Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata Juss. A



Download 28,52 Mb.
bet13/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata Juss. A.
Tukli erva (pol-pola) — Aerva lanata Juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, shoxlangan va bo‘yi 55—70 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Barglari lansetsimon, ovalsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali bo‘lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, och yashil rangli bo‘lib, qisqa boshoqsimon gulto‘plamiga o‘rnashgan. Urug‘i yaltiroq, qora rangli.O‘simlikning hamma qismi sertukli, kulrang bo’ladi.
Geografik tarqalishi. Hindiston, Filippin, Yangi Gvineya va boshqa Osiyo va Afrikaning tropik tumanlaridagi qumli yerlarda, cho‘llarda va butalar orasida o‘sadi. O‘zbekistonda tukli erva bir yillik o‘t o‘simlik sifatida o‘stiriladi. O‘simlik gullagan davrida yer ustki qismi o‘rib olinadi va 3—4 sm qalinlikda soya yerda biror narsa (faner taxta, brezent, mato va boshqalar) ustiga yoyib quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Mahsulot poya, barglar va gul to‘plamlaridan tashkil topgan. Barglari tuxumsimon yoki ellipssimon, tekis qirrali, o‘tkir yoki to‘mtoq uchli, uzunligi 2—3 sm gacha, eni 0,5—1,5 sm, sertukli. Gul to‘plami sertukli, boshoqsimon. Gullari mayda, och yashil, gultevaragi 2—5 bo‘lakli bo‘lib, uchta guloldi bargchalari bilan o‘ralgan. Barglari, poyasi va gulto‘plamlari sertukli, kulrang-yashil, hidi — kuchsiz, yoqimli, achchiq mazali. Mahsulot namligi 7% dan, umumiy kuli 13% dan, xlorid kislotaning 10% li eritmasida erimaydigan kuli 8% dan, qoraygan qismlari 7% dan, organik aralashmalar 1,5% dan va mineral aralashmalar 1% dan ko‘p hamda mahsulot tarkibidagi flavonoidlar yig‘indisining miqdori rutin bo‘yicha 0,5% dan kam bo‘lmasligi lozim. Maydalangan mahsulot uchun 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘lakchalar 10% dan va teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10% dan oshiq bo‘lmasligi lozim.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida flavonoidlar (asosan rutin), efir moyi va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Mahsulot siydik haydash va spazmolitik ta’sirga ega. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tukli erva damlamasini respublika hududida tibbiyot amaliyotida spazmolitik va peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga ruxsat bergan.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish