Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif



Download 0,86 Mb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi0,86 Mb.
#894895
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ergashev Shaxob курс

Kurs ishning maqsadi: Jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyati fanining asosiy tushuncha va xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Kurs ishning vazifasi: Jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyati fanining asosiy tushuncha va xususiyatlarini o‘rganish uchun ilmiy-uslubiy, o’quv adabiyotlarini shuningdek internet manbaalarini o’rganishdan iborat.
1. JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI TUSHUNCHALARI VA JISMONIY TARBIYANING
IJTIMOIY MO’IYATI
U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi vahunariga oid maolum tushunchalar va iboralardan foydalana-dilar. Fanning maolum so’asini o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko‘pdan-ko‘phodisalari va masala-larini to‘g‘ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo‘lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llanila-digan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, jismoniy sifatlar, jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha debhisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z a’amiyati ji’atidan birdek mu’imdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa inson jismi tarbiyasining asosiy, eng mu’im sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan tushunchalariga to‘xtaldik xolos.
Jisman rivojlanish inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi – tashqi ko‘rinishini va uning xizmatining o‘zgarishi jarayonidir.
Rivojlanish davri uch fazaga ajratiladi: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barqarorlik) va inson jismi imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi. U tabiatning oboektiv qonunlariga – organizm va uning yashash sharoitlarini birligi qonuniga, xizmati va tuzilishining o‘zgarishlarni bir-birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta-sekinlik bilan miqdor va sifat o‘zgarishlari qonuniga va boshqa qonunlarga bo‘ysunadi. Boshqacha aytganda jisman rivojlanish oboektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng mu’imi, mu’it va organizm rivojla-nishining bir butunligi qonunidir.
Yuqoridagilarni o‘quvchilarga qo‘llaganimizda, o‘qish sharoiti, me’nat va mustaqil ishlash, dam olishnihisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga taosir ko‘rsatadi.
Nasldan-naslga o‘tadigan tabiiy-’ayotiy kuchlar, inson jismining qobiliyatilariham jismoniy rivojlanishning mu’im zamini ekanligi, shuning uchunham yuqori natijalarga erishishhar qaysi shug‘ullanuvchi (individ) uchun nasib bo‘la-vermasligini, ammohar qanday shaxs o‘z organizmining jismo-nan rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali ijobiy taosir eta olishligini eotirof etish lozim.
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi davrga to‘g‘ri keladi va butun maktab yoshi davri davomida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari degan iboraga duch kelamiz. Bu inson badanining aozolarini bichimini o‘lchami bo‘lib, shug‘ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishihaqidagi antropometrik maolumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi.
Jisman rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga ko‘p ji’atdan bog‘liqdir. Jisman rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish – jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining mu’im vazifasidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishinihal qiluvchi omilidir. Omillar orasida me’nat bilan tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy tarbiyaning roli mu’imdir.
Jisman rivojlanishga erishish uchun «jismoniy tarbiya» deb atalmish maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.
Jismoniy tarbiya – pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional ji’atdan takomil-lashtirishga, uninghayoti uchun mu’im bo‘lgan asosiyharakat malakasini, ma’oratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Masha shu taorifda jismoniy tarbiyaning insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi taokidlab o‘tilgan.
Jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan bu o‘ziga xoslikning tarkibida ikkita alo’ida maonoga ega bo‘lgan «jismoniy bilim» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish» deb atalgan tushuncha yotadi.
«Jismoniy bilim» termini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit «o‘z vujudini tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligihaqida gapirgan edi.
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash ma’orati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
Pestalotsii bolalarning «vujudini tarbiyalash»ni astoy-dil yoqlab chiqqan P.F. Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan maonosi deb tushun-tirgan. Lekin Lesgaftning jismoniy tarbiyahaqidagi taoli-motning asosiy g‘oyasi tom maonodagi jismoniy taolim g‘oyasi edi.
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar «ayrimharakatlarni ajratib olishlari va ularni o‘zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni va to‘siqlarga moslash-tirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qatoiyat bilan o‘tishni (engishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida oz me’nat sarflanganholda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ish qilishni, yo’ud ko‘rkam va g‘ayrat bilanharakat qilishni o‘rganishlari kerak, debhisoblardi. Bu yerda gap, bir tomondan, to‘g‘riharakat ko‘nikmalarinihosil qilishhaqida, ikkinchi tomondan,harakatlarni bajarishga ongli munosabatda bo‘lish negizida ko‘nikmalardan turlihayotiy vaziyatning turli tasavvurhamda ma’oratni qaror toptirishhaqidagi bormoqda.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Bu tushuncha kuch, tezkorlik chidamlilik, egiluvvchanlik va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Bir butun jarayonning shu tomonlari bir-biri bilan musta’kam bog‘langan. Masalan, agarda o‘quvchilar yugurish mashqlarini ko‘p marotabalab, uning bajarilish texnikasini o‘zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning o‘zidaham kuch,ham chidamlilik va ayrimhollarda tezkorlikham tarbiyalanadi. Boshqa tomondan, o‘sha yugurish mashqlarni katta tezlik bilan takrorlansa (tezkorlikni tarbiyalash uchun), uholda mashq texnikasi musta’kamlanadi va takomillashadi, shu vaqtning o‘zida esa taolim, bilim berish vazifalarihamhal qilinadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida,hattoki shug‘ullanuvchilarning ru’iyholatiga, ularning emotsiyasiga (‘is tuyg‘usiga), irodasiga, axloqining namoyon bo‘lishigaham taosir ko‘rsatadi. Ana shularhisobiga tarbiyaviy vazifalarninghal qilinishi uchun kerak bo‘lgan sharoit yuzaga keldi.
Jismoniy tarbiya jarayonidahamishaham tarbiyaviy,ham taolimiy elementlarning mavjudligi uni bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qayd qilingan elementlar qo‘yilgan vazifaga qarab,har biri alo’ida ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlariham, jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlariham aks etadi. Jismoniy tarbiyaning sotsial qonunlaridan foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tuzumidan kelib chiqadi. Bu jismoniy tarbiyaga ijtimoiy xarakter beradi, sinfiy jamiyatda esa tarbiya xukmron sinflarning manfaatlariga bo‘ysundirildi.
Jismoniy tarbiya – abadiy kategoriyadir, shu maonodaki tarbiyaning bu yo‘nalishi jamiyat paydo bo‘lgandan beri mavjud bo‘lib, bunday tuzumham ijtimoiy ishlab chiqarishning va insonhayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom etaveradi.
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiyhodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning maonaviy kamo-lotigaham kuchli taosir ko‘rsata olishligidadir. Mazkur xusu-siyat jismoniy tarbiyaning barchaga barobar umumiy qo‘llaydigan xususiy belgisidir. Lekin jamiyatning realhayotida konkret tarixiy sharoitlardan tashqarida bo‘lgan jismoniy tarbiya umuman yo‘q.har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyada jismo-niy tarbiyani amalga oshirishning konkret tarixiy tipi rivoj topadi.
Jismoniy tayyorgarlik. Jismoniy tarbiyada uchta asosiy yo‘nalish mavjud bo‘lib, inson jismoniy tarbiyasi ana o‘sha ramkalar asosida amalga oshiriladi. Ular umumiy jismoniy tayyorgarlik, kasb-’unar jismoniy tayyorgarligi, sport tayyor-garligidir.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik sog‘liqni musta’kamlashga, keng doiradaharakat malakalari va ko‘nikmalariga ega bo‘li-shiga, o‘zidan keyingi maxsus tayyorgarlikka zamin bo‘lishi uchun xizmat qiladigan asosiyharakat sifatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik maqsadida jismoniy tarbiyaning barcha turdagi vositalaridan, xilma-xil jismoniy mashqlardan, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning barcha etaplarida ko‘proq maktab jismo-niy tarbiya tizimida, ommaviy fizkultura ishlarida va jismo-niy mashqlar bilan individual shug‘ullanish shakllari orqali amalga oshiriladi.
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usulubiyatini
rivojlanishining davrlari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojla-nishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi davr – bashariyat taraqqiyotining ilk davridagiharakat-faoliyatini organizmga taosirihaqida eng dastlabki (emperik) bilimlar, ularning to‘pla-nishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, maonosiga yetish va to‘plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
Ikkinchi davr – jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O‘rta asrni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar taosirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga ko‘ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug‘ul-lanishning foydasini tashqi ko‘rinishlarga qarab ba’olangan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
O‘rta asrning o‘rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlarining xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo‘yicha dastlabki qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Ray’on Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy Dune qarashlari vujudga keldi.
Uchinchi davr – jismoniy tarbiyahaqidagi nazariy bilimlarni intensiz to‘planishi, uyg‘onish davridan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolashhaqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammo-lariga eotibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mo’iyatihaqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy maolumot-larning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu maolumotlarhali turlicha, chunki, ko‘pincha o‘sha davrda musta-qilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo‘l-yo‘lakay, ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbining rolinihisobga olmayhal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar vahayoliy sotsialistlar jismo-niy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.
Jumladan, shvesariyalik demokrat pedagog I.G.Pestalotsii tomonidan bolalarharakat qobiliyatini rivojlan-tirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bo‘g‘inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika nazariyasi ichida alo’ida o‘rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar «biomexanika»si bo‘yicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiyahaqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi.
Jamiyathayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o‘rnihamda shaxsnihar tomonlama rivojlantirish yo‘llari aniqlandi.
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi debhisobga olinib, shu so’a bo‘yicha ilmiy farazlar va bilimlar to‘planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.
To‘rtinchi davr – 19 asrning oxiridan ilmiy va o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiyaning nazariyasi va usuliyati shakllana boradi. Bu davrning xarakterli tomoni shundaki, fan sifatida jismoniy tarbiya jamiyathayotining boshqa jab’a-larigaham taosir ko‘rsata boshladi. Jismoniy tarbiya so’asi nazariyasi olimlaridan biri Petr Fransevich Lesgaft o‘zining tarix, anatomiya, pedagogika, antropologiya, jismoniy tarbiya metodikasiga oid asarlari bilanhozirgi zamon jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi mustaqil ilmiy-amaliy isbotladi.
Beshinchi davr – rivojlangan mamlakatlar va sobiq sho‘rolar davlati olimlarining izlanishlari davri bo‘lib, fanning intensiv rivojlanishi materialistik dialektikaga asoslanganholda o‘sha davrda progressivhisoblangan usuliyat-larga tayanib amalga oshirildi.
Jismoniy tarbiya muammolarini komplekslihal etishda butun bir olimlar jamoalari, mutaxassislashtirilgan ilmiy va o‘quv muassasalari samarali me’nat qildilar. Amaliy mate-riallarning mo‘lligi, yangi qonuniyatlarning ochilishi, dast-labki yagona jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining differensiyalanishiga olib keldi. Yangi maxsus fanlar «Jismoniy madaniyatni tashkillash va boshqarish», «Jismoniy mashqlar biomexanikasi», «Sport psixologiyasi», «Sport metro-logiyasi», «Sport fiziologiyasi», «Davolash fizkulpturasi», «Jismoniy mashqlar gigienasi», «Valeologiya» va boshqalar ajralib chiqdi. Yuqoridagi fanlarning ayrim so’alari jismoniy tarbiya jarayonida bir necha aralash fanlarning bilimlaridan keng foydalanish lozimligini ilmiy-amaliy isbotladi. Masalan, bolalarning sport mutaxassisligi muam-mosi – bu faqatgina sport pedagogikasi muammosigina bo‘lib qolmay, ijtimoiy, psixologik, sotsiologik va biologik muammolardir. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati kursi pedagogik jarayon muammolarini umumiy psixologiya, pedago-gika, fiziologiya va boshqa fanlarning dalillarsiz to‘la izo’lab, isbotlab olishni isbotladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish