Statistik fizika nazariy fizikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, juda ko’plab zarralardan tashkil topgan fizik tizimlar (makrotizimlar) xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi


Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisiyenti



Download 2,33 Mb.
bet57/60
Sana21.06.2022
Hajmi2,33 Mb.
#689337
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
termo2

95.108.Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisiyenti. Tizim energiyasi dE-to’la differensialga ega bo’lganligi uchun, har qanday aylanma jarayonda bo’ladi va , ya’ni integrallash tizim bir holatdan ikkinchi holatga o’tganda o’tish uslubiga bog’liq emas.Termodinamika II-qonunidan foydalanib issiqlik mashinalari foydali ish koeffisiyentining yuqori chegarasini aniqlash mumkin. Issiqlik mashinasining ishlashi termodinamika I-qonuni dE=dQ-dA
ifodasidagi dQ ham, dA ham to’la differensialga ega emasligiga asoslangan. Shuning uchun agar biror bir tizim aylanma jarayon bajarib dastlabki holatga kelsa:
(6.1)
bo’ladi. Vaholanki, alohida va , ya’ni mashina bir nechta termostatdan issiqlik miqdori olishi mumkin va uni ishga aylantirishi mumkin.
Termodinamika III-qonuniga asosan dQ - issiqlik miqdori almashinuvi kamida ikki jism orasida sodir bo’lishi mumkin. Tizim faqat bir jismdan issiqlik miqdori qabul qilib uni to’la ishga aylantirganda edi davriy ravishda ishlab turuvchi ikkinchi jinsli mashina yasagan bo’lar edik, afsuski bunday bo’lishi mumkin emas.
Oddiy holda T1 temperaturaga ega bo’lgan jism-isitgichdan tizim Q1 issiqlik miqdori oladi va uning bir qismini A-ishga aylantiradi, qolgan Q2=Q1-A qismini T2 temperaturali sovutgichga beradi. Tizimning foydali ish koeffisiyenti (F.I.K): (6.2)bo’ladi.




8-chizma Karno sikli bajaruvchi issiklik
mashinasining ishchi jism bosimi va hajmi
o’zgarishi diagrammasi.


Dastlab kvazistatik jarayon bilan ishlovchi mashinani ko’raylik. Bu holda issiqlik miqdorining qabul qilinishi va berilishi, mos ravishda, T=T1 va T=T2 izotermalarda sodir bo’lishi lozim. Aks holda issiqlik o’tkazuvchanlik jarayoni nokvazistatik bo’ladi. Tizim T1 temperaturada Q1 issiqlik miqdori qabul qilib bo’lgandan so’ng, tashqi muhit bilan issiqlik miqdori almashinmasdan o’z temperaturasini T=T2 - gacha pasaytiradi. Bu jarayon adiabatik bo’ladi. Xuddi shuningdek, sovutgichga Q2 - issiqlik miqdori berilib bo’lgach, tizim temperaturasi T2 dan T1 - gacha isishi adiabatik jarayon bilan o’tadi. Shunday qilib, kvazistatik jarayon bilan ishlayotgan issiqlik mashinasi temperaturalari bo’lgan faqat bitta isitgich va bitta sovutgich ikki adiabata bilan ajratilgan ikkita izotermadan tashkil topgan sikl bajarilishi lozim. Bunday sikl Karno sikli deb ataladi (8-chizma). Isitgich temperaturasi va sovutgich temperaturasi ham bir xil bo’lgan kvazistatik jarayon bilan ishlayotgan issiqlik mashinalarining F.I.K. bir-biriga teng bo’ladi. Buni isbot qilmoq uchun ikkinchi mashinaning -F.I.K. (6.3)deb faraz qilaylik. Aytaylik, ikkinchi mashina to’g’ri yo’nalishda, birinchisi esa teskari yo’nalishda ishlasin va bo’lsin. Bu birinchi mashina isitgichga Q1 issiqlik miqdori beradi, ikkinchisi esa Q1 issiqlik miqdorini qabul qilib oladi demakdir. U holda tengsizlik bajarilishi uchun bo’lmog’i, ya’ni ikkinchi mashina sovutgichga beradigan issiqlik miqdoriga nisbatan birinchi mashina qabul qilib oladigan Q2 issiqlik miqdori katta bo’lmog’i lozim. Shu bilan birgalikda bo’lganligi uchun, mashina bajaradigan ish birinchisi bajaradigan A=Q1-Q2 ishga nisbatan katta bo’ladi. Natijada, tabiatda hyech qanday qo’shimcha o’zgarish bo’lmay turib sovutgichning sovutilishi hisobiga ortiqcha ish bajariladi. Bu esa termodinamika ikkinchi qonuniga ziddir. Demak, bo’ladi.
F.I.K. η-ni topish uchun munosabatidan foydalanamiz. Bu integralning 1-2 uchastkasi Q1/T-ni, 3-4 uchastka esa - Q2/T2 (issiqlik sovutgichga beriladi)qiymatni beradi, 2-3 va 4-1 uchastkalarida, shartga ko’ra, dQ=0. Shunday qilib
Q1/T1-Q2/T2=0; Q2=Q1T2/T1; η=(Q1-Q2)/Q1=1-T2/T1 (6.4)
Endi issiqlik mashinasi temperaturasi turlicha bo’lgan isitgichlardan issiqlik miqdori qabul qilsin va turlicha temperaturali sovutgichlarga issiqlik miqdori bersin. U holda

isbot qilaylik. Bu yerda,
Tmax - eng yuqori temperaturali isitgich;
Tmin - eng past temperaturali sovutgich.
Darhaqiqat,
(6.5)
Birinchi hadda T - ni Tmax – ga o’zgartirish integral qiymatini kamaytiradi, chunki , ikkinchi hadda T - ni Tmin – ga o’zgartirish integral qiymatini oshiradi, chunki . Natijada (6.5) - ning o’ng tomoni qiymati kamayadi. Shunday qilib,


;
(6.6)
Demak,
(6.7)

Nokvazistatik jarayon bilan ishlaydigan issiqlik mashinasining F.I.K. kvazistatik jarayon bilan ishlaydigan issiqlik mashinasidan kichik bo’ladi. Buni isbot qilaylik. Ma’lumki, kvazistatik bo’lmagan jarayonlar uchun . Bu tengsizlik ifodasini sikl bo’yicha integrallaymiz:


(6.8)Agar sikl ikki izoterma va ikki adiabatadan tashkil topgan bo’lsa, (6.8)-ning o’ng tomoni - ga teng bo’ladi. Shunday qilib,
va (6.9)
bo’ladi.
Amalda barcha issiqlik mashinalari nokvazistatik jarayon bilan ishlaydi. Shuning uchun ularni F.I.K. nazariy chegara qiymatlariga qaraganda ancha kichik bo’ladi. Masalan, bug’ Bilan ishlaydigan mashina bug’i 1500S-gacha qizdirilgan bo’lsin, uning F.I.K. η=(450-300)/450, ya’ni 33% bo’lishi lozim. Amalda esa bug’ bilan ishlaydigan mashinalarning F.I.K. η=10÷16% bo’ladi. Bunday bo’lishiga asos shundan iboratki, kvazistatik jarayon bilan ishlovchi mashinalar nihoyatda sustlik bilan sikl bajarilishi lozim, boshqacha qilib aytganda, bunday mashinalarning quvvati nihoyatda kichik,yoki tuzilishi katta bo’lmog’i lozim. Iqtisodiy nuqtai nazardan mashina tuzilishini kattalashtirmasdan quvvatini oshirish uchun nokvazistatik jarayon bilan ishlash rejimi tanlab olinadi.

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish