Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

 
 



 
2.O‘zbekistondagi  ishlab  chiqarish  turlari.  Ishlab  chiqarishda  yangi  texnika  va  ilg‘or 
texnologiyalar.  
O`zbekistondagi  ishlab  chiqarish  turlari.  Ijtimoiy  mehnat  taqsimotiga  muvofiq  iqtisodiyot 
tarmoqlari  faoliyatining  ikki  katta  sohasini    –  ishlab  chiqarish  (moddiy  ishlab  chiqarish)  va  noishlab 
chiqarish  sohalarini o’z ichiga oladi. Ana shu sohalarning  tarkibi, o’zaro  munosabati va bir  –  biriga 
bog’liqligi mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasini tashkil etadi.  
Iqtisodiyot  tarmoqlarining  noishlab  chiqarish  sohasiga  aholiga  tibbiyot,  madaniy  –  maishiy 
xizmat  ko’rsatish,  boshqarish,  rejalashtirish  va  boshqa  ijtimoiy  zarur  vazifalarni  amalga  oshiradigan 
tarmoqlar  kiradi.  Bu  soha  kishilarning  mehnat  sharoitini,  turmushini  yaxshilashga    xalqning 
farovonligini yuksaltirishga katta ta’sir ko’rsatadi.  
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining asosi og’ir  sanoat bo’lib, u ishlab chiqarish vositalarining 
(materiallar,  mashinalar,  asbob  –  uskunalar,  jihozlarning)  ishlab  chiqarilishini    ta’minlaydi.  Aholi 
uchun  madaniy  –  maishiy  va  xo’jalikka  mo’ljallangan  xilma-xil  tovarlarni  tayyorlash  bilan  asosiy 
mahsulot chiqarishdan tashqari sanoatning istisnosiz barcha tarmoqlari shug’ullanadi.  
Qishloq xo’jaligi sanoati xom ashyo bilan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. U 
o’simlikshunoslik    (dalachilik,  sabzavotchilik,  mevachilik,  yem  –  xashak  tayyorlash  va  hokazolar) 
hamda chorvachilik (qoramolchilik, qoychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar) ni o’z ichiga 
oladi.  
Qurulishning  vazifasi  ishlab  chiqarish  binolari,  inshootlar,  turar  joylar,  yo’llar,  kasalxonalar, 
maktablar va boshqa obektlarni qurish hamda qayta ta’mirlashdir. Transport, sanoat, qishloq xo’jaligi 
va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi.  
Transport iqtisodiyot tarmoqlari va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini uzluksiz hamda 
o’z vaqtida ta’minlaydi.  
Aloqa  jamiyatning  ishlab  chiqarish  –  xo’jalik  faoliyatida,  axolining  madaniy  –  maishiy 
ehtiyojlarini  qondirishda  muhim  ro’l  oynaydi.  U  axborotlarning  uzatilishini  ta’minlaydi  va  pochta, 
telefon, radio, televideniyeni o’z ichiga oladi.  
Iqtisodiyot tarmoqlari tuzilmasi to’xtovsiz takomillashmoqda. Masalan sanoatda energetika va 
mashinasozlikning yangi tarmoqlari vujudga kelmoqda.  
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishi uning tarmoqlari strukturasini 
takomillashtirish  –  tarmoqlararo  komplekslarni  vujudga  keltirishdir.  Bunday  komplekslarning  bir 
necha turlari bor.  
Mashinasozlik kompleksi mamlakat iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini mehnat vositalari bilan 
ta’minlaydi, shunga ko’ra ularning rivojlanish sur’atini  va ishlab chiqarish samaradorligini ham ko’p 
darajada  belgilaydi.  Bu  kompleksga  energetika,  og’ir  mashinasozlik  va  transport,  kimyo  va  neft, 
qurilish,  yo’l  va  xizmat  ko’rsatish  mashinasozligi,  stanoksozlik  va  asbobsozlik,  elektrotexnika, 
elektron sanoat, asbobsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.  
Mashinasozlik  kompleksini,  birinchi  navbatda  dastgohsozlik,  hisoblash  texnikasi,  ishlab 
chiqarish,  asbobsozlik  kabi  tarmoqlarni,  elektrotexnika  va  elektron  sanoatni  jadal  rivojlantirish 
mo’ljallangan. Fan-texnika taraqqiyoti eng avval mana shularning rivojlanish darajasida bog’liqdir.  
Konstruksion  materiallar  ishlab  chiqarish  kompleksiga  qora  va  rangli  metallurgiya,  kimyo  va 
neft-kimyo, o’rmon, selyuloza qog’oz va yog’ochni qayta ishlash qurilish materiallari sanoati kiradi.  
Yoqilg’i  –  energetika  kompleksi  o’zaro  bog’liq  tarmoqlar  (ko’mir,  gaz,  neft,  neftni  qayta 
ishlash  sanoati,  elektr  energetika),  korxonalar,  qurulma  va  inshootlardan  iborat  bo’lib,  ular  yoqilg’i 
energetika  resurslari  (ko’mir,  gaz,  neft  va  boshqalar)  ni  qazib  olish,  tashish,  qayta  ishlash,  elektr 
energiyasi ishlab chiqarish va uni istemolchilarga yetkazish imkonini beradi.  



 
Agrosanoat kompleksi – tarmoqlararo murakkab ishlab chiqarish – iqtisodiy tizim bo’lib, uchta 
asosiy sohani o’z ichiga oladi. Birinchisi – ishlab chiqarish vositalari unga traktor va qishloq xo’jalik 
mashinasozligi,  chorvachilik    va  yem  –  xashak  tayyorlash  mashinasozligi,  yengil  va  oziq  –  ovqat 
sanoati mashinasozligi, kombikorm va mikrobiologiya sanoati hamda sanoatning boshqa turlari kiradi.  
Ikkinchisi  –  bevosita  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqaishi  (o’simlikshunoslik  va  chorvachilik  tarmoqlari, 
agrokimyo  hamda  veterinariya  –  sanitariya  xizmati,  mehnatkashlarning  yordamchi  xo’jaliklari). 
Uchunchisi  –  qishloq  xo’jalik  xom  ashyolarini  (oziq  –  ovqat,  go’sht-sut,  un-yorma  va  hokazolar)  ni 
tayyorlash,  saqlash  va  qayta  ishlashni  ta’minlaydigan  ishlab  chiqarish  tarmoqlari,  shuningdek, 
maxsulotlarni realizatsiya qilish bilan bog’liq tashkilotlar. Agrosanoat kompleksining asosiy vazifalari 
qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini  uzluksiz o’stirishga erishish, mamlakatni oziq-ovqat  maxsulotlari 
va qishloq xo’jalik xom ashyolari bilan ishonchli ta’minlashdir.  
Mamlakatimiz  iqtisodiyot  tarmoqlarining  o’zaro  bog’liq  hamda  moddiy  boyliklarni  ishlab 
chiqarish,  taqsimlash,  ayiraboshlash  va  istemol  qilish  jarayonlarida  o’zaro  yordamlashadigan  barcha 
tarmoqlari iqtisodiyot tarmoqlari kompleksiga birlashgan.   
Yoqilg’i-energetika  kompleksini  samaraliroq  rivojlantirish  metallurgiyada  va  konstruksion 
materiallar ishlab chiqariladigan boshqa tarmoqlarda chuqur sifat o’zgarishlarini ta’minlash zarur.  
Agrosanoat  kompleksi  tarmoqlarini  jadal  va  mos  holda  rivojlantirish,  qishloq  xo’jaligining  
sanoat  bazaga  o’tishini  tugallash,  barcha  qishloq  xo’jalik  ekinlari  hosildorligini  va  chorvachilik 
mahsuldorligini  ancha  o’stirishga  erishish,  qishloq  xo’jalik  ishlab  chiqarishining  barqarorligini 
ta’minlash mo’ljallangan.  
Yengil  sanoatni  va  bevosita  aholi  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  ishlaydigan  tarmoqlarni, 
transport va aloqani jadal rivojlantirish lozim.  

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish