Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Madaniy dorivor turlarning bioekologiyasi va ahamiyati



Download 28,52 Mb.
bet17/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Madaniy dorivor turlarning bioekologiyasi va ahamiyati
Sug‘oriladigan maydonlarda o‘stiriladigan dorivor o‘simliklar yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan katta farq qiladi, ya’ni o‘stiriladigan dorivor o‘simlik mahsulotida begona o‘simliklar aralashmasi bo‘lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o‘stirilgan dorivor o‘simliklar serhosil va biologik faol moddalarga ham boy va hosildorligi ham yuqori bo‘ladi. Dorivor o‘simliklarni seleksiya qilish, serhosil shakllarini va turlarini tanlab olish, ularni chatishtirish orqali durugaylarini yaratish yo‘li bilan ekiladigan dorivor o‘simliklarning hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo‘lgan kimyoviy birikmalar miqdorini oshirish mumkin.
Demak, ba’zi bir dorivor o‘simliklarni madaniy sharoitlarda o‘stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar mahsulotini yig‘ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi, “Shifobaxsh” ICHB va Qishloq va suv xo‘jalik vazirligiga qarashli O‘rmonchilik bosh boshqarmasining ixtisoslashgan xo‘jaliklarda yetishtirilmoqda.
Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi „Farmatsiya“ ishlab chiqarish birlashmalari qoshida dorivor o‘simliklar o‘stiradigan maydonchalar tashkil qilingan bo‘lib, ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o‘simliklarni o‘stirmoqdalar. Hozirgi kunda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi dorivor o‘simliklarga ixtisoslashgan “Dorivor o‘simliklar” MCHJ ixtisoslashgan xo‘jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor tirnoqgul, dorivor moychechak, ituzum, arslonquyruq, pol-pola, na’matak va boshqa dorivor o‘simliklar o‘stirilmoqda.
Yangi dorivorlik xususiyatiga ega o‘simliklarni o‘rganish, ularni madaniylashtirish va xom-ashyosi asosida yangi samarali ta’sir etuvchi dorivor preparatlarni ishlab chiqish ishlari doimiy ravishda o‘tkazilmoqda. Dorivor o‘simliklarning organizmga ta’siri ularning tarkibidagi birikmalarning miqdoriga bog‘liq. Bu birikmalar o‘simlikning turli organlarida turli miqdorda to‘planadi. Dori tayyorlashga o‘simlikning kerakli qismlari ham turli muddatlarda yig‘iladi. Masalan, po‘stloq, kO’rtak erta bahorda, barg o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to‘la ochilganda, meva va urug‘lari to‘liq pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda yig‘iladi va tayyorlanadi.
Dorivor o‘simliklarning ta’sir etuvchi moddasi – alkaloidlar, turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa faol birikmalar bo‘lishi mumkin. Ko‘p o‘simliklardan mikroorganizmlar va viruslarni yo‘qotadigan antibiotiklar va fitonsidlarga boy dorivor preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o‘zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansub o‘simliklarda uchraydi, shu bilan birga ba’zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo‘lmagan, turli oilalarga mansub o‘simliklar tarkibida ham bo‘lishi mumkin.
Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan turli kasalliklarni davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o‘simliklarni turlari ko‘payib, xalq tabobati amaliyoti ham shifobaxsh o‘simliklar bilan boyigan.
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o‘simliklarning aksariyati asrlar davomida xalq tomonidan keng ishlatilib kelingan o‘simliklar hisoblanadi. O‘zbekistonda dorivor daraxt-buta o‘simliklardan ko‘proq anjir, anor, bodom, grek yong‘og‘i, xandon pista, oshlovchi totim, eman, o‘rik, chetan, na’matak, zirk, chakanda, do‘lana, tog’‘jumrut, cherkez, chetan, jiyda, chilonjiyda, ko‘p yillik va bir yillik dorivor o‘simliklardan achchiqmiya, dorivor gulxayri, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t, moychechak, yalpiz va boshqalar tarqalgan.
Achchiqmiyadan – paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkaloidlari olinadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish