Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   134
Ikkinclii banddagi:
Sochlarimdan oltin rang olgan,—
satri bekorga qo‘llanmagani, shoir zimdan o‘zining qaysi yurt
qaysi millat vakili ekanini kitobxonga oldindan eslatib o‘tishni 
yodidan chiqarmaganini sezish qiyin emas.
Ana shu takrorlar asarning o‘ziga xos ohangi, jarangi va 
ta ’sirchanligini ta ’minlagan. Aytish mumkinki, bu usulning o‘zi 
ham Sharq mumtoz she’riyatiga taqlidning bir ko‘rinislii hisob- 
lanadi. 
«Ostona», «pari ruxsor», «pari», «parizod»
so‘zlari-ning 
ishlatilishi ham sharqona ruh mevasi.
Yana bir ta ’sir shuki, she’rda qofiyaga tushmaydigan biror 
misra yo‘q. Biroq ular g‘azaldagi kabi qat’iy tartibga bo‘ysunmaydi. 
Shu tariqa kuclili musiqiylik ta ’minlangan.
Savol va topshiriqlar
1. She’ming band tuzilishi, uning qofiya tartibini aniqlab, tahlil qiling.
2. Bandlardagi takror misralar tartibi, ta ’sirchanlik va musiqiylikni 
ta’minlashdagi o‘rnini belgilang. Nega keyingi uch bandda qaytarilgan misralar 
o‘mi qat’iylashdi?
3. Asardagi qaysi so‘z-timsollarda sharqonalik bor?
4. Beshinchi bandda yorga ishqqa nima qarama-qarshi qo‘yiladi? Bu 
tazodning asardagi ahamiyatini tushuntirib bering.
5. Ikkinchi banddagi 
«Sochlarimdan oltin rang olgan»
misrasining 
beshinchi banddagi vatan mehri talqiniga qanday aloqasi bor?
«DOG‘LAR KETMISH MAJRUH KO‘NGILDAN...»
Dog‘lar ketmish majruh ko‘ngildan,
Mast vasvasa qo'zg'amas tug‘yon.
Men dardimga Tehran gulidan 
Choyxonada topoldim darmon.
Choyxonachi — barvasta, o‘ktam,
Qoyil qolsin ms, deb, choyimga,
0 ‘tkir aroq, may o‘rniga ham 
Achchiq-achchiq choy tutar menga.
Quy, mezbonim, ammo had bilan,
Bog'ing aro turfa gullar bor.
Oqshom menga niqob ostidan 
Ohu ko‘zin suzdi gulmxsor.


Rossiyada gulday qizlarni 
Tutqunlikda saqlamas erlar.
Sarmast etar bo'sa bizlarni 
Bexanjar-u bemakr-u bezar.
Bu tong yuzli dildor qoshimda 
Bir bor xirom etsa noz bilan,
Shohi ro'mol solgum boshiga,
Yo‘llariga sheroziy gilam.
Mezbon, choy quy menga lolagun,
Shoir senga so‘ylamas yolg‘on.
Ehtiyot bo‘l o‘zingga bugun,
So‘ngra mendan qilmagin gumon.
Eshikka ko‘p qarayberma san,
Gulbog'ingga, baribir, yo‘l bor...
Oqshom menga niqob ostidan 
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
She’r yetti banddan tashkil topgan. Bu xuddi aksar g‘azallar 
yetti baytli bo‘lishini eslatadi. Chunki bu ham Sergey Yeseninning 
«Fors taronalari» turkumidan.
Mavzu ham o‘sha-o‘sha — rus yigitining Eron go‘zaliga sevgisi 
kuylanadi. Buni ocliiq bildirish uchun 
«Tehron», «sheroziy gilam»,
«Rossiya», «rus»
so‘zlari maxsus qo‘llanadi. Bundan tashqari, she’r 
mazmunida Eron bilan Rossiyada ayollarga munosabat masalasidagi 
farqlar aytib o‘tiladi ham. Satrlardagi 
«choyxona», «choy», «tong
yuzli dildor», «shohi ro'mol», «ohu k o ‘z», «lolagun»
so‘z-timsol- 
lari ham Sharqni eslatib turadi.
Birinchi bandda oshiq ko‘ngildan dog‘lar ketgani, mast vasvasa 
bezovta qilmayotganiga sabab ko‘rsatiladi: u choyxonada Tehron 
gulidan darmon topgan. Bu yerda gul sevikli yorni ifodalab kelgan.
Ikkinchi bandda choyxona atroflicha tasvirlanadi. Choyxonachi 
rus choyimga qoyil qolsin deb unga o‘tkir aroq, may o‘rniga ham 
achchiq-achchiq choy tutadi.
Uchinchi bandda 
«gullar»
timsoli yana tilga olinadi-da, endi 
buning zamirida nima ko‘zda tutilayotgani oslikor etiladi — oqshom 
niqob ostidan bir gulruxsor ohu ko‘zini suzgan!
Shu niqob ajnabiy lirik qahramonni qiyosga chorlaydi. Rossiya 
bunday emas, erlar gulday qizlarni tutqunlikda saqlamaydi, ya’ni


niqobga o‘ramaydi, bizlami bo‘sa xanjarsiz, makrsiz, zar-zevarsiz 
mast etadi...
Lekin lirik qahramon ishqining zo‘ridan o‘z yurtidagi qoidalardan 
voz kecliib, bu yeming talablariga ko‘nmoqchi. Mayli, deydi u, agar 
bu tong yuzli dildor noz bilan qoshimda bir bor xirom etsa, bosliiga 
sholii ro‘mol solib, yo‘llariga Sheroz gilamlaridan to ‘shar edim...
Choyxonachi esdan cliiqqan emas. Keyingi band bevosita unga 
«mezbon»
deb murojaat qilishdan boshlanadi. Lolagun choy quy, 
shoir senga yolg‘on gapirmaydi, faqat o‘zingga ehtiyot bo‘l-da, 
keyin mendan gumon qilib yurma, deydi.
Xo‘sh, bu bilan nima demoqchi? Aytmoqchiki, eshikka ko‘p 
qarayverma, baribir, gulbog‘ingga yo‘l bor, chunki gulruxsor ko‘z 
suzgan.
She’r uchinchi band oxiridagi ikki misra takrori bilan tugaydi:
Oqshom menga niqob ostidan 
Ohu ko‘zin suzdi gulruxsor.
Bu she’r lirikaning eng yuksak talablariga javob beradi. Holat, 
manzara, makon va zamon bor. Ularning bari lirik qahramon his- 
tuyg‘usi, tasawuroti, kayfiyati, ruhidagi o‘zgarislilar, uning istagi 
va niyatiga yetish ilinji orqali ifodalanadi.
Satrlar mag‘ziga ijtimoiylik ham singdirilgan. Bu Sharq va G ‘arb 
qiyosi, xotin-qizlarga munosabatning, ayollar erkining turlichaligini 
solishtirish orqali aks etgan. Shular zamirida umuminsoniylik ham 
bor. Shoiming g‘oyasiga ko‘ra, sevgi-muhabbat uchun bu tafovutlar 
to ‘siq bo‘lolmaydi. Axir, bu — dil mulki, ko‘ngilning ishi.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish