Ovqat hazm qilish organi. Sazanning og’iz bo’shlig’idan keyin barcha baliqlardagidek, halqum boshlanadi. Og’iz va halqum bo’shliqlari orasida aniq chegara yo’q. Boshqa baliqlarga o’xshash sazanda ham haqiqiy til yo’q. Til singari uchi og’iz bo’shlig’iga chiqib turadigan til osti yoyining kopulasi faqat shilimshiq parda bilan qoplangan bo’lib, u mustaqil bo’lmagani tufayli harakat qila olmaydi. Har tomonida beshtadan jabra yorih’i bo’lgan halqum qisqa qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan kam differyontsiallashgan haqiqiy ichak boshlanadi, bu ichakning oldingi bo’limi o’n ikki barmoqli ichak, so’ngra ingichka ichak va anal teshigi bilan tugaydigan to’g’ri ichak tashkil etadi (ba’zi baliqlar oshqozonining atrofida har xil rondagi ko’r pilorik o’simtalar bor, sazanda esa bo’lmaydi). Jigari yurakning orqasi oshqozonning ostida va yon tomonlarida joylashgan bo’lib, uning pallalari orasida o’t suyuqlig bilan to’la o’t pufagi bo’ladi. O’t pufagidan o’n ikki barmoqli ichakka ochiladigan o’t yo’li chiqadi. Oshqozon osti bezi ichak tutqichi bo’ylab tarqalgan. Ichak bosqichiga esa uzunchoq to’q qizil rangli taloq o’rnashgan. Tana bo’shliqg’ining yuqori qismi ichakning ustida gidrostatik organ-suzgich pufak joylashgan.
Baliq buyraklarini ko’rish uchun, ichak va suzgich pufagini olib tashlash kerak.
Sazanning buyraklari akulaning buyraklari singari, qorin pardasi ostida va umurtqa pog’onasining ikki yonida joylashgan. Ular bir juft lyontasimon tanachalarga o’xshash bo’lib, gavda bo’shlig’ining boshidan oxirigacha cho’zilgan. Buyuraklarning oldingi uchi juda kyong bo’lib, o’rta chiziqda bir-biriga qo’shilib ketadi.
Har qaysi buyrakning ichki cheti bo’ylab bittadan siydik yo’li o’tadi, bu kanallar pastroqda bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Orqa tomonda esa siydik pufagiga qo’shiladigan bitta umumiy kanalni hosil qiladi. Siydik pufagi siydik-tanosil so’rg’ichi uchida maxsus teshik bilan ochiladi.
Ayirish organi. Suzgich pufagining yon tomonlarida jinsiy bezlar joylashgan. Urg’ochisining tuxumdoni mayda-mayda donachalar singari, uzunchoq bo’ladi. Uning ketingi cho’zilgan qismi tuxum yo’li hisoblanib bitta teshik bilan siydik-anosil so’rg’ichiga ochiladi.
Erkak sazanning urug’doni silliq va g’uj uzunchoq tanachadan iborat bo’lib, u tana bo’shlig’ida urg’ochilarning tuxumdoni kabi joylashgan. Urug’donlarning keyingi bo’limlari kalta urug’ chiqarish yo’liga aylangan bo’lib, umumiy jinsiy teshik bilan siydik-tanosil so’rqichiga ochiladi.
Ish tartibi. Sazanning tashqi ko’rinishi, so’ngra ichini yorib ichki organlari tuzilishi bilan tanishib bo’lgach, quyidagi rasmlarni albomga chizib oling:
1. Sazanning tashqi tuzilishi.
2. Ichki organlarining joylashishi.
3. Jabraning ko’ndalang kesimi.
4. Qon aylanish sistemasining sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |