Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Xalqaro turizm xizmatlari Xalqaro turizmning iqtisodiy mohiyati va mazmuni



Download 2,2 Mb.
bet54/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)

Xalqaro turizm xizmatlari Xalqaro turizmning iqtisodiy mohiyati va mazmuni. Xalqaro turizm xizmatlarni xalqaro ayirboshlash qismi hisoblanadi. Davlatlaaro muloqotlarning rivojlanishi bilan xizmatlar sohasi alohida mamlakatlar doirasidan chiqdi va iqtisodiy iqtisodiy aloqalarning eng muhim shakllaridan biriga aylandi. Uning moliyaviy natijalari alohida mamlakatlarning toʻlov balanslari yakuniga borgan sari koʻproq ta'sir koʻrsatmoqda. Jahon savdosining deyarli 1\4 qismini uning koʻrinmas deb nomlanadigan moddalari tashkil etadi va ular tovarlar bilan xalqaro savdoga qaraganda ancha tez oʻsadi, buning ustiga oʻsish sur'atlari tezlashmoqda. Koʻrinmas moddaalari boʻyicha savdoning oʻsishi shu jihat bilan qiziqarliki, u hatto jahon iqtisodiyotidagi buhron hodisalari kuchayishi munosabati bilan jahon tovar oborotining oʻsish koʻlamlari pasaygan davrda ham sodir boʻlgan.
Halqaro xizmatlar sohasi iqtisodiy iqtisodiy aloqalar jarayonida shakli boʻyicha ham, oʻzining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni boʻyicha ham tovar almashishga xizmat koʻrsatish, sarmoya harakatlanishi va mazkur mamlakat xorijiy valyutada tushum va toʻlovlarnga ega boʻlgan boshqa faoliyat turlari boʻyicha eng xilma- xil joriy operatsiyalarni birlashtiradi. Bunga birinchi navbatda xalqaro turizm, transporta tashishlar, sug‘urta operatsiyalari, bank faoliyati va xorijga kapital qoʻyish bilan bog‘langan xizmatlar hamda koʻp sonli boshqa operatsiyalar: madaniyat sohasida almashish, axborot, ekspert va boshqa xizmatlar kiradi. Xalqaro xizmatlarning eng salmoqli tarkibiy qismlaridan biri iqtisodiy iqtisodiy faoliyatining oʻsuvchan sohasini taqdim etuvchi, jahonning koʻplab mamlakatlarida katta biznesning gurkirab oʻsuvchi jabhasiga aylangan xalqaro turizm hisoblanadi.
Turistik biznes ulushiga jahon yalpi milliy mahsulotining salkam 6 foizi, summar sarmoya qoʻyilmalarining foizi, jahon iste'mol xarajatlarining 11 foizi va barcha soliq tushumlarining 5 foizi toʻg‘ri keladi. 1995 yilda jahondagi har bir 16-chi ish oʻrni turizmga toʻg‘ri kelar edi. Xalqaro turizmning ulushijahon eksportning salkam 7 foizini tashkil etadi, bu esa eksportdan tushgan daromadlar summasida turizm neft va neft mahsulotlarini eksport qilishdan va avtomobillarni eksport qilishdan daromadlardan keyin uchinchi oʻrinni egallaydi demakdir. 1998 yilda Jahon turistik tashkiloti tomonidan 625 mln turistik tashriflar qayd etildi,ulardan olinadigan darmad bir yilda 9 foiz koʻpayib, 445 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa turizmni jahon hoʻjaligining yetakchi jabhalaridan biri aylanish yoʻlida qoʻyilgan katta qadamni anglatadi. U hatto ayrim noqulay siyosiy va iqtisodiy sharoitlarga qaramay jadal rivojlanishni davom ettirmoqda. Jahon turistik tashkilotining prognozlariga qaraganda, jahon yalpi milliy mahsulotini yaratishda turizmning salmog‘i 2005 yilda 12-14 foizga yetadi.
Turistik biznes tadbirkorlarni ozginagina boshlang‘ich investitsiyalar, ularning tez qoplanish muddatlari, turizm xizmatlariga doimiy talab, ishlab chiqarish xarajatlari rentabelligining yuqori darajasi bilan jalb etadi. Iqtisodiyot rivojlanishining muayyan bosqichida sayohat qilishga ehtiyoj keskin oshganda, ana shunday sayohatlar uchun xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar ham paydo boʻlishdi. Bu alohida turdagi tovar - turizmning shakllanishiga olib keldi. Shunday qilib, avval turizm iste'molchilar bozorida sotib olish va sotish mumkin boʻlgan tovar sifatida vujudga keldi. Turizm tovar sifatida xizmatlar (moddiy va nomoddiy) shaklida sotiladi. Turistlarga (sayohat qilayotgan kishilarga) xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar «turizm» sohasiga birlashishdi. Turizm birinchi hayotiy zarur tovar hisoblanmaydi, shuning uchun insonning faqat uning daromadlari muayyan darajada va jamiyatning boyligi moʻayyan darajada boʻlganda zaruriy ehtiyoji boʻladi.
Turizm odamlarning turli turistik yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishi natijasidir. Turizm har doim ikki unsurni oʻz ichiga oladi:
-tayinlangan joyga sayohat va u yerda toʻxtash;
-turizm - turistning turistik yoʻnalish boʻyicha vaqtincha harakati, ya'ni turist qanchadir vaqtdan keyin oʻzining doimiy yashash joyiga qaytadi;
-turizm - foyda olish boʻyicha faoliyatini oʻziga olmagan sayohatdir.
Turizm aholining bir mintaqadan (tuman, shahar, mamlakat) boshqasiga, agar u yashash joyi yoki ishi oʻzgarishi bilan bog‘liq boʻlmasa, vaqtincha koʻchishi bilan tavsiflanadi. Turizm – dam olish, davolanish, madaniy, ilmiy yoki amaliy uchrashuvlarda ishtirok etish maqsadida sayohat qilish bilan bog‘liq halovatdir. Turizmda ehtiyojni tug‘diradigan omillar uchta asosiy guruhga kiritilishi mumkin: ma'rifiy, mintaqaviy, iqtisodiy. Tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylarga tarixiy va arxeologik yodgorliklar, muzeylar, badiy galeoeyalar, teatrlar va boshqa ob'ektlarni kiritish lozim. Alohida qiziqishni etnografik jihatdan diqqatga sazovor sifatida tavsiflanadigan urf-odatlar, kiyim-kechak, taomlar va xalq ijodining boshqa koʻrinishlari uyg‘otadi. Xoʻjalik yuritishdagi diqqatga sazovor narsalarga xoʻjalikni yuritishning oʻziga xos shakllarini kiritish lozim. Mintaqaviy omillar guruhiga mintaqaga turistlarning kelishlari uchun sabab boʻla oladigan mazkur mintaqadagi voqyealar, masalan teatr va musiqa festivallari, kinofestivallar, turli turdagi sport musobaqalari (olimpiadalar, ezgu xohish oʻyinlari, spartakiadalar, sport kurashlari va hokazo), yarmarkalar, karnavallar, koʻrgazmalar va hokazolar kiradi.
Turizm ichki va xalqaro boʻladi. Xalqaro turizm ishtirokchisi xorijlik turist deb ataladi. «Xorijlik turist» atamasi (xalqaro shartnomalarda – oddiygina «turist») hozirgi vaqtgacha tugamagan uzoq evolyusiyani bosib oʻtdi. BMT bir necha bor xorijlik turist ta'rifini koʻrib chikdi. BMTning 1963 yildagi Xalqaro turizm va sayohatlar boʻyicha Rim konferensiyasi tomonidan ifodalangan ta'rifga koʻra xorijda boʻlgan talabalar va oʻquvchilar ham turist hisoblanishadi.
Turistlarning quyidagi asosiy guruhlari belgilangan edi:
-yig‘ilishlar, qurultoylarga (ilmiy, ma'muriy, sport va boshqa) boradigan fuqarolar;
-xizmat ishlari boʻyicha boradigan fuqarolar;
-mamlakatda ishga joylanish uchun shartnoma tuzib yoki shartnomasiz keladigan fuqarolar;
-mamlakatga doimiy yashash uchun shartnoma tuzib yoki shartnomasiz qoladigan fuqarolar;
-chegaraning bir tomonidan yashaydigan, ikkinchi tomonida esa ishlaydigan chegara tumanlari aholisi turist deb hisoblanmaydi.
Biroq koʻplab davlatlar xalqaro darajada «turist» atamasining aniq va bir turdagi izohini ishlab chiqmagan va shu bilan xalqaro turizm sohasida oʻzlarining hamkorligi toʻg‘risida xalqaro shartnomalar va bitimlar mavzuini aniqlashmagan. Turizm xizmati umuman xizmat kabi foydali samarada ifodalanadigan muayyan iste'molchilik harakatidir, u odatda, namoyon boʻlganda insonning u yoki bu ehtiyojini qondiradi. Bunda xizmat yo buyum, ya'ni buyum (tovar) yordamida, yoxud jonli mehnatning oʻzining faoliyat koʻrsatishi jarayonida koʻrsatilishi mumkin. Xizmatlar ishlab chiqarishining koʻrsatilgan ikki usuli xizmatlar oʻzining ham ikki turini shartlaydi. Birinchi xizmat turi - bu shunday xizmatlarki, buyumda bevosita ifodalanib, iste'mol tovarlari bilan daxldordir. Bu turdagi xizmatlarni koʻrsatish oʻzining mazmuniga koʻra moddiy ishlab chiqarishdagi mehnat jarayonidan farq qilmaydi, unga aynan oʻxshash, sababi bu yerda mehnat jarayoning barcha beshta unsuri yaqqol: mehnat vositalari, mehnat predmetlari, mehnatning oʻzi (ya'ni insonning maksadga yoʻnaltirilgan faoliyati), texnologiya va tashkil etish. Bu birinchi turdagi xizmatlarni moddiy (ishlab chiqarishga doir) deb atashga asos beradi. Turist uchun ozik-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha xizmatlar xizmatining ushbu turiga misol boʻlib hisoblanadi. Iste'mol qiymati sifatida mehnat odamlarning aniq etiyojini qondiradi. Bunday xizmatni iste'mol qilish boshqa shunday tovar kabi shu mehnat beradigan alohida iste'mol qiymati xizmat deb ataladi, chunki mehnat xizmatni buyum sifatida emas, balki faoliyat sifatida koʻrsatadi. Nomoddiy xizmatlar ularni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jamoat mehnati xarajatlariga ekvivalent qiymatga ham ega. Nomoddiy xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida ham aniq mehnat, ham mavhum mehnat sarflanadiki, u bilan ularning ham iste'mol qiymati yaratiladi. Turistik xoʻjalik yurituvchi sub'ektning butun faoliyati turistlarga turli xil xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq. Turistlar turizm xizmatlarini ishlab chiqarish va ushbu xizmatlarni sotishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi sub'ektlar ishlab chiqaradigan xizmatlar iste'molchilari boʻlib maydonga chiqishadi. Xizmatlarni iste'mol qilishni sotish va tashkil etish jarayonida turistlarga xizmat sodir boʻladi, chunki iste'molni sotish va tashkil etish boʻyicha faoliyat – xizmat koʻrsatish jarayonidir. Ushbu uchta funksiyaning mavjudligi xoʻjalik yurituvchi barcha turistik sub'ektlarni yagona soha - turizmga birlashtirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtgacha xalq xoʻjaligi sohalarining amaldagi tasnifida turizm aniq ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega emas. Bu hozirgi zamonda bozor iqtisodiyotining faoliyat koʻrsatishi sharoitlariga jamoat ishlab chiqarishni tasnifiy chizma qurilishining sohaviy prinsipi nomuvofiqligi natijasidir. Jamoat ishlab chiqarishining diversifikatsiyasi oʻsishida sohaning jamoat ehtiyojlarini qondirishdagi funksional roli uning mezoni boʻladi. Shuning uchun aholining iste'mol vositalariga (birga olingan tovarlar va xizmatlar) ehtiyojlarini qondiruvchi ijtimoiy sohalar tarkibida turizm kiradigan ijtimoiy–maishiy infratuzilmaning sohaviy majmui ajratiladi. Sohaning mezoni mahsulotning predmetligi emas, uning ahamiyati boʻladi. Shuning uchun ham iste'mol predmetlari (oziq-ovqat, yodgorliklar va hokazo) ishlab chiqariladigan turizm, bu ma'noda yagona funksional mezonga ega. Turizmning xalq xoʻjaligi majmui sohalari tarkibidagi oʻrnini quyidagi pozitsiyalardan baholash kerak.
Jahon iqtisodiyotining muhim infratuzilmaviy tarmoqlaridan biri transport tizimi boʻlib, uni rivojlantirish har bir milliy iqtisodiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy aloqalarning globallashuvi va xalqaro savdoning rivojlanishi sharoitida ichki va tashqi bozorlardagi yuqori raqobatbardoshlik, transport tizimining sifat jihatdan rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Jahon banki ma'lumotlariga koʻra, yoʻlovchi tashish umumiy temir yoʻl transportining 20,0 % ini, shu jumladan, tezyurar poezdlar hozirgi kunda faqat 1,0% ni tashkil etadi – (Hindiston va Yaponiyada yoʻlovchi tashish miqdori boʻyicha yuk tashish hajmidan oshadi). Jahon temir yoʻllarining 2 trln. yoʻlovchi-km yoʻlovchi aylanmasi mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi: Yaponiya va yevropa – 370-380 mlrd. yoʻlovchi-km; Hindiston va Xitoy - deyarli 300 mlrd. yoʻlovchi-km; boshqa mamlakatlar – 200 mlrd. yoʻlovchi-km1.
Jahonda temir yoʻl transporti xizmatlari bozorida marketing faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, temir yoʻl transporti infratu­zilmasi sifatini yanada oshirish va xizmat koʻrsatish faoliyatini tizimli tashkil qilish, mijoz va transport korxonalari munosabatini uyg‘unligiga yoʻnaltirilgan samarali marketing faoliyatini tashkil etish kabi yoʻnalishlardagi tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro transport xizmatlari bozorida murosasiz raqobat kechayotgan bir sharoitda iste'molchilar talabini qondirish, yangi bozor segmentlariga kirib borish va faoliyat natijaviyligini ta'minlash temir yoʻl transporti xizmatlari bozorini rivojlantirishning samarali marketing strategiyasini ishlab chiqarish mug‘im ahamiyat kasb etadi.
Soʻnggi oʻn yillikda mamlakatimizda transport xizmatlari bozorini rivojlantirishga va uning infratuzilmasini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarda temir yoʻl transporti tizimining alohida oʻrni bor. Ushbu transport turi zimmasiga 2016 yilda xalqaro yoʻnalishdagi yoʻlovchilarning 27,6 foizdan koʻprog‘i, shuningdek, shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha 20,8 foizi toʻg‘ri keldi2. Ammo temir yoʻl transporti iqtisodiyotda boʻlayotgan oʻzgarishlar va turizm sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻyilgan talablarni miqdor va sifat jihatdan qondira olmayapti. Shu boisdan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti­rishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakat strategiyasida «...xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholiga transport xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yuk va yoʻlovchi tashish faoliyatini yaxshilash, ularning xavfsizligini oshirish vazifalari belgilab berilgan».3 Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash respublikamiz temir yoʻl transporti xizmatlari bozorini rivojlantirishning marketing strategiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻg‘risida»gi va 2015 yil 6 martdagi PF-2313-son «2015-2019 yillarda muxandislik-kommunikatsiya va yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi toʻg‘risida»gi farmonlari, 2017 yil 2 dekabrdagi PQ-3422-son «2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016yil 26 fevraldagi 55-son «2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi toʻg‘risida»gi qarori hamda mazkur yoʻnalishdagi boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Transport xizmatlari bozorini rivojlantirish va korporativ tuzilmalar raqobatbardoshligini oshirishning marketing mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalarida, jumladan, World bank (Economic Development Institute), UNCTAD (Handbook of Statistics), Harvard University (SShA), Montpellier Business Sshool (Fransiya), The World Factbook (Central Intelligence Agency), Korea Railroad research institute, (Koreya Respublikasi), Nanjing university of information science & technology (KNR), Moskva temir yoʻl transporti muhandislari instituti (Rossiya Federatsiyasi), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti (O‘zbekiston)da olib borilmoqda.
Jahonda transport xizmatlari bozorining rivojlanish darajasini aniqlash va tarmoqdagi marketing faoliyati masalalari boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: globallashuv sharoitida servis iqtisodiyoti shakllanishining qonuniyatlari va oʻziga xos xususiyatlari aniqlangan (Harvard University, AQSh); xizmatlar eksporti va importining jahon darajasidagi tendensiyalari va ularning xalqaro savdo rivojlanishi bilan oʻzaro bog‘liqligi aniqlangan (Hosei University, Yaponiya); transport xizmatlari bozori sub'ektlarining faoliyati strategiyasini ishlab chiqish, iqtisodiy munosabatlarning barcha murakkabliklari zamirida yotgan inson manfaatlarini hisobga olish lozimligi asoslab berilgan (Korea Railroad research institute, Koreya Respublikasi); temir yoʻl transporti tizimida xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan marketing innovatsiyalarini joriy etish asoslab berilgan (Nanjing university of information science & technology, XXR); temir yoʻl transporti tizimining infratuzilmasini rivojlanish darajasi va transport xizmatlari samaradorligini oshirishda marketing strategiyasining oʻrni asoslangan (International University of Logistics and Transport in Wrocіaw, Polsha), infratuzilma rivojlanishining past darajasi sharoitida logistika bozori tizimi rivojlanishining maqsadga muvofiqligi hamda transport-logistika xizmatlariga ehtiyojlarning ortishi asoslab berilgan (Moskva temir yoʻl transporti muhandislari instituti, Rossiya Federatsiyasi).
Jahonda transport xizmatlari bozorining rivojlanishining marketing strategiyalarini ishlab chiqish boʻyicha tadqiqotlar quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda olib borilmoqda: ya'ni globallashuv sharoitida marketing tadqiqotlarida iste'molchilarning hulq-atvorini hisobga olish; transport xizmatlari maqsadli bozorining rivojlanishi; marketing strategiyalarini transport xizmatlar bozori xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantirish; transport xizmatlari sifatini bozordagi raqobat kuchayishini e'tiborga olgan holda oshirish; raqobat oʻsishi sharoitida maqsadli bozorlarni segmentlashning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish; transport kompaniyalarining raqobatbardoshligini tashqi va ichki muhit omillarini hisobga olgan holda oshirish, transport xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun marketing strategiyasini tanlash kabi masalalar shular jumlasidandir.

Nazorat uchun savollar.


1. Xalqaro xizmatlar savdosi nimalardan iborat?
2. Xizmatlar boʻyicha qanday iqtisodiy savdo bitimlari mavjud?
3. Xalqaro turizmning iqtisodiy mohiyati va mazmuni nimadan iborat?
4. Turistik eksport, import va turistik bozor tushunchasi va mazmuni.
5. Turistik eksportning tovarlar eksportidan farqi izohlab bering.
5. Xalqaro turizm qaysi omillar ta’sirida rivojlanadi?
6. Tashqi savdoni sugʻurtalash mohiyati va maqsadi.
7. Iqtisodiy aloqalarni sugʻurtalashning mohiyati nima?
8. Iqtisodiy aloqalarni sugʻurtalashning qanday turlari mavjud?

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish