Tashmatov Shuhrul 11 itini не t Icli


b о b. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI



Download 0,54 Mb.
bet16/135
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#219482
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
Bog'liq
2 5474355819308911273

b о b. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI

5J. MerkaotiJizm vujodga kelishining ijtimoi.v-iQtisodiy asoslari

«Merkantilizm» iborasi birinchl bo‘lib Adam Smitning asarlarida uchraydi. Lug'aviy ma’nosiga ko'rabu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so‘z yangi ta’iimotning mazmun va mohiyatini o‘zida aks ettiiadi.

Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvacliilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi. Lekin XV asrga kelib, ahvol keskin o'zgardi. Bu ta’limotning kelib chiqishiga bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy sabablar turtki bo'ldi. Awalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o'sishi, fan va madaniyatmng rivoji, ayniqsa, yangi yerlammg ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimming paydo bo'lishi, ayniqsa, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o‘zgarishlami asoslab bemvchi iqtisodiy ta’limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini 0‘rganish bilan shug'ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kehb Yevropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. «ffindistonda nodir metallar ko‘p» degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.

Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog'oz pul yo‘q), ulaming knch-qudrati hammani oyoqqa turg'azdi, insonni o'ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo‘lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamJar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog‘ to’plandi,

Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko‘proq oltin va kumush keltirish deb bilindi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zaxiralarini ko‘paytirish borasida ma’lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.

1492-yUda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qit’asini ochdi (u oczini Hindistondaman deb o'ylagan, shuning uchun qit’a nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to‘g‘rilash uchun bu qit’adagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika, ko‘pchi!ik o‘ylaganidek, oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonga suv yo'li qidirish yana davom etdi va 1498-yilda Vasko da Gama tomonidan ko'pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildL Boshqa dengizehi- Magellanning butun dunyo bo'ylab qilgan sayohati tufayli yangi yer, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Yevropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u yerlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xomashyo, ekin, hayvon turlari topildi, ulaming Yevropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo‘xori, tamaki, kofe, какао). Yevropadagi davlatlar (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o‘rtasida kurash ham qizidi.

Shakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlaming rivoji uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastiabki jamg'arilish jarayoni kuchaydi.

  1. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotiniag inohiyati

Merkantilizm rivojida ikki davmi ajratish mumkin:

  1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o'rtalari). >

  2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o‘rtalari).

Yangi talimot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog'liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga bajariladi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi, chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo'ladi (XV asr).

Merkantilizmning birinchi davri, o‘sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya’ni oltin va kumush pullar to‘plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul

olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo'lishi mumkin). Chet ellik savdogarlami esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming rivojini susaytiigan.

Taniqli iqtisodchi N.D. Kondratevning fikricha, merkantilistlaming iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo'lib, xalq xo'jaligi qanday bo‘lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy maqsaddir.

Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta’riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni botlcha nodir metallami (oltin, kumush, javohir, zar va durlami) ko‘proq to4plash; nazariya va ta’limotda: savdo, pul aylanmasi, ya’ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlami izlab topish. «tnsonlar metall uchun qurbon bo'lmoqda», ya’ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bolgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa 0‘zbekistonda liam hozirgi davr o'zgarishiarida uchrab turadi). Sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo'ladi. Farq, ya’ni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo'li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o'ylanmaydi.

Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlaming tabiiy huquqlarini ta’minlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik bor. Bu ta’limotning ijtimoiy ma’nosi shuki, davlat yangi .jamiyat boyligi o'sishini ta’minlovclii sharoitni yaratishi va qo'llashi ... shart edi. Iqtisodiy ta’Hmotlaming tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan ktassik iqtisodiy maktabga ham o‘tdi. Lekin bu aloqa .. mazmuni keyingi davrda ancha o‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm,

  • : Angliyadagi Smit), chunki bu davrda buijuaziya davlat homiyligiga =■ unchalik muhtoj emas edi, hatto u davlatning imkoni boricha

  • iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo‘lgan.

M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqamshming yetakchi tamoyillari quyidagilar: l)oltin va boshqa qimmatbaho metallarga boy- likning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlaming . oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)

arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo'liab-quwatlash; 4) import qilinadigan tayyor sanoat lovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag'batlan- tirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o‘sishi. Shak-shubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti. sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining yuragi edi.

Ulaming mohiyati quyidagilardan iborat:

  • Tahlil predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasi muammolarini o‘rganish afzal deb qaraladi, bunda uni ishlab chiqarish muammolari bilan bog'lab o‘rganish butunlay inkor etiladi;

  • Tahlil uslubi sifatida, asosan, empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko'rinishlarigina ta’rifianib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan ma’lum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;

  • Pulning kashf etilishi inson!aming sun’iy kashfiyoti oqibati deb hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;

  • Pul qiymati kelib chiqishini oltin va kumuslming «obyektiv (jonli) tabiati»dan va ulaming mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;

  • Mehnatga taklifning o'sishi ish haqining yuqori emas, past bo'lish zarurati bilan bog'lanadi;

  • Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sishga mamlakat pul boyligining ko'pavish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi ta’minlanishi kerak,

Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifath xomashyo hisobiga ro'y berdi, tayyor mollar esa o'sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Aogliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u o‘zidan 120 marta katta bolgan yemi koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan foydalangan.

Demak, merkantilizm bo'yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo'ldi va XVI asming 0‘rtalarigacha (asosiy oltinlar yig'ib olinguncha) yashadi.

Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir

B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga o‘xshatadi, demak, agar chaqa (pul) bo'lmasa (qon kabi), oiganizm o‘ladi. Kapitalizmning o‘sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o'zini oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi.

Rivojlangan merkantilizm yoki savdo balansi nazariyasi XVI asming ikkinchi yarmida paydo bo‘Idi va XVII asming o‘rtalaiida asosan Angliyada avj oldi. Uning asosiy mafkurachisi Tomas Mann (1571-1641) edi. Uning fikricha, pul tashqi savdo aylanmasida boshlang'ich maskantni tashkil etadi, ya’ni P-T-P. T. Manning fikricha, har bir savdo kapitalisti o‘z pulini rna'lum foyda olish uchun aylanmaga qo‘yadi. Tovar, pul, foyda va kapital orasidagi aloqadorlikning sababini topishga harakat qilingan. U Makedonlya podshosi Filipp Makedonskiyning *Kuch natija bennagan joyda pulni ishga solish kerak» degan ibonasini yaxshi ko‘rgan.

Savdo balansini oshirish uchun ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga e’tibor berildi, bunda birinchi navbatda yollanma ishchilaming ish haqini cheklash va umuman, xalqning turmush darajasini pasaytirish kerak, deb topildi. Ish haqini cheklash zamrligi g‘oyaviy asosda hal etildi. T.Mann yozishicha, «rno‘l-ko‘lchilik va kuch xalqni qanchalik buzsa, ehtiyojsiz qilib qo'ysa, qashshoqlik va muhtojlik uni shunchalik aqlli va mehnatsevar qiladi» emish. Bu albatta, savdo kapitali xodimlari har qanday yo‘l bilan imkoni boricha kocproq boyishi uchun yo‘l ochib berish, demakdir. XV-XVI1 asrlarda merkantilizm g‘oyalari (pul to'plash siyosati, proteksionizm, xo'jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar) Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida, Portugaliyadan to Maskoviyagacha yoyildi. Fransiyada bu g'oya XVIII asming ikkinchi yarmida motiya vaziri Kolber tomonidan rivojlantirildi. Fransiyada sudxo'rliknmg rivojlanishi shu siyosat bilan chambarchas bog‘liq, Lining ta’siri asrlar davomida saqlanib qoldi va milliy xususiyat kasb etdi (P-P). Italiya iqtisodchilari ham (A.Serra) bu ta’limotni keng tadqiq etdilar. Agar inglizlarda bu ta’limot ko'proq «savdo» bilan bogliq bo‘lsa, italiyaliklarda u ko'proq «pul», «chaqa» shaklida namoyon bo‘lgan. Germaniyada merkantilizm kameralistika shaklida bo‘lib, XIX asr boshlarigacha rasmiy iqtisodiy doktritia edi.

Ammo merkantilizmning iqtisodiy g'oyalari va uning nazariy asosi Angliyada ishlab chiqildi. 0‘z davri uchun bu ta’limot ancha ijobiy voqea boldi.

Nima uchun «boylik», ya’ni iste’mol qilinayotgan va jamlanayotgan boyliklar (ya’ni iste’mol qiymatlari) bir mamlakatda boshqasinikidan tezroq o‘sadi?

Korxona, ayniqsa, davlat miqyosida boylik tezroq ko‘payishi uchun nima qilish mumkin va zarur? degan savoi tug‘Uadi. Merkantilistlar shu savolga javob berishga urindilar.

Davr taqozosi tufayli sanoat hali feodalistik, aniqrog'i kapitalizmgacha bo‘lgan shaklda edi va sanoat kapitali hali yetakchi emas edi, asosiy kapital savdoda to'plandi. Shu davrda Ost-Indiya, Afrika va boshqa koloniyalarning asosiy maqsadlari savdo bilan bog‘liq edi. «Milliy boylikka» asosan va ko‘proq savdo kapitali sifatida qaralgan va asosiy iqtisodiy kategoriya - almashuv qiymatiga katta e’tibor berilgan.

Arastu, Ibn Xaldun va boshqa olimlarga tegishli bo'lgan ekvivalent (teng) almashuv tamoyili merkantilistlarga yot edi. Aksincha, ulaming fikricha, almashuv tabiatan tengsiz noekvivalentdir. Bu g‘oyaning kelib chiqishi tarixan bolib, ular almashuv deganda birinchi navbatda tashqi savdo almashuvini tushunishgan, ayniqsa rivojda ortda qolgan xalqlar va mustamlakalardagi almashuv oldindan teng bo‘lmagan.

Shunl alohida ta’kidlash kerakki, boshqa yo‘nalish (Arastu), o‘rta asrdagi tadqiqotchilardan farqli ravishda merkantilistlar qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirmadilar. Ulaming fikricha, kapitalnicg o‘sishi va jamg‘ari]ishi almashuv tufayli, ayniqsa, tashqi savdo tufayli ro‘y beradi, lekin ular ko‘p masalalami to‘g‘ri hal etishga intilganlar.

Merkantilizm bu davrda xalq manfaatlaridan yiroq siyosatni olib borayotganligi ochiqdan-ochiq ma’lum bo‘lib qoldi.

Ba’zi bir ingliz mualliflari, masalan J.Chayld, U.Teml boshqacha yo‘l, ya’ni ssuda kapitali miqdori (foiz)ni kamaytirishni taklif etgan. Merkantilistlaming g'oyalari burjua siyosiy iqtisodining awalgi davr qarashlarini aks ettiradi, chunki ular asosiy e’tibomi muomala sohasiga qaratgan edilar (boylik asosan ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi, buni keyinroq ko‘ramiz). Merkantilizm turli davlatlarda asosiy sohalarda bir xil namoyon boisa ham, o‘ziga xos milliy xususiyatlarga ham ega.

Kapitalistik islilab chiqarishga imkoni boricha ko'proq aholini jalb etish muhim deb hisoblangan, chunki real ish haqi past bo'lgan sharoitda foyda kelishi oshadi va kapital jamg'arilishi tezlashadi.

Merkantilizm ta’Iimot sifatida ham, iqtisodiy siyosatdagi yo‘nalish sifatida ham turlicha edi: eskirayotgan feodal munosabatlaiga qarama-

qarslii va yangi buijuaziyani qo‘Ilash orqali o‘z davri uchun progressiv bolgan ilk kapitalizmning sliakllanishiga yaxshi imkoniyat yaratdi. Ammo Fransiyada Ludovik XIV («Davlat bu men» degan) va Kolb ex tomonidan manufakturalami ko'paytirish usuli milliy sanoatni rivojlantirish uchun emas, absolutizmni mustahkamlash, qirol xonadonining sarf-xarajatlarini qoplashga qaratildi. Germaniyadagi kameralistlar ham mavjud holdmiyatni qo‘llash, aholini esa ulaiga so'zsiz bo‘ysundirishga harakat qildilar.

Merkantilizm bilan birga siyosiy iqtisod tushunchasi ham kirib keldi. Bu tushuncha fransiyalik Antuan Monkreten Ser de Vattevfl tomonidan kiritildi (1565-1621). U 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktatb kitobini yozdi. Bundagi asosiy g‘oya - «ko‘p sotish, kam sotib olish». Olim o‘z g‘oyalari bo'yicha faol merkantilist edi.

«Siyosiy iqtisod» tushunchasi va shu nomli fan XX asming 90-yil- larigacha yashab keldi, ayniqsa, sobiq sotsialistik deb atalgan mamla- katlarda bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qonuniyat darajasiga ko‘targan edi. G‘arbda XIX asr oxirida (A,Marshall) bu ibora «ekonomiks» shaklida qo‘llanila boshlangan (bu haqida quyida gap boradi).

Angliyada qishloq xo‘jaligi va sanoaida kapitalistik 0‘zgarishlar erta amalga oshgan va bunga merkantilizm ham yordam bergan bo'lsa, Fransiyada ahvol o£zgacha edi. Fransiyada yangi merkantilizm siyosati (Ludovik XIV) hukumat a’zosi (moliya nazoratcliisi va dengiz ishlari vaziri) Jan Batist Kolber (1619-1683) tomonidan keng olib borildi (bu siyosat kolbertizm deb ataladi). Bu davlatda feodal munosabatlar (ayniqsa, mayda dehqonchilik) keng tarqalgani uchun Kolber asosiy e’tibomi sanoatga qaratdi va agrar sohani deyarli e’tiborga olmadi. Masalan, chetdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keltirish qo‘llangan, chiqarish esa cheklangan, don, narxi davlat tomonidan past ushlab turilgan.

Bu siyosat va sanoat birinchi o'ringa qo‘yiladi, ayniqsa, qishloq xo'jaligining pasayishiga olib keldi, bu esa noroziliklarga sabab bo’ldi. Shunday haqiqatga yaqin rivoyat borki, unga ko'ra ishbilarmonlar Kolberga shikoyat qihshgan, shunda u «nima istaysizlar» deb so‘raganda fiansuzcha «laisser faier» (qilishga ruxsat bering, ya’ni o‘z-o‘zidan davom etaversin) degan ekanlar.

Bu ibora hozirgi davrda ham sof erkin iqtisodiyot prinsiplarini, birinchi navbatda, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini talab etadi (liberalizatsiya, lesse-ferr).

Merkantiiizmniiig yarn bir shakli kameralistika (lotmchada-hazina) bo‘lib, ayniqsa, Germaniyada keng tarqalgan. Bu g'oya tarafdorlari yirik feodallar xo‘jaliklarini boshqarish masalasini yuqori qo‘yadilar va buni idora doirasida hal qiladilar.

Demak, yangi ta’Iimot bo‘yicha iqtisodiyotda davlatning roli birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Amalda esa turli-tuman farmon, faraioyish, qonunlar yuzaga erkin raqobatga yo‘l berilmas edi. Hunarmandchilik bo‘yicha sex tizimi, feodallarning imtiyozlarini himoya qiluvchi qoidalar saqlab qolindi (tenglik yo'q). Bu tizim Fransiyada XVIII asr oxirigacha, Angliyada XIX asr boshlarigacha saqlab kelindi.

Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta’limoti edi. Bu ta’Iimot barcha mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish