Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


ishsizlik nafaqasining to‘lanishi



Download 1,34 Mb.
bet14/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

ishsizlik nafaqasining to‘lanishi;
mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash,
qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davr umumiy mehnat stajiga qo‘shilishi;
ishsiz shaxslarga, qaramog‘idagilarni hisobga olgan xolda, moddiy yordam berilishi;
xaq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatini yaratish; mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko‘chish bilan bog‘liq harajatlarning qoplanishi.
Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to‘lanadigan ja­moat ishlarida ishtirok etgan taqdirdagina tayinlanadi. Jamoat ishlarida ishtirok etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Mehnat kodeksining 89, 98, 100-moddasining 1,2,6-bandlarida va 106-moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan ishsiz shaxslarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan bo‘lsa, kodeksning 67-moddasiga muvofiq ularga shu muddat tugagandan keyin birinchi kunidan boshlab ishsizlik nafaqasi to‘lanadi. Buning uchun ular mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyingi un kun muddat ichida mehnat organ­larida ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart. Aksincha, ular o‘n kun ichida ro‘yxatdan o‘tmagan va ularga maqbul keladigan ish topib berilmagan bo‘lsa, ishsizlik nafaqasi mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan keyingi ikki oy muddatidan erta tayinlanmaydi. Ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organida belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga umumiy qoidaga ko‘ra, ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan mahrum bo‘lgan) yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxs­larga o‘n ikki oylik davr mobaynida 26 kalendar hafta; ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan shaxslarga o‘n ikki oylik davr mobaynida 13 kalendar hafta davomida to‘lanadi.
Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organida yo‘qlamadan o‘ti­shi kerak. Ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxs mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi bo‘yicha kasb tayyorgarligi, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, malakasini oshirishga yuborilgan davrda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi va o‘qish tugagandan keyin, agar u ishga joylashtirilmagan bo‘lsa, o‘qish tugagan kundan e’tiboran nafaqa yana to‘lana boshlaydi. Bu qoida ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan yoki ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolanishni o‘tayotgan hollarda ham tadbiq etiladi.
Mehnat kodeksining 28-moddasida ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash tartibi ko‘rsatilgan. qoidaga ko‘ra, ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joydagi oxirgi bir yillik ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa xollarda ishsizlik nafaqasi qonun xujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish