Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

 
 


17 
 
2.Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari.  
Texnologik xujjatlarning  rо‘yxati va mazmuni texnologik xujjatlar yagona sistemasining  davlat  
standartlari  bilan  belgilanadi.  
Texnologik  xujjatlarning  asosiy  turlari  marshrut  kartasi,  operatsiya  kartasi,  eskizlar  kartasi, 
texnologik  instruksiya,  asbob-uskunalar  vedomostidir.  Bularning  dastlabki  ikkitasidan  ishlab 
chiqarishning  hammasida,  keyingilaridan  esa  kо‘pincha  faqat  donalab  va  kam  seriyali  ishlab 
chiqarishda foydalaniladi. Marshrut va operatsiya kartalari xaqida batafsilroq tо‘xtalib о‘tamiz.  
Marshrut  kartalarida  chiqariladigan  maxsulotning    xarakteridan  qat’i  nazar,  materiallar, 
yarimfabrikatlar va zagotovkalar tayyor mahsulotga aylangunicha bosib о‘tadigan butun yо‘l aks etadi. 
Marshrut kartada barcha operatsiyalar bо‘yicha buyumlar tayyorlashning  texnologik jarayoni tavsifi, 
asbob  -  uskunalar,  jixozlar  qо‘llanadigan  materiallar  haqidagi  ma’lumotlar,  shuningdek  normativ  
xarakterdagi ayrim ma’lumotlar bо‘ladi.  
Operatsiya kartalarida о‘tishlar bо‘yicha har bir aloxida operatsiyaning bajarilishi marshrut 
kartalaridagiga qaraganda batafsilroq ifodalanadi. Shuningdek ularda asbobanjomlarning, 
qо‘llanadigan kontrol-о‘lchov nnstrumentlari va priborlarning ratsional ish rejimi kо‘rsatiladi.  
Xujjatlarda belgilangan ishlar tartibiga, texnikadan foydalanish qoidalariga, texnologiya 
intizomiga aniq rioya qilish texnologik jarayonni amalga oshirishning majburiy shartidir.  
Sizlar mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida texnologik jarayon odatda uch bosqichdan: 
zagotovkalarni olish, tayyor detallarni yasash na buyumlarni yig‘ishdan iborat bо‘lishini bilib oldingiz. 
Ana shu tayyorlov, shakl berish va yig‘ish bosqichlari xalq xо‘jaligining kо‘p tarmoqlariga doir 
korxonalardagi texnologik jarayonlarda о‘z о‘rniga ega. Masalan, mashinasozlik korxonasidagi 
texnologik jarayonning qanday о‘tishini kо‘raylik.  
Tayyorlov bosqichi tayyorlov (quyish, shtampovkalash) sexlarida amalga oshadi. Ularda 
dastlabki materiallar va xom ashyolardan bо‘lajak detallarning zagotovkalari olinadi. Korxonada xom 
ashyoniig sarflanishi mazkur sexlardagi ishchilar (quyuvchilar, modelchilar, qolipchilar, 
presslovchilar, shtampovkachilar) mehnatining sifatiga va tayyorlov ishlab chiqarishining texnik 
jixozlanishiga kо‘proq bog‘liqdir. Zagotovka qanchalik aniq  yasalsa, metall ga ishlov  berishda  u 
shunchalik kam  isrof qilinadi, ishlab chikarish shunchalik tejamli  bо‘ladi.  
Detallarga shakl berish bosqichi mexanika sexlarida о‘tadi.  Olingan zagotovkalarga  xilma-xil  
instrumentlardan  fiydalanib turli stanoklarda  ishlov  beriladi. Bu ishni xar xil kasblardagi ishchilar:  
tokarlar, frezerchilar, slesarlar, pardozlovchi  va boshqalar bajaradi. Tayyorlangan  detallarga tegishli 
sexlarda texnik talablarga muvofiq termik, ximiyaviy yoki boshqacha ishlov beriladi. Bu esa ularning 
chidamliligi va mustaxkamligini  oshiradi. Ayrim detallarni tashqi muxit ta’siridan saqlash  uchun 
ularning sirtiga turli qoplamalar surtiladi. Detallar  ishlov berish sexlaridai yig‘uv sexiga keladi.   
Yig‘ish  bosqichini ikki pog‘onaga: tayyorlanadigan   buyumning tarkibiy kismi shakllanadigan 
asosiy yig‘ish va buyumni umumiy yig‘ish  pog‘onalariga bо‘lish mumkin. Masalan, avtomobil 
(zavodining  bir sexida dvigatel, ikkinchi sexida bо‘lajak buyumning kuzovi yig‘iladi, bu asosiy 
yig‘ish bо‘ladi, umumiy (sо‘nggi) yig‘ish bosh konveyerda boradi:  
bunda yig‘ish birliklari na detallardan avtomobil hosil bо‘ladi.  
Biz seriyali mahsulot tayyorlashdagi texnologik jarayonning borishini kо‘rib chiqdik. Bu 
jarayondan oldin korxonaning konstruktorlik, texnologik va tashkiliy ishlab chiqarish tayyorgarligidan 
iborat yangi buyumni sanoat kо‘lamida о‘zlashtirish amalga oshadi.  
Konstruktorlik tayyorgarligi berilgan topshiriqni texnik-iq- tisodiy asoslash va buyumga 
qо‘yiladigan texnik talablar ifodalangan dastlabki xujjatni ishlab chiqishdan boshlanadi.  


18 
 
Oxirgi natija ishchi xujjat, yani ishchi chizmalar bulib, ularda  buyumlarni tayyorlash na kontrol 
qilish uchun zarur: yig‘ish  chizmalari, detallarning chizmalari, ularning tafsilotlari va xokazolar 
ifodalanadi.  
Ana shu xujjatlar asosida korxonaning texnologik tayyorgarligi amalga oshadi. By tayyorgarlik 
maxsulot tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqarishdan iborat bо‘lib, u texnologik  
xujjatlarda: marshrut, operatsiya kartalari va xokazolarda о‘z  aksini topadi. Korxonaning texnologik 
tayyorgarligi ishlab chiqarishning texnologik gayyorgarligi yagona sistemasiga, ya’ni xalq 
xо‘jaligining istalgan tarmog‘iga mansub har bnr korxona rioya etadigan standartlarga munofik amalga 
oshiriladp.  
Texnologik  jarayonlarni  loyixalashda  bir  tomondan  buyumga  qо‘yiladigan  texnik  talablar, 
ikkinchi  tomondan  ishlab  chiqarishning  imkopiyatlari,  unnng  zarur  stanoklar,  instrumentlar  va  ishchi 
kadrlar bilan ta’minlanganligi xisobga oliiadi.  
Korxonaning  tashkiliy-ishlab  chiqarish  tayyorgarligi  uning  texnologik  tayyorgarligiga 
chambarchas bog‘liqdir. U sexlar va uchastkalarning konkret tashkil etilishidan, ta’minot, jixoz- larni 
joylashtirish, buyumnnng tajriba namunalarini tayyorlash masalalarini aniklashdan iboratdir.  
Kо‘pincha mahsulotni sanoag kо‘lamida о‘zlashtirishni tezlashtirish uchun ishlab chiqarishning 
ba’zi tayyorgarlik bosqichlari birlashtiriladi.  

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish