«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova



Download 0,51 Mb.
bet8/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova


SANA:------------.2016
5- dars
YOG‘INLAR. TABIATDA SUVNING AYLANISHI
Darsning taTimiy maqsadi: o‘quvchilarda yomg‘ir, qor va do‘l, suvning tabiatda aylanishi haqida tasawurlar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarni suvni asrash va muhofaza qilish ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning bulut va yog‘inlarning hosil bodishi, suvning tabiatda aylanishi haqidagi dunyoqarashlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari: amaliy ishni bajarish uchun suv solingan kolba, elektr plita, oyna; bulutlar, yog'inlarning yog‘ishi, tabiatda suvning aylanishi tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob, amaliy ish o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, bulutlar, yog‘in-larning yog‘ishi, tabiatda suvning aylanishi tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Tabiatda suv» mavzusi yakunida berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar. 0‘quvchilarga quyidagi qo‘shimcha savollarni ham berish tavsiya etiladi:
1. Yer yuzidagi suvlarning katta qismi qayerda bodadi?
2. Nima uchun muzliklarda qorlar erimaydi?
3. Yer osti suvlari qanday hosil bodadi?
4. Yer usti suvlari qanday suv havzalaridan iborat?
5. Daryo va kodlar xaritada qanday tasvirlanadi?
0‘quvchilar bilimi o'tkazilgan savol-javoblar natijalari asosida baholanadi.
3. Yangi mavzuning bayoni. Yangi mavzuni bayon etishni boshlashdan awal o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi. Bu savollar bo‘yicha o‘quvchi-larning fikr-mulohazalari eshitiladi. Bu bilan o‘quvchi-larni yangi mavzuga qiziqtiriladi.
1. Osmondagi bulutlarning rangi qanday bo’ladi?
2. Yilning qaysi faslida yomgdr ko‘proq yog‘adi? Qorchi? Do‘l yog‘ganini ko‘rganmisiz?
Nam yerlardan va suv havzalaridan suvning bug‘ holatda osmonga ko‘tarilishi, shamol yordamida osmondagi suv bugdari bir joydan boshqa joyga ko‘chib yurishi, suv bugdaridagi suv zarralari birlashib bulutlarni hosil qilishi, bulutlardagi mayda suv zarralari birlashib yirik suv zarralarini hosil qilishi, bular bizga qora bulut bodib ko‘rinishi, qora bulutdagi suv zarralari birlashib suv tomchilarini hosil qilishi, suv tomchilari ogdrlashib qolishi va yerga yomgdr bodib yogdshi haqida bayon qilinadi.
Amaliy ish o‘tkaziladi. Kolbadagi suv qaynaganda hosil bodgan va tepaga ko‘tarilgan bug‘ni bulutga qiyoslash mumkin. Oyna sirtida hosil bodgan suv tomchilarini bulutda hosil bodgan yomgdr tomchilariga qiyoslasa bodadi. Bu amaliy ish jarayoni va natijasi o‘quvchilarga tushuntirib beriladi.
Tabiatda suvning aylanib yurishini tushuntirishda avval osmondagi bulutlar qanday hosil bodishi o‘quvchilardan so‘raladi. Savol-javob qilinadi. Osmonga suv bug‘lari turli yodlar bilan ko‘tarilishini tushunib olishlariga e’tibor beriladi. Suv bugdari okean va dengizlardan tashqari yer yuzidagi nam yerlardan, o‘r-mon, yaylov, dala va bogdardagi turli-tuman o‘simlik-larning bargidan ham osmonga ko‘tarilishi aytib o‘tiladi. Hatto yuvilgan ko‘ylaklardan ham suv bugdari osmonga ko‘tariladi. 0‘quvchilardan suv bugdari yana qanday yodlar bilan osmonga ko‘tarilishi so‘raladi.
O‘quvchilarga suvni asrashning muhimligi atroflicha tushuntiriladi. Anhor va ariqlarda oqib kelayotgan suvlardan daladagi ekinlar, bogdardagi daraxtlarni sug‘orishda tejab ishlatilishi, bekorga oqib yotmasligi, suv quvuri suvlaridan ham tejab foydalanish, jo‘mraklardan suvlar bekorga oqib yotmasligi tushuntiriladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Bulut qanday hosil bodadi?
2. Yo‘mg‘ir qanday hosil bodadi?
3. Nima uchun qor yozda yog‘maydi?
4. Tabiatda suv qanday aylanib yuradi?
5. Suvni nima uchun asrash zarur?
O‘quvchilarning javoblari o‘qituvchi tomonidan to‘ldirib boriladi.
5. Uyga vazifa berish. O‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, undan keyin berilgan savollarga javob topish, «Suvni asraylik» mavzuyida bayon yozib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish