Ta'lim jarayonida o'quv motivatsiyasi va uni boshqarish muammosi reja



Download 30,48 Kb.
bet1/7
Sana30.06.2022
Hajmi30,48 Kb.
#720038
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TA\'LIM JARAYONIDA O\'QUV MOTIVATSIYASI VA UNI BOSHQARISH MUAMMOSI


TA'LIM JARAYONIDA O'QUV MOTIVATSIYASI VA UNI BOSHQARISH MUAMMOSI
Reja:

  1. Ta’limni qanday qilib boshqariladigan jarayonga aylantirish mumkin?

  2. Ta’lim jarayonini boshqarishning dasturlashtirish

  3. O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



Ta’limni qanday qilib boshqariladigan jarayonga aylantirish mumkin?- ta’lim olishni o’zlashtirish jarayoni sifatida maxsus tashkil etish lozim. Ma’lumki, o’quvchilar dastavval tashqiy moddiy harakat bilan ish ko’radilar. Shundan keyin harakatlar sekin-asta o’zgarishi- umumlashtirish, uning qismlari qisqartirish va u bajariladigan darajani o’zgartirish natijasida, harakat interiorizastiyasi; ya’ni uning ichki harakatga, endi butunlay bolani aqlida voqe bo’ladigan harakat aylanishi ro’y beradi. Shuning uchun ta’lim jarayoni muvofiq ravishda – etaplar asosida quriladi. P.Ya.Galperin va uning shogirdlari o’quvchi topshiriqni chamalashning 3 ta asosiy tipini belgilab chiqdilar.
-birinchi tipning chamalash asosida faqat namunalar (harakat va mahsulot namunalari) tashkil etadi. Bu harakatni qanday bajarish to’g’risida hech qanday yo’l-yo’riq berilmaydi. O’quvchi juda sekinlik bilan o’zi harakat qiladi.
-ikkinchi tipning chamalash asosi yangi materialga oid harakatni qanday qilib to’g’ri bajarish haqida hamma yo’l-yo’riqlarga ega bo’ladilar. Ana shu tip asosida ta’lim berish ancha tez boradi va deyarli xatosiz bo’ladi.
-uchinchi tipni chamalash yangi topshiriqlarni tahlil qilishni rejali tarzda o’rgatish bilan bog’liq bo’lib, u ana shu topshirishqni bajarish shartlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi. Uchinchi tip asosida chamalab ta’lim berish xatolar juda kam bo’ladi.
Topshiriqni chamalash tipi o’quvchi hali topshiriqni bajarishga kirishmasdan oldin ro’y beradi. Bu yangi harakatni qanday bajarish kerakligi to’g’risidagi ko’rsatmalar tizimidir. Endi o’quvchi uni bajarishga kirishadi. Keyingi bosqichda moddiy harakat bosqichida harakat yo predmetlarda yoki ularning tasvirlarida olib boradi, ular predmetlar bilan taqqoslanadi, o’lchanadi, qayta joylashtiriladi, o’zgartiriladi. Navbatdagi bosqich – baland ovoz vositasida harakat qilishning ichki planga ko’chirish – bu xuddi o’sha tashqi nutuqning o’zi, lekin “o’z ichida” harakat qilishdir.
Ta’lim jarayonini boshqarishning dasturlashtirish katta ahamiyatga ega. Dasturlashtirilgan ta’lim- ta’lim olayotgan o’quvchi oldingi materialni egallab olmasdan turib o’zlashtirishda navbatdagi qadam qo’ya olmaydi. Buning uchun o’quv materiali qat’iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan kichik porstiyalarga bo’linadi.
O’qituvchi o’quvchiga ta’lim berish faqat ma’lumotlar uzatish “to’g’ri aloqa kanali” orqali o’quvchiga etkazishgina emas shuningdek, ta’lim to’la-to’kis bo’lishi uchun “qaytar aloqa” kanali ham faol bo’lishi lozim. Faqat ana shu “qaytar axborot” asosidagina o’qituvchi ma’lum o’quvchining ta’lim olishi muvaffaqiyatli boriyaptimi-yo’qmi- shu haqida xulosa chiqara oladi va shunga qarab ta’lim jarayoniga tuzatishlar kirita oladi, o’quv jarayonining bundan keyingi borishini rejalashtira oladi.
O’qituvchi huzurida repetitor singari bitta o’quvchi emas, balki 35-40 o’quvchi bo’ladi. O’qituvchi har bir o’quvchidan to’xtovsiz oqim bo’lib keladigan qaytarma axborotni olish imkoniga ega emas, ta’limdagi har bir “qadam”dan keyin har bir o’quvchidan so’rab chiqa olmaydi. “Qaytar aloqa kanali” vaqti-vaqti bilan ishlaydi, u orqali katta uzilishlar bilan oz axborot olinadi. Bu esa o’qituvchi o’quvchi o’zlashtirishining individual xususiyatlariga oid aniq ma’lumotga ega bo’lmaydi. Shuning uchun bunda dasturlashtirilgan ta’lim o’quv jarayonini doimiy nazorat qilib turish va boshqarishni ta’minlaydi. Dasturlashtirilgan ta’lim- ta’lim olayotgan o’quvchi oldingi materialni egallab olmasdan turib o’zlashtirishda navbatdagi qadam qo’ya olmaydi. Buning uchun o’quv materiali qat’iy mantiqiy izchillikda joylashtirilgan kichik porstiyalarga bo’linadi. Bu esa ta’lim berish faoliyatining har bir qadamini haqiqatdan nazorat qilishni ta’minlaydi va o’zlashtirishning individual xususiyatlariga muvofiq ravishda o’quv jarayonini tartibga solib turish imkonini beradi. Nihoyat, har bir o’quvchi o’zi uchun optimal sur’at, me’yor va uslubda o’qitiladi.

Download 30,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish