Taqdimot mavzu: 1851-yil 2-dekabr davlat to’ntarishi va ikkinchi imperiya



Download 71,03 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi71,03 Kb.
#710599

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI
 
TARIX FAKULTETI
TARIX MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR YO’NALISHI
JAXON TARIX FANIDAN 
 
Taqdimot
MAVZU:1851-YIL 2-DEKABR DAVLAT TO’NTARISHI VA IKKINCHI IMPERIYA
Guruh:104
Bajardi :Lafasov A
Qabul qildi:Matxoliqov Q
Toshkent 2022
Reja: 1. Fransiyaning ikkinchi imperiya davridagi ijtimoiy-siyosiyahvoli.
  • Bonapartizmning hukmronligi va Fransiyaning Yevropa qit`asida gegemon davlatga aylanishi.
  • Fransiyada liberal - oppozitsion harakatning yuksalishi, inqilobiy krizisning yetilishi.
  • Ikkinchi imperiyaning Fransiya tarixida tutgan o`rni va tarixiy ahamiyati.


Ikkinchi imperiyaning e`lon qilinishi Fransiyada yirik burjuaziyaning eng reaksion va agressiv qatlamlarining alohida hukmronlik shakli - bonopartizmning diktaturasi barpo qilinganidan darak berardi. Savdo-sanoat burjuaziyasining keng qatlamlari hukumat siyosatiga ta`sir qilishdan chetlashtirildi. Mehnatkash omma butunlay huquqsiz qilib qo`yildi.
1851 yil 2 dekabrda bo`lib o`tgan davlat to`ntarishi 1848 yil inqilobi tufayli to`la qo`lga kiritilgan deyarli barcha burjua - demokratik yutuqlarni yo`qqa chiqardi. Ishchilar ittifoqlari va kooperativlar tarqatib yuborildi, respublikachilar partiyasi tor-mor qilindi, demokratik matbuot bo`g’ib qo`yildi. Barcha reaksion hukumatlarning sodiq ittifoqchisi bo`lib kelgan katolik ruhoniylar yanada katta siyosiy ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ldi. Parlament muassasalari saqlanib qolindi, ammo har ikki palataning: Qonun chiqaruvchi korpusning va Senatning haq-huquqlari haddan tashqari cheklab qo`yildi. Ular o`z majlislari haqida rasmiy hisobotlarni e`lon qilolmas hatto o`z vakillarini saylab olish huquqidan mahrum etilgandi. 21 yoshdan kam bo`lmagan erkaklar uchun berilgan saylov huquqi bonapartizm rejimining sotsial bazasini kengaytirish maqsadida saqlab qolindi.
Napoleon III hukumati yirik burjuaziyaga va dehqonlarning boy qatlamlariga suyanib, mehnatkashlar ommasiga demogoglarcha tilyog’lamalik qildi. Ikkinchi imperiya hukmronlik qilgan o`n sakkiz yil Fransiya sanoatining tez sur`atlar bilan o`sish davri va bonapartizm rejimidan ishchilarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish, o`z foydalarini olish uchun keng foydalangan yirik burjuaziyaning misli ko`rilmagan boyish davri bo`ldi. Cho`yan ishlab chiqarish uch baravar, temir ishlab chiqarish Z,5 baravar, po`lat ishlab chiqarish esa 8 baravar ko`paydi.
O`zining o`sish sur`ati jihatidan og’ir sanoat yengil sanoatdan oldinda bordi. Fransiya sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmidagi salmog’i bo`yicha og’ir sanoat yengil sanoatdan hali orqada bormoqda edi. Sanoatda, temir yo`l qurilishida va savdoda yiriklashuv jarayoni ancha tezlashdi. Xuddi shu davrda Parijda yirik universal magazinlar ishga tushirildi. Moliya va sudxo`rlik kapitali rivojlanishi sanoat kapitalining o`sishiga nisbatan tezroq bordi. Fransuz banklarining aylanma kapitallari 5 baravardan ziyodroq ko`paydi, 1852 yilda doimiy aylanmaga ega bo`lgan kredit bosh bo`linmasi tuzildi.
Uning aksiyasi 500 frankdan qilib chiqarildi. Tez orada uning narxi 2100 frankgacha ko`tarildi. 1861 yilda Parij birjasida umumiy summasi 11 milliardni tashkil etgan 118 ta turli qimmatli qog’ozlar, 1869 yilda esa 33 milliard frank miqdorida 307 ta qimmatli qog’ozlar muomalaga kiritildi. 1868 yilga kelib, 14 davlat hukumati fransuz bankirlaridan qarz olish imkoniyatiga ega bo`ldilar.
Kapitalistik taraqqiyotning ta`siri ostida Parijning va boshqa fransuz shaharlarining qiyofasi ancha o`zgardi. 50-60 yillarda Parij qayta qurildi. Bu qayta qurishlar bir hovuch yirik savdogarlarga va bonapartchi amaldorlarga yer uchastkalarini olib sotish va qurilish materiallari yetkazib berish hisobiga boyish imkoniyatini berdi.
Yirik burjuaziyaning boyishi bilan birga mehnatkashlar ommasi qashshoqlashib bordi. 1858 yilda Fransiyada Z millionga yaqin qashshoq va 6 millionga yaqin yashash minumimiga ega bo`lgan kishilar bor edi. Ish haqqi juda oz bo`lib, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxining, turar joyga to`lanadigan to`lovlarning doimiy o`sib borishi xalqning yanada qashshoqlashuviga sabab bo`layotgan edi. Ish kuni 13-16 soatgacha yetib bordi. Xotin-qizlar va bolalar ayinqsa qattiq ekspluatatsiya qilinardi. 1867 yilda Parijdagi xotin-qiz ishchilarning ish haqqi erkak ishchilar ish haqqining faqat 55 foizini tashkil etardi. O`smirlar ish haqqi esa katta yoshdagi ishchilar maoshining faqat 12 foiziga to`g’ri kelardi. Ishchilarni shafqatsizlik bilan ekspluatatsiya qilish natijasida ular orasida sil kasalligi, umurtqaning qiyshayishi, bezgak va boshqa og’ir kasalliklar keng tarqaldi. Erta vafot etish, tez qarish hollari kuchaydi. Mayda ishlab chiqarishning yashovchanligiga qaramay, Fransiyada proletariat bilan burjuaziya o`rtasida ziddiyat har qachongidan ham keskinroq tus oldi.
Mayda burjuaziyaning ilg’or qatlami va u bilan bog’lik bo`lgan ilg’or g’oyali kishilar imperiyaga nisbatan oppozitsiyada bo`lib, respublikachilarni qo`llab-quvvatlaganligi tabiiy bir holdir. Biroq ularning asosiy tayanchi ishchilar edi. 50-yillarning boshlarida ikkinchi imperiya ahvoli mustahkam edi. 1847-1848 yillardan keyin boshlangan iqtisodiy yuksalish ishchilar sinfi siyosiy faolligining vaqtincha pasayishiga olib keldi, chunki uning eng inqilobiy elementlari 1851 yil davlat to`ntarishidan keyin qamoqqa olingan, surgun qilingan va mamlakatdan haydalgan edi. Ikkinchi imperiya hukumati hammadan ham ko`proq ishchilar sinfi faolligining o`sishidan qo`rqardi. Hukumat mustaqil ishchi tashkilotlarini taqiqlab, katta imtiyozlarni faqat o`zaro yordam jamiyatlariga berdi, lekin Shunda ham bu jamiyat oldida ish tashlashlarda (norozilik namoyishlari) ishtirok etishdan voz kechish va o`z safiga faxriy a`zo" sifatida mahalliy ruhoniylarni yoki shahar merini qabul qilish shartlarini qo’ydi. Napoleon III hokimiyat tepasiga: "Imperiya - tinchlik demakdir!" degan shior bilan chiqqan bo`lsada, hukumatning tashqi siyosatida bu shiorning aksi yaqqol sezildi. Ikkinchi imperiya juda ko`plab urushlar olib bordi. Bu urushlar yangi bozorlar uchun intilayotgan bankirlar va yirik sanoatchilar manfaatlarini ko`zlab olib borildi.
Download 71,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish