq-atvor sifatida talqin
qiladi, uning ikkita asosiy tipini ajratadi – moslashuv va muholifat.
Chikago maktabining yana bir yetakchi vakili Robert Park (1864-1944) sotsiologiya
fanining predmetini tanlashda ijtimoiy tizimni global ekotizimning bir elementi
sifatida talqin etish zarurligini taʼkidlaydi. Sotsiologiya va ekologiya fanlari
tizimlarni oʻrganishda aynan bir tamoyilga tayanadi, ekologiya oʻz vazifalari va tadqiqot
usullari bilan sotsiologiyaga juda yaqin fan hisoblanadi. Jamiyatda sodir boʻlayotgan
jarayonlar, R. Park fikriga koʻra, yashash muhitidagi shart-sharoitlarga boʻysunadi va
undagi oʻzgarishlarga taʼsir koʻrsatadi. Bu tamoyil jamiyatga uning tabiat bilan
birligi sifatidagi tizimli qarashning chuqurlashib borishiga olib keldi. Jamiyatning
muhit bilan mutanosibligiga raqobat shakllari evolyutsiyasi vositasida erishiladi:
hayvonlarga xos raqobat ijtimoiy raqobat bilan almashadi. R. Parkning bu gʻoyasi
tabiatdagi yashash uchun kurash va jamiyatdagi raqobatning biryoqlamaliligi haqidagi
xulosaga olib keladi. Sotsiologiya jamiyatning organizm va “biologik fenomen”
sifatidagi evolyutsiya davomida shakllanuvchi kollektiv xulq-atvor namunalarini
oʻrganadi. Sotsial evolyutsiya toʻrt bosqichda amalga oshadi, har qaysi ijtimoiy organizm
shunga mos ravishdagi toʻrt tartibotni boshdan kechiradi:
-ekologik (atrof-muhit bilan bogʻliq, jismoniy taʼsirlashuv);
-iqtisodiy;
-siyosiy;
-madaniy.
R. Park jamiyatga ijtimoiy nazorat tashkiloti sifatida qaraydi. Ijtimoiy
nazorat esa oʻzaro taʼsirlashuvda kollektiv xulq-atvorni qayta shakllantiruvchi ramzlar,
belgilar va ahamiyatlar jamiyatidir. Tartibotlar jamiyatdagi dinamik muvozanatni
ushlab turadi, erkinlik darajasi kamayadi.
Oʻzining “Shahar” nomli asarida R. Park ijtimoiy ekologiya muammolarini
yoritib oʻtadi: ijtimoiy ekologiya shaharni tarkibiy tuzilishga ega boʻlgan, har bir
alohida institut va guruhlarga maʼlum bir funksiyalarni biriktirgan oʻziga xos organik
birlik sifatida oʻrganish imkonini beradi. Ushbu asarda yashash uchun kurash tamoyili
asosidagi tarqalish tamoyili koʻrsatib oʻtilgan. (“Eng yaxshi narsalar eng yaxshilar
uchun”).
“Sotsiologiya faniga kirish” (1921) asarida esa ijtimoiy jarayonni musobaqa,
ziddiyat, moslashuv va assimilyatsiyadan tashkil topgan jarayon sifatida baholaydi.
Musobaqa – insonning yashash uchun kurash shaklidir, u ongsiz ravishda amalga oshiriladi
va ziddiyatga aylanadi. Ziddiyat esa oʻz navbatida moslashuvga oʻtadi va assimilyatsiya –
sotsial guruhlar munosabatlarining chuqurlashuviga va ular oʻrtasidagi chuqur
ziddiyatlarga olib keladi.
Uilyam Ogborn (1886-1959) Amerika sotsiologiyasida psixoanalizni tadbiq
etishda oʻz hissasini qoʻshgan. Z. Freydning nevrozlar va K. Parkerning industrial
psixozlar nazariyalaridan foydalangan. Texnologik determenizm konsepsiyasini
yaratgan. Sotsiologiyada moslashuv, urbanizatsiya, tartibot va nazorat muammolarining
ishlab chiqilishi ham uning nomi bilan bogʻliq.
Sotsiologiyada Chikago maktabining oʻziga xos jihatlarini quyidagilardan iborat:
uslubiyoti – shaxs tahlili, davlat buyurtmasi, konkretlilik va pragmatizm.
Empirik sotsiologiyaning rivojiga Kolumbiya maktabi vakillari ham katta hissa
qoʻshganlar. Ulardan P. Lazarsfeld, S. Stauffer va Ya. Morenolarni misol qilish
mumkin.
Paul (Pol) Feliks Lazarsfeld (1901-1976) sotsiologiyada miqdoriy va sifatiy
usullarni ishlab chiqqan olim hisoblanadi. Uning fikriga koʻra, sotsiologlar umuman
insonlarni oʻrganadilar, uslubiyotchi esa sotsiologni ish jarayonida oʻrganadi. Bunday
uslubiyotga faqatgina sotsiologiya taraqqiy etgandagina erishish mumkin. P. Lazarsfeld
nazariya bilan amaliyotni bir-biridan ajratmaslik uchun miqdoriy va sifatiy usullar
birligini talab qilib chiqqan.
XX asrning 40-yillarida P. Lazarsfeld S.Stauffer va E. Gutmanlar bilan
birgalikda Amerika askarlarining ijtimoiy maqsad va qadriyatlarining oʻzgarishini
tadqiq etgan. Ikkinchi jahon urushi davrida ular 200 ga yaqin tadqiqotlarda yarim
million askarlarni qamrab olgan soʻrovnomalar oʻtkazadilar. Bu tadqiqotlar natijasida
harbiy qismlarda boshqaruv prinsiplari va metodlariga bir qator oʻzgarishlar
kiritiladi. P. Lazarsfeld sotsiologik tadqiqotlar usullari va texnikasini tanqidiy
tahlil qilishga va baholashga, foydalanilayotgan tushunchalarning mazmun-mohiyati va
ahamiyatini aniqlashga, sotsiologik nazariyalarning ilmiy mohiyatini ochib berishga
alohida eʼtibor qaratgan. U sotsiologik tadqiqotlarda panel usulni, yaʼni aynan bir
sotsial obyektni maʼlum bir vaqt intervalida aynan bir dastur va uslubiyot bilan qayta
tadqiq etish usulini ilk marotaba 1940-yil AQSHda saylov kampaniyasi natijalarini
qayta ishlash jarayonida qoʻllagan, shuningdek, latent tahlil usulini ham birinchi boʻlib
taqdim etgan.
Samuel Staufferning (1900-1960) “Amerika askari” (1949) asarida harbiy
qismlardagi ahvolni oʻrganish maqsadida oʻtkazilgan tadqiqotlar bayon etiladi. Bu
tadqiqotlar natijasida insonlarning harbiy harakatlar davridagi xulq-atvorlari
qonuniyatlarini, askarlarning janglardagi xulq-atvoriga ijobiy taʼsir etuvchi
omillarini ochib berdi. Shuningdek, askarlarning harbiy tayyorgarligi darajasi bilan
ijtimoiy maqsad va qadriyatlari oʻrtasidagi aloqalar, qadriyat va maqsadlari bilan
janglardagi affektiv xatti-harakatlari oʻrtasidagi aloqalar oʻrnatildi. S. Stauffer
tomonidan taqdim etilgan yondashuv quyidagilar xususiyatlar bilan ifodalanadi:
1. Intervyu oʻrniga anketali soʻrovlarni oʻtkazish
2. Respondentlarning subyektiv fikrlari va baholariga asoslangan maʼlumotlarni
statistik tekshirish.
3. Ijtimoiy voqea-hodisalarni oʻlchashda matematik usullarga alohida eʼtibor
qaratish.
4. Shkalalar tahlili usuli taqdim etilgan.
5. Omillar tahlili usulidan foydalanilgan.
Neopozitivizmning asosiy vazifalaridan biri an’anaviy “metafizika”ga qarshi kurash edi. Falsafaning bilishdagi rolini qayta ko'rib chiqish dasturining birinchi bosqichi tajriba bilan taqqoslanmaydigan an'anaviy falsafiy g'oyalarning ilmiy bo'lmaganligini aniqlashdan iborat. Ikkinchi bosqich eski metafizikani yangi, "ilmiy" falsafa bilan almashtirishni o'z ichiga oladi. Yangi falsafa transsendental, inson tajribasiga erishib bo'lmaydigan narsa haqidagi bayonotlar tizimi bo'lmasligi kerak. Falsafa dunyoning umumiy manzarasini beruvchi nazariya emas, u tushunchalarni, fan mantiqini oydinlashtirish, ilm-fan tilini noqonuniy umumlashmalardan tozalashga yordam beradigan maxsus “faoliyat”dir. An’anaviy metafizikani tanqid qilishning uchinchi bosqichi uning uchun fandan uzoqda bo‘lgan maxsus sohani saqlab qolishdir. L. Vittgenshteyn uchun bu mistik soha, javoblar berilmagan "so'roq qilish" sohasi. Falsafa sohasi san'at bilan chegaradosh.

Parametr nomi Ma'nosi


Maqolaning mavzusi: Pozitivizm va neopozitivizm
Rubrika (tematik toifa) Falsafa
Pozitivizm(lot. pozitivusdan - ijobiy) - sᴛᴏ falsafaning yagona haqiqiy manbasini aniq empirik fanlar deb e'lon qiladigan va falsafaning kognitiv qiymatini inkor etuvchi yo'nalishi. «Pozitivizm» atamasini uning asoschilaridan biri, fransuz sotsiologi va faylasufi O.Kont kiritgan. Neopozitivizm fan metodologiyasining haqiqiy bilimlarni egallash bilan bog'liq eng muhim muammolarini qo'ydi. Ularning ko'pchiligi falsafiy jihatdan an'anaviy edi, masalan, idrokdagi aqlli va ratsionalning munosabati muammosi; boshqalari mutlaqo yangi, masalan, fakt muammosi, bilish va ijodkorlik e'tiqodi, bilish mantiqi.
Neopozitivizmning asosiy printsipi - tekshirish printsipi, ya'ni. fanning barcha qoidalarini tajriba faktlari bilan solishtirish. Shundagina pozitsiya, tushuncha ma'noga ega bo'lib, fanni qiziqtiradi, qachonki uni tekshirish mumkin bo'lsa - faktlar bo'yicha eksperimental tekshirishga duchor bo'ladi. Neopozitivizmga ko'ra, oldingi falsafaning aksariyat muammolari (borliq, ong, g'oya, xudo) tekshirishga tobe emas va shuning uchun bu muammolar psevdo-muammolardir. Ularni falsafadan chetlashtirish kerak. Zamonaviy pozitivizm yoki neopozitivizm nafaqat asl pozitivizmning asosiy belgilarini meros qilib oldi, balki ularga ushbu ta'limotning boshqa talablarini ham qo'shdi. Neopozitivizmning asosiy vazifalaridan biri an’anaviy “metafizika”ga qarshi kurash edi. Falsafaning bilishdagi rolini qayta ko'rib chiqish dasturining birinchi bosqichi - bu tajriba bilan solishtirib bo'lmaydigan an'anaviy falsafiy g'oyalarning ilmiy bo'lmagan mohiyatini ochib berishdir. Ikkinchi bosqich eski metafizikani yangi, "ilmiy" falsafa bilan almashtirishni o'z ichiga oladi. Yangi falsafa transsendental, inson tajribasiga erishib bo'lmaydigan narsa haqidagi bayonotlar tizimi bo'lmasligi kerak. Falsafa dunyoning umumiy tasvirini beradigan nazariya emas, u fan tilini noqonuniy umumlashmalardan tozalashga yordam beradigan tushunchalarni, fan mantiqini oydinlashtirishga qaratilgan maxsus “faoliyat”dir. An’anaviy metafizikani tanqid qilishning uchinchi bosqichi uning uchun fandan uzoqda bo‘lgan maxsus sohani saqlab qolishdir. L. Vittgenshteyn uchun bu mistik soha, javoblar berilmagan "so'roq qilish" sohasi. Falsafa sohasi san'at bilan chegaradosh. Neopozitivizm o'zining asosiy vazifasini ilmiy bilimlar qurilishi asosidagi mantiqiy va matematik konstruktsiyalarni tahlil qilish deb biladi. Bu yerda fundamental tamoyillar ishlab chiqilib, ular asosida neopozitivistlarning fikricha, fan rivojlanadi. Bu:

—tekshirish printsipi(fan qoidalarini ma'lumotlar bilan taqqoslash zarurati oddiy tajriba),


—konventsionalizm printsipi(ilmiy nazariyada analitik qoidalarni qabul qilish olimlarning ixtiyoriy kelishuvlariga (konventsiyalariga) asoslanadi, bunday qoidalarni tanlash ularning aniqligi, foydaliligi, soddaligi va boshqalar bilan belgilanadi),
-fizikaviylik printsipi(Empirik fanlardagi barcha takliflar, oxir-oqibat, fizika takliflariga qisqartirishni tan olishlari kerak, chunki barcha eksperimental fanlar umumiy asosga ega - fizika). O'ziga xos xususiyat neopozitivizmdir pozitivistik falsafaning asosiy munosabatlarini saqlab qolgan holda u falsafiy masalalarni shakllantirish va yechishda matematik mantiq apparatidan keng foydalanadi. Mantiqiy pozitivizmning eng mashhur vakili Bertran Rassell (1872–1970) - ingliz faylasufi va matematiki, matematik mantiqning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati (1950). Rassellning eng muhim asari “Matematika asoslari” A.N.Uaytxed bilan hammualliflik qilgan. Bu ishda mantiqning aniq formulasi va sof matematika teoremalarining mantiq tamoyillaridan kelib chiqishi, matematika tushunchalari esa mantiq nuqtai nazaridan aniqlanishi mumkinligining batafsil isboti mavjud. Keyingi ishlarda Principia tizimi uchun uchta noaniq atama etarli ekanligi ko'rsatilgan; Rassell ularni matematikaning "minimal lug'ati" deb atadi, chunki nazariy jihatdan barcha matematika va mantiqni faqat shu atamalar yordamida shakllantirish mumkin. Rassell “Matematikaning asoslari” asarida matematikaning mantiqqa qaytarilishi haqidagi tezisni ilgari surgan. Lyudvig Vitgenshteyn (1889-1951) - lingvistik tahlil falsafasining eng ko'zga ko'ringan vakili. Asosiy asari “Mantiqiy-falsafiy risola”dir. Rassell mantiqqa fikr qonunlari haqidagi fan sifatida qaragan bo'lsa, Vitgenshteyn uni voqelikning o'zi shakli deb biladi. Uning fikricha, voqelik strukturasi mazmunli til ko‘lami bilan belgilanishi, mantiqning vazifasi olamni aks ettirish ekanligini ko‘rsatish orqali falsafa muammolarini hal qilish mumkin. Demak, mantiq boshqa fanlar orasida va ular qatorida faqat fan emas, balki mutlaq va yakuniy xususiyatga ega bo'lgan fandir. Bu Tractatusning butun mazmuni ochiladigan asosiy nuqta. Vitgenshteynning fikricha, falsafaning vazifasini lingvistik iboralar shakllarini tahlil qilishga tushirish mumkin. Vena doirasi- 1920-yillarda mantiqiy pozitivizm g'oyalarini rivojlantirish markaziga aylangan olimlar va faylasuflar guruhi. Vena doirasi 1922 yilda tashkil etilgan Morits Shlik Vena universitetining Induktiv fanlar falsafasi bo'limidagi seminarga asoslangan ("Mach bo'limi"). Vena doirasiga: R.Karnap, K.Neyrat, F.Vaysman, G.Feygl, K.Gödel, G.Gan, F.Kaufman va boshqalar kirgan.Vena toʻgaragi aʼzolari yangi ilmiy yaratish dasturini ilgari surdilar. Max va Vitgenshteynning “Mantiqiy-falsafiy risola” gʻoyalariga asoslangan falsafa. Yum ruhidagi an'anaviy empirizm elementlaridan foydalangan holda, Maxning faqat kuzatilgan hodisalar haqidagi bayonotlar ilmiy bo'lishi haqidagi g'oyalari, shuningdek, Vitgenshteynning ma'noli jumlalar ma'lum faktlarni tasvirlaganligi sababli shunday bo'ladi, degan tezislari, Vena doirasi vakillari ilmiy va yangilanish dasturini ishlab chiqdilar. falsafiy bilim. Ushbu nazariy qayta qurishning asosiy vositasi matematik mantiq va printsip bo'lishi kerak edi tekshirish , Vitgenshteyn tomonidan "Mantiqiy-falsafiy risola"da taklif qilingan tilga o'xshash mukammal til yaratish uchun mo'ljallangan. Tekshirish printsipi bayonotlarni empirik faktlarga qisqartirish imkoniyatini tanqidiy tekshirishni nazarda tutgan va ilmiy bilimlarni metafizikaning ma'nosiz (Vena doirasi vakillari nuqtai nazaridan) muammolaridan ajratish mezoni bo'lib xizmat qilgan. Ushbu dasturiy qoidalar Karnap, Xan va Neyrat tomonidan birgalikda yozilgan "Vena doirasi" "Ilmiy dunyoqarash. Vena doirasi" (1929) manifestida o'z ifodasini topdi. 1930-yillarda Vena doirasi bir qancha davriy nashrlarni, jumladan, “Erkenntnis” (“Bilim”) jurnalini nashr ettirdi, bir qancha kongresslar oʻtkazdi va boshqa faylasuflar bilan faol hamkorlik qildi. 1930-yillarning oxiriga kelib, Shlikning o'limi va Avstriyaning bosib olinishi munosabati bilan "Vena doirasi" o'z faoliyatini to'xtatdi. Vena doirasi g'oyalari AQSh va Buyuk Britaniyada mantiqiy pozitivizm va boshqa turdagi olimlar oqimlarining rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi.


Download 347,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish