Ta'lim jarayonida o'quv motivatsiyasi va uni boshqarish muammosi reja



Download 30,48 Kb.
bet5/7
Sana30.06.2022
Hajmi30,48 Kb.
#720038
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TA\'LIM JARAYONIDA O\'QUV MOTIVATSIYASI VA UNI BOSHQARISH MUAMMOSI

5.3. O’qish va aqliy rivojlanish
O’quvchilarning aqliy taraqqiyotini maksimal darajada ta’minlayotgan ya’ni rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etish katta ahamiyatga ega.
O’quvchi intellekti uchun eng muhim narsa shuki, u atrofni o’rab olgan olamdagi narsa va hodisalar o’rtasida bog’lanish va munosabatlarni aks ettirish hamda shu bilan voqealikni ijodiy ravishda qayta o’zgartirish imkonini beradi.
L.V.Zankov nuqtai nazariga ko’ra, aqliy rivojlanishning sohasida hal qiluvchi narsa- o’z tabiatiga ko’ra turli xarakterga ega bo’lgan harakat usullarini muayyan funkstional tizimga birlashtirishdan iborat. Masalan, kichik yoshdagi o’quvchilar aqliy faoliyatining turli xarakterdagi usullarini bitta sistemaga, yagona analitik-sintetik faoliyatga birlashtish ro’y bergan chog’da aqliy rivojlanish amalga oshishi mumkin.
N.D.Levitov nuqtai nazariga ko’ra, aqliy rivojlanish quyidagi ko’rsatkichlar bilan: 1) tafakkurning mustaqilligi bilan, 2) o’quv materialning o’zlashtirishning tezligi va mustahkamligi bilan, 3) standart bo’lmagan vazifalarni hal qilishda aqliy chamalashning tezligi bilan, 4) o’rgnib chiqayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish bilan va 5) aqlning tanqidiy qarashi bilan xarakterlanadi.
D.B.Elkonin uchun aqliy rivojlanishning asosiy mezoni – to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyatining strukturasining hamda uning komponentlari – masalani qo’yilishi, vositalar tanlash, o’z-o’zini nazorat qilish va o’z o’zini tekshirishning mavjudligi, shuningdek, o’quv faoliyatidagi predmet va simvolik planlarning to’g’ri nisbatidir.
E.N.Kabanova-Meller aqliy faoliyatning bir ob’ektda tarkib topgan usullarini boshqa ob’ektga kenga va aktiv ravishda ko’chirishni aqliy rivojlanishning asosiy me’zoni deb hisoblaydi.
Hozirgi vaqtgacha ta’lim jarayonida o’quvchilarning aqliy rivojlanishga oid ayrim diagnostik metodlari ishlab chiqilgan. Bu metodlar maktab o’quvchilarining quyida parametrlarini o’lchashga qaratilagan: 1) o’quv materialini klassifikastiya qilish; 2) aqliy faoliyat usullari va ularning ko’chirish mumkinligi; 3) mustaqil ravishda bilim egallash; 4) tafakkurning “tejalishi”; 5) xususiydan umumiyga tomon siljish sur’ati (tezligi); 6)harakatlarning ichki plani va hakazolarni baholash hamda o’lchash.
Bundan tashqari, fikrlash jarayonini ta’minlovchi alohida operastiyalarn mavjud:

  • Analiz;

  • Sintez;

  • Mavhumlashtirish;

  • Taqqoslash;


Fikrlash operastiyalariga analiz (fikran narsa va hodisalarga taalluqli sifat va xususiyatlarni alohida qilib ajratish, tahlil qilish), sintez (analiz jarayonida ajratilgan qismlarni yana fikran birlashtirish, qo’shish), mavhumlashtirish (alohida biror xususiyatni ajratib, boshqalaridan fikrni chalg’itish, ayrim xossani mavhumlashtirish), taqqoslash (predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran bir — biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish), umumlashtirish (umumiy va muhim sifatlariga ko’ra predmetlarni guruhlashtirish, umumiylashtirish) kabilar kiradi.
O’quvchilarning aqliy taraqqiyotini maksimal darajada rivojlantirish uchun yuqoridagi mezonlarni hisobga olish lozim. Va shuningdek, ta’lim berish jarayonida ushbu mezonlarga qat’iy amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Bitim” mashqi
Har bir guruh a’zosi o’zi bilan bitim (kontrakt) tuzadi va quyidagi savollarga javob beradi.
1) Men o’qish jarayonlari natijalariga ko’ra men o’zimdagi qaysi fazilatlarni o’zgartirishim kerak.
2) Buni men qay tarzda bajarmoqchiman?
3) Men qachon buni qilaman?
Bitimda ayniqsa shuni ajratib ko’rsatish kerak: o’z hatti-harakatining qaysi sohasini qayta qurishga zaruriyat bor? O’zini kuchli va zaif tomonlari. Bu borada rostgo’y bo’lishi kerak. Endi qund bilan mustaqil o’qish zarur. Bundan tashqari qilmoqchi bo’lgan o’zgarishlarining o’qishga, do’stlariga taalluqli bo’lganlarni bayon qilib yozishi kerak.
Tayyor bo’lgan bitimlar konvertga solinadi, bunday kontraktga qo’l qo’ygan o’quvchining aniq pochta manzili yoziladi. Konvertlar rahbarga beriladi, ma’lum vaqtdan so’ng u konvertlarni egasiga tarqatadi.

Download 30,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish