Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti agrologistika va biznes fakulteti «agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar» kafedrasi



Download 78,98 Kb.
bet1/11
Sana21.02.2023
Hajmi78,98 Kb.
#913429
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oxirgi-3-kurs amaliyot (asosiy)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI


AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI
«AGROBIZNES, BUXGALTERIYA HISOBI VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR» KAFEDRASI
5230900 - « Buxgalteriya hisobi va audit » ta’lim yo’nalishi
3-kurs talabalari ishlab chiqarish texnologik amaliyoti uchun


D A S T U R

Termiz -2022 y.


5230900 - « Buxgalteriya hisobi va audit » ta’lim yo’nalishi
3-kurs talabalari ishlab chiqarish texnologik amaliyoti uchun


DASTUR

Tuzuvchi: B.Ch.Rahmatullayev


Taqrizchi: A.A.Avliyakulov. i.f.n. dots.


Ushbu dastur “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining 2022 yil ____-_____dagi № ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilib, Agrologistika va biznes fakulteti Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: ____________ B.Ch.Rahmatullayev
Mazkur dastur Agrologistika va biznes fakul`teti Kengashining 2022 yil “___” _________dagi “___” - sonli majlisida muhokama qilinib institut O’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Fakultet Kengashi raisi:_____________ Avliyakulov A.
Ushbu dastur Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
Kengashining 2022 yil “_______” _________ dagi _______ – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlariga o’ziga xos va mos ravishda shakllangan “Harakatlar strategiyasi”dagi dasturlar asosida bosqichma- bosqich erishib kelinmoqda.


Ushbu rivojlanish bosqichlarida ta’limga nisbatan ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili va muqarrar sharti, jamiyatning eng muhim qadriyati, asosiy boyligi sifatida yondashildi.
Shu bois mazkur dastur “Ta’lim to’g’risida” gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda 5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartiga hamda “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish texnologik amaliyoti haqidagi Nizom”ga (OO’MTV 1998 yil 30 oktyabr` 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan) asosan ishlab chiqildi.
Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lashdek dolzarb masalalardan biridir.
Mutaxassislik fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo’lib yetishishda ishlab chiqarish texnologik amaliyotining o’rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga yosh iqtisodchi - mutaxassislarni real malaka sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida “Agrobiznes va investitsion faoliyat” ta’lim yo’nalishi bo’yicha 4-kurs talabalari ishlab chiqarish texnologik amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.
5230900 – “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalarining ishlab chiqarish texnologik amaliyoti 5-semestrda, umumiy amaliyot davri ____ hafta bo’lib, haftasiga ____kun, har bir kunda ____ soatdan amaliyot mashqlari, qolgan soatda talaba o’z mustaqil faoliyatini rejalashtirishi talab etiladi. Talaba ishlab chiqarish texnologik amaliyotini tashkil etish bo’yicha kalendar rejasiga muvofiq har bir mavzu va undagi topshiriqlarga ajratilgan soatlar amaliyot uchun universitetdagi ishlab chiqarish texnologik amaliyot rahbari tomonidan aniqlanishi va kafedra mudiri tomonidan ma’qullanishi maqsadga muvofiq. Shular bilan bir qatorda amaliyot joyidagi korxona, tashkilot yoki muassasa rahbari bo’yrug’i bilan tayinlangan amaliyot rahbari bilan uzviy bog’langan holda mazkur dastur va ko’rsatma asosida amaliyotni amalga oshirish qat’iy talab etiladi.


I.Umumiy qoidalar

Ushbu dastur O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ishlab chiqarish texnologik amaliyoti hakida Nizom”ga asosan ishlab chiqildi va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida “Buxgalteriya hisobi va audit” ta`lim yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga ishlab chiqarish texnologik amaliyoti uchun tavsiya etiladi.


Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektorining “Ishlab chiqarish texnologik amaliyotini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’iga asosan amaliyotga “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining belgilangan professor - o’qituvchilari rahbarlik qiladilar. Bunda umumiy rahbarlik “Agrobiznes, buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiri zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot joyida ishlab chiqarish texnologik amaliyoti rahbarlari bo’lib korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining bo’yrug’i asosida tayinlangan yetakchi mutaxassislar, bo’lim boshliqlari bo’lishi mumkin.
ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK AMALIYOTINING BOSH MAQSADI

Download 78,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish