Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet16/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Nazorat savollori

  1. Qovoq dorivorlik xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Tukli erva dorivorlik xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. Ortosifon dorivorlik xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Amarant dorivorlik xususiyatlari nimalardan iborat?

5-mavzu: Madaniy dorivor o‘simliklar bioekologiyasi
Reja

  1. Mamlakatimizda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar

  2. Madaniy dorivor turlarning bioekologiyasi va ahamiyati

Mamlakatimizda dorivor o‘simliklarni yetishtirish
bo‘yicha olib borilgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta dorivor o‘simliklarni yetishtirish ishlari 1973 yilda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi xo‘jaliklarda amalga oshirilgan. Keyinroq (1978 yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o‘simliklar o‘stirishga ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaligi tashkil qilindi. Bu xo‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, na’matak, achchiq shuvoq (erman), bo‘lakli ituzum, mayda gulli tog’‘rayxon, moychechak, arslonquyruq, valeriana va boshqa dorivor o‘simliklar o‘stirilgan.
Ulardan yig‘ilgan dorivor mahsulotlar O‘zbekiston dorixonalarini ta’minlash va qayta ishlash uchun Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga jo‘natilgan. Hozirgi kunda dorivor o‘simliklarni o‘stirib yetishtiradigan maxsus ixtisoslashgan xo‘jaliklar O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimida va Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Farg’ona hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi FA ga qarashli Toshkent botanika bog‘ining katta ilmiy xodimi Q.H. Xo‘jaev, keyinchalik shu bog‘ning dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim YU.M. Murdaxaev, Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya va botanika kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shni respublikalardan hamda dunyoning boshqa geografik hududlaridan keltirilgan 67 turdagi dorivor o‘simliklarni Toshkent shahri iqlim sharoitlarida o‘stirishga erishdilar.
Ushbu tadqiqotlar Toshkent viloyati sharoitlarida tirnoqgul, qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (zirai karmoni), arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi, Man’chjuriya araliyasi, tog’‘ jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bo‘lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bo‘rigul turlari, qoraqobiq turlari, belladonna, meksika bangidevonasi, pol-pola, bo‘lakli ituzum, gangituvchi buzulbang va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatdi.
Ko‘pgina mahalliy va introduksiya qilingan dorivor o‘simliklar agrotexnikasi Butunrossiya dorivor o‘simliklar instituti (VILR) hamda uning tajriba stansiyalarida, Botanika bog‘larida ishlab chiqilgan. Bu yo‘nalishda VILR va uning tajriba stansiyalarini xizmati katta bo‘lib, ular chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor o‘simliklarni MDH tuproq-iqlim sharoitlarida o‘stirishning agrotexnika qoidalarini ishlab chiqqanlar.
Respublikamizning turli hududlarida joylashgan o‘rmon va ixtisoslashgan xo‘jaliklarda quyidagi dorivor o‘simliklar o‘stirilmoqda: xinin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon, dixroa, zaytun, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, to‘q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, soxtakashtan, safora, pushti katarantus (bo‘rigul), yumaloq bargli stefaniya, evkalipt turlari, ginkgo, ituzum, moychechak, kalendula, pol-pola, topinambur va boshqalar. Ushbu ishlar poyoniga yetgani yo‘q, kelgusida Respublikamizga yangi dorivor o‘simliklarni introduksiya qilish va ularni maxalliy sharoitlarga iqlimlashtirish ishlari rejalashtirilmoqda.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish