Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 262,43 Kb.
bet1/18
Sana25.06.2022
Hajmi262,43 Kb.
#705114
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ijodkorlik



O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta‘lim vazirligi


Toshkent Davlat pedagogika Unversiteti
Professional ta'lim fakulteti
Texnalogik ta'lim yònalishi
TT-202-guruh talabasi Jo’rayeva Mehrigiyoning
"Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanidan


KURS ISHI
Mavzu: O’quvchilarning texnik ijodkorlik birlashmalarida ishlarni tashkil qilish
Ilmiy rahbar: _______________________


Toshkent - 2022
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………….……..…..3
Asosiy qism………………………………………………….….………….…..…..5

  1. Ijodkorlik faoliyatining asosiy tushunchalari…………………………………..5

  2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati……….…..……6

  3. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati…………………………………………..6

  4. Ijod, ijodiyot va ijodkorlik tushunchalari…………………………………..…10

  5. Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi………………..22

  6. O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari

  7. O’quvchilarning ilmiy-texnik ijodiyotini rivojlantirishning uslubiy jihatlari

  8. To`garak texnik ijodkorlikni tashkil etishning asosiy shakli sifatida

Xulosa……………………………………………………………………………..37


Foydalanilgan adabiyotlar …………………..……………………………...…….40


Kirish


Talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish va mehnatga ijodiy munosabatini shakllantirish, fan-texnika taraqqiyotini jahon taiablari darajasiga ko'tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta'minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bo'lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko'nikmalarni shakllantirish orqali zamonaviy ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik fazilatlarini shakllantirish va ishlab chiqarish faoliyati asoslarining puxta egallanishiga erishiladi. Fanning asosiy maqsadi bo'lajak o’qituvchilarga umumiy o'rta ta'lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o'quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiymetodik asoslarini o’rgatishdan iboratdir. Mazkur maqsadga erishishda talabalar tomonidan quyidagi muhim vazifalarning hal etilishi ko'zda tutilgan: - o'quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo'lish; - texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish; - kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo’yicha tushunchalarga ega bo'lish; - texnik masalalarni yechishning samarali metod va usullaridan foydalanish ko'nikinalarini hosil qilish; - texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish; - mustaqil ravishda texnik obyektlami va ularning modellarini loyihalay olish; - texnik ijodkorlik bo'yicha sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish; - respublikada o'quvchilar texnik ijodkorligi faoliyati hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to'g’risida tushunchalarga ega bo'lish; - o'quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish; 4 - texnik ijodkorlik to'garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish; - to’garaklarning o’quv moddiy-texnik bazasini tashkil qila olish; - sinfdan va maktabdan tashqari o'quv mashg’ulotiarida texnik ijodkorlikni shakllantirishning metodik asoslarini bilish; - ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan tadbirlami tashkil qilish va o'tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak. Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo'lajak mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi texnik ijodkoriigini shakllantirish masalasi ko’p qirrali bo'lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo’llarini aniqlash va uning o’ziga xos mazmunini tanlash bilan bir qatorda bo’lajak mutaxassislarning o’quv jarayonida texnik ijodkorligi, ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifalarni ham amalga oshiradi. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida mamlakatimizda kasb ta’limini axborotlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi va amalda dastlabki meyyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga yaqqol misol sifatida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida", "Axborotlashtirish to’g'risida", "Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlami va Ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to’g’risida", "Aloqa to'g’risida"gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlami keltirish mumkin. Ushbu qonunlar yaratgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanish, iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalami o’zlashtirish, ular vositasida yangi turdagi xalq ehtiyoji mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo’naltirilgan intellektual mulkni shakllantirishning innovatsion jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlash tayyorlash milliy dasturi”da ham barkamol shaxs tarbiyasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Chunki, o’z bilimi, salohiyati, imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyotiga to’liq sarflab, mustaqil fikrlay oladigan ijodkor shaxslarni shakllantirish, jamiyatda tub o’zgarishlar bo’lishiga zamin yaratadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi... Inkor etib bo’lmaydigan ushbu haqiqat shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir insonning qon-qoniga, vujudiga singib ketishini istardim”, -deb ta’kidlashi ta’lim sohasini yangilashda ham ustuvor vazifa bo’lib sanaladi. Chunki shu jamiyatda yashaydigan inson keng faoliyatga tayyorlanar ekan, uning rivojlanishi, tafakkurini yangilashda o’quv jarayoniga ilg’or texnologiyalarni kiritish, o’quvchilarning erkin mustaqil fikrlash, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishni taqozo etadi.
Sh.T.Boltayeva ushbu monografiya boshlang’ich ta’lim o’quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o’quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan, o’quvchilarda ijodkorlik, ijodiy faoliyatni rivojlantirish lozimligi kun tartibidagi muammo bo’lib qoldi. Zero, 1-4 sinf o’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirishda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olish, ta’limni samarali tashkil etishda darslarni noan’anaviy tarzda o’tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish ularni har tomonlama yetuk bo’lishiga xizmat qiladi.
O’qish darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo’ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltirganmiz.
Shuningdek, texnik ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari, kashfiyot texnik masalalar yechishning ilmiy asosi, ixtirochilik, ratsionalizatorlik, texnik konstruksiyalash va modellashtirishning moddiy shart-sharoitlari texnik obyektlarni konstruksiyalash, badiiy modellashtirish va dizayin, mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan olib boradigan tashkiliy ishlar haqida tushunchalar beradi.

Download 262,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish