Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


Aholini ish bilan ta’minlashni huquqiy jihatdan tartibga solish



Download 1,34 Mb.
bet12/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

Aholini ish bilan ta’minlashni huquqiy jihatdan tartibga solish.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining eng dolzarb muammolaridan biri mehnat bozorini shakllantirish, mehnatga qobiliyatli aholini ish bilan ta’minlash masalasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustaxkamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida «Ijtimoiy himoya yili» Davlat dasturiga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvni yanada kuchaytirish, kam taminlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab - quvallashni ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va xaq to‘lash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalarning moddiy-tenika bazasini mustahkamlash maqsadida:
2007 yilning 1 sentyabridan: davlat byujetidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hajmini, ayni vaqtda uni tayinlash va to‘lash muddatini 6 oygacha uzaytirgan holda, 1,5 baravargacha; «Muruvvat» bolalar internet-uylarida tarbiyachilari, o‘quv-yordamchi xodimlari va sanitar-enagalarining ish xaqi, ayni vaqtda bir tarbiyachi uchun me’yorini 15-18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirgan holda stavkalari tarif setkasi bo‘yicha bir razryadgacha ko‘tarish hisobidan; bolalar, qariyalar va nogironlar «Muruvvat» va «Sahovat» internet-uylarida, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat fahriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari va uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati xodimlari moddiy rag‘batlantirish fondi miqdori mehnatiga haq to‘lash fondi hisobidan 25 foizgacha oshirilishi ko‘rsatilgan.
Amaldagi qonunchilikda davlat boshqaruv organlarining aholining ish bilan ta’minlash sohasidagi vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgan. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari vakolatlari quyidagilardan iborat:

  • mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi tuzilmaviy, moliyaviy, kredit, investitsiya va soliq siyosatini amalga oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi;

  • iktisodiyot tuzilishini tahlil etadi, mehnat bozori xolati hamda aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi ahvolining istiqbolini belgilaydi, bu sohada davlat statistika hisobi va hisobotini yuritadi;

  • aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • fuqarolarni ish bilan ta’minlash sohasidagi huquqlari va qonunniy manfaatlari davlat tomonidan kafolatlanishini va himoya etilishini ta’minlaydi;

  • qo‘shimcha ish joylarining yaratilishiga, mehnat sharoitlarining yaxshilanishiga ko‘maklashadi;

  • qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish hamda fuqarolarga tegishli kafolatlarni ta’minlash Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning mahalliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) bo‘limlari, shuningdek vazirlik va uning hududiy bo‘limlariga qarashli boshqa tashkilotlar, mehnat va Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining yagona tizimini tashkil etadi. Vazirlik o‘ziga tegishli masalalarni hal etishda yuqorida tilga olingan barcha organlar faoliyatini yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning farmoni bilan vazirlik zimmasiga mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash sohasida bir-qancha vazifalar yuklatilgan Ular qatorida:
makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda res­publika va hududlarning demografik rivojlanish prognozlarini, aholini ish bilan samarali ta’minlash chora-tadbirlari kompleksi asoslangan, mehnat resurslarining prognoz balanslarini ishlab chiqish;
Respublika va hududlarning mehnat resurslari miqdori va tarkibini o‘rganadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflar ish­lab chiqish;
qishloq tumanlarida va aholi punktlarida mehnat bozori holatining monitoringini tashkil etish;
migratsiya jarayonlarini o‘rganadi, tashqi mehnat migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda kasb-xunar ta’lim o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishini tadqiq etadi hamda ular asosida ishchi kadrlar va o‘quv yurtlarida mutaxassislarning kasbga tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
tegishli mutaxassislarga talab va taklif balansi asosida hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar va mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda malakali ishchi kadrlar va mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi; xodimlarni va aholining boshqa toifasiga aloqador kishilarni ishga joylashtirish, shuningdek bo‘sh ish joylari bo‘yicha axborot to‘plashnishi va tahlil etilishini tashkil kilish va boshqalar.
Qonunda mahalliy mehnat organlarining vazifalari ham belgilab qo‘yilgan. Mahalliy mehnat organlari: fuqarolarga mos keladigan ishni tanlashda, korxona, muassasa va tashkilotlar hamda boshqa ish beruvchilarga zarur xodimlarni tan­lashda yordam beradi; mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolar va ish beruvchi­larga ish topish va ishchi kuchi bilan ta’minlanish imkoniyatlari to‘g‘risida, xodimlarga nisbatan qo‘yilayotgan talablar haqida hamda ish bilan ta’minlashga ta’lluqli boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar beradi; ishlamayotgan fuqarolarni kasbga o‘rgatish, qayta o‘rgatish va malakasini oshirish to‘g‘risida o‘quv yurtlari, korxona, muassasa va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi; ishsiz shaxslarni ro‘yxatga olishni ta’minlaydi va ularga yor­dam ko‘rsatadi, shu jumladan nafaqalar tayinlash va to‘lashni amalga oshiradi; mehnat bozorining xolatiga va uni rivojlantirish istiqbollariga barham beradi va monitoringini tashkil etadi hamda tegishli axborot tarqatilishini ta’minlaydi; bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) hamda ish qidirib murojaat qilgan fuqarolar hisobini yuritadi; davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridan ularning yo‘nalishi va ixtisoslashuvi, bitiruvchilar kasb-malaka tarkibi va soni to‘g‘risida axborotlar; mehnat organlariga murojaat etgan fuqarolarni kasb tayyorgarligi va malaka darajasiga muvofiq korxona, muassasa va tashkilotlarga, ularda bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) bo‘lgan taqdirda, ishga joylashtirish uchun yuboradi va boshqa vazifalarni bajaradi.
Ishsiz fuqarolarning o‘z hohishiga ko‘ra ularni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda jo‘natadi. Bunda: ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etadi; fuqarolarga ishsizlik nafaqasini belgilangan tartibda tayinlanadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi; mehnat organlari tomonidan aholiga, korxona, muassasa va tashkilotlarga hamda boshqa ish beruvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar shu jumladan mehnat bozori xolati to‘g‘risida axborot berish bepul amalga oshiriladi ( qonunning 16- moddasi).
Qonunga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga ham aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasida keng vakolatlar berilgan (qonunning 17-moddasi).
SHuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jamoa kelishuvlari bilan qonunga zid bo‘lmagan, fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytiruvchi maqbul keladigan ish taklif etish, ishsizlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatga olishning boshqa shartlari va tartibi, shu jumladan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ishsizlik nafaqalarini to‘lash muddatlarini uzaytirish va miqdorini oshirish, jamoat ishlaridagi mehnatga haq to‘lash, kasbga o‘qitish davrida stipendiya to‘lash nazarda tutilishi mumkin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ra­vishda ishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni olti oygacha muddatga to‘xtatib qo‘yishi mumkin, bunda ular ana shu kechiktirish tufayli korxona, muassasa va tashkilotlar ko‘radigan zararni qisman yoki to‘liq qoplaydi.
Mahalliy davlat organlari aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 24 iyundagi 310-sonli qarori bilan tasdiqlangan (xukumatning 1998 yil 23 iyuldagi qarori bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan) tartibga asosan ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Kasaba uyushmasi va xodimlar boshqa vakillik organining aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdagi ishtiroki aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosati masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ular mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ish beruvchilarga aholini ish bilan ta’minlash va uning ijtimoiy kafolatlariga oid masalalar yuzasidan o‘zaro maslahatlar o‘tkazish haqida takliflar kiritadi.
Mazkur qonunga binoan, aholini ish bilan ta’minlash siyosatini belgilash va amalga oshirish bo‘yicha kelishilgan qarorlarni ish­lab chiqish maqsadida mahalliy va Respublika miqyosida aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi muvofiqlashtirish qo‘mitalari tuziladi. Bu qo‘mitalar kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa va­killik organi, ish beruvchilar uyushmasi, davlat boshqaruvi organi va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini ifodalovchi va boshqalar.
Aytish joizki, qonun xujjatlarida ish beruvchilar tomonidan ma’lumot va axborotlarni mehnat organlariga o‘z vaqtida takdim etish tartibi belgilangan. Bu tartib 1999 yil 29 noyabrda tasdiqlanib, Adliya vazirligida 1999 yil 22 dekabrda 585-sonli raqam bilan dav­lat ro‘yxatidan o‘tkazilgan "Mehnat organlariga bo‘sh ish joylarining (vakant lavozimlar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va bo‘shatilishi mo‘ljallanayotgan xodimlar haqidagi axborotni taq­dim qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, ish beruvchi mehnat organiga mavjud bo‘sh ish joylari haqida har oyda ma’lumot berishi, shuningdek, ikki oydan kechiktirmasdan mehnat organiga bo‘shatilishi mo‘ljallanayotgan har bir xodim to‘g‘risida axborot berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 iyuldagi 353-sonli qarori bilan "Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida"gi nizom tasdikdanib, shunday ishlarning namunaviy ro‘yxati belgilangan. Mehnat kodeksining 22-moddasiga ko‘ra, haq to‘lanadigan jamoat ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari, mehnat organlarining taklifiga ko‘ra va ularning ishtirokida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘z xududidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida boshqa korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etiladi.
Mehnat organlarida ro‘yhatga olingan va ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolar bilan haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun keyinchalik ikki oygacha muddatga uzaytirish huquqi bilan muddatli mehnat shartnomalari tuziladi.
Jamoat ishlarini bajarish chog‘ida fuqarolarga bajarilayotgan ishiga qarab, o‘n besh foizga oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam bo‘lmagan mikdorda haq to‘lash, ana shu ishlar muddatini umumiy mehnat stajiga qo‘shish, pensiya ta’minoti va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari olish huquqi kafolatlanadi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish va moliyalash fuqarolarga to‘lanadigan ish haqining kamida 50 foyizi korxona, muassa­sa va tashkilotlar mablag‘lari hisobidan, qolgan qismi esa mahalliy byudjet va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:

  • ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida ro‘yxatga olingan fuqarolarning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

  • mehnat organlari tomonidan ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo‘lma­gan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish;

  • turli sabablarga ko‘ra, kasb faoliyatida ancha uzilishlar bo‘lgan shaxslarni (ilgari bolalar tarbiyasi, bemorlar va oilaning keksa a’zolarini parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lgan, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilingan va boshqalar) mehnatga qayta tiklash;

  • ijtimoiy va iktisodiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarini ishchi kuchi bilai ta’minlash.

Nizomga muvofiq:
a) mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, qaramog‘ida uch kishidan kam boqimandasi bo‘lgan 35 yoshgacha bo‘lgan ishsiz erkaklarning ishsizlik nafaqasini olish davrida hamda ishsizlik nafaqasini olish vaqti tugagandan keyin haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishi ixtiyoriy hisoblanadi;
b) ixtiyoriy tartibda ishsizlarning boshqa toifalari, shuningdek mehnat organlarida ish qidirayotganlar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishi mumkin. Bu shaxslar mahalliy mexnat organlari yo‘llanmasi bo‘yicha jamoat ishla­rida qatnashadi.
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 18 maydagi 223-sonli qarori bilan vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari tashkil etilgan va shu qaror bilan mazkur markaz to‘g‘risida namunaviy nizom tasdiklangan.
Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ij­timoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasida mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish shahar (tuman) bo‘limi xuzurida fuqarolarning vaqtincha bir martalik mehnat faoliyatini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan.
Nizomning 15-moddasiga ko‘ra, O‘zbekistan Respublikasi xududida ta’qiqlangan faoliyat turlariga kiritilgan vaqtincha bir marta­lik ishlarni bajarish uchun 16 yoshga to‘lmagan shaxslarni bunday ishlarga mustaqil ravishda yollashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nizomga ko‘ra, markazni barpo etish va uni joriy ta’minlash xarajatlari ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Vaqtincha bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga, shuningdek ish beruvchi xususiy shaxslarga markaz tomonidan bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Ma’lumki, mehnat qonunchiligida ishga joylashtirishning ikki turdagi (umumiy va maxsus) tashkiliy-huquqiy shakli mavjud. Umumiy tartibda ishga joylashtirish - bu fuqarolarning bevosita ish beruvchiga murojaat qilishi orqali mustaqil ravishda yoki mahalliy mehnat organlarining yordami orqali ish bilan ta’minlanishdir. Ishga joylashtirishning maxsus tartibi shundan iboratki, bunda qonunda nazarda tutilgan fuqarolar, ish joylari bronlashtirilgan, o‘quv yurtlarini tugatgan shaxslar qonunga muvofiq o‘zlari uchun ajratilgan ish joylariga mehnat organining va boshqa organlar yo‘llanmasi asosida ishga joylashadi.
Muhimi shundaki, maxsus tartibda ishga joylashtirish uchun tegishli organlar tomonidan beriladigan yo‘llanmalar yuridik kuchga ega. Misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 sentyabrdagi 360-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risida"gi nizomni keltirish mumkin.
Ish qidiruvchilarni ro‘yxatga olish mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish maqsadida amalga oshiriladi. Fuqarolarni mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olish va ishsiz shaxs deb e’tirof etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 1999 yil 30 avgustda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999 yil 13 oktyabrda 833-sonli raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan "Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash to‘g‘risida"gi Nizomda belgilab qo‘yilgan. Mazkur Nizomga muvofiq; ish qidiruvchi shaxs sifatida mehnat organlariga murojaat qilgan, mehnat qilishga, qayta tayyorgarlikdan o‘tishga va malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan 16 yoshdan oshgan fuqarolar, ya’ni:

  • ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmaganlar;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 98 va 100-mod-dalarida qo‘rsatilgan hollarda ular bilan mehnat shartnomalari bekor qilinishi mumkin bo‘lgan fuqarolar (Mehnat kodeksining 102-moddasiga muvofiq xabardor qilingan shaxslar);

  • TMEK xulosasiga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan nogironlar;

  • yoshidan qat’i nazar mehnat faoliyatini qaytadan boshlashni istagan pensionerlar;

  • ish o‘rnini, kasbini o‘zgartirish istagini bildirgan mehnatga qobiliyatli fuqarolar;

  • ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa to-ifalari ro‘yxatga olinishi mumkin. Ushbu Nizomning 80-bandida ko‘rsa­tilgan sabablar mavjud bo‘lganida ish qidiruvchi shaxslar mehnat organlaridagi ro‘yxatdan chiqariladi. Ammo ular 30 kalendar kundan keyin takroran ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega.

Ta’kidlash joizki, qonunda qanday hollarda ishsiz deb e’tirof etish aniq ko‘rsatilgan. 16 yoshdan boshlab, pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo‘lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishga, malakasini oshirishga tayyor, mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi. Bu haqda maxalliy mehnat organi tomonidan, ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran 11 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. SHu bilan birga, mehnat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kun ichida taklif etilgan maqbul keladigan ishni ikki marta, shuningdek uzrsiz sabablarga ko‘ra rad etgan hamda shu muddat ichida mehnat organlariga kelmagan shaxslar ishsiz deb e’tirof etilmaydi. Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarlik talab qilmaydigan ish, agarda bunday ish topib berish imkoniyati bo‘lmasa, ularning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan xolda, haq to‘lanadigan boshqa, shu jumladan, vaqtincha ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligiga mos bo‘lgan, yoshi, sog‘ligi, mehnat staji va avvalgi mutaxassisligi bo‘yicha tajribasi, yangi ish joyining transportda qatnash qulayligi inobatga olingan ish maqbul keladigan ish hisoblanadi. Agar ish, yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq yoki yashash joyidan ancha uzoq va transportda qatnash jihatidan noqulay bo‘lsa, taklif etilgan ish maqbul keladigan ish deb hisoblanmaydi. SHuningdek taklif etilgan ishda ish haqi shu mutaxassislik va malaka uchun belgilangan tartibda o‘rnatilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa va ishni rad etish uzrli sabablar bilan asoslangan bo‘lsa, bunday xollarda ham u maqbul keladigan ish deb hisoblanmaydi.
Mazkur Nizomga muvofiq maqbul keladigan ishning necha marta taklif etilishi, uning davriy muddatlari va ish qidirayotgan shaxsga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilishi chegaralanmaydi. Ayni vaqtda, bir xil ishni ikki marta taklif etishga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek korxonada bo‘sh ish o‘rni (vakansiyaning) mavjudligini tasdiqlovchi axborot olinmagan taqdirda ham bu erda ishlash uchun ish taklif qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishga joylashtirish uchun yo‘llanma olgan shaxs uch kunlik muddat ichida korxonaga murojaat qilmog‘i lozim va u ishga qabul qilingan taqdirda, bu haqda 5 kun ichida mahalliy mehnat organiga korxona tomonidan xabarnoma yuboradi.
Ishga joylashtirish ish qidiruvchi yoki ish beruvchi tomonidan rad etilgan taqdirda, mahalliy mehnat organiga bu haqda xabar qilinishi lozim. 2007 yil 22-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholining ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Farmon qabul qildi. Bu Farmonda aholining bandligiga ko‘maklashish markazlari, “amaldagi mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limlari” o‘rniga tuzilganligi bildirilgan. Endi aholini ish bilan ta’minlashda yanada jadal ish olib borilishi maqsad qilib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 maydagi 106-sonli “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholi sonini hisoblab chiqish tartibi ko‘rsatilgan: mehnat bilan band bo‘lganlar sonini aniqlash; rasmiy sektorga band bo‘lganlar sonini aniqlash va hisoblab chiqish; mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar sonini aniqlash; iqtisodiy faol bo‘lmagan aholii sonini aniqlash; aholining mehnat bilan bandligini o‘rganish tartibi; mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish; mehnat resuslarining hisob-kitob balansi; mehnat resuslarining prognoz balansini o‘rganish.
Bundan tashqari pensiyaning turidan qat’i nazar, pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan va kasb­ga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishga muhtoj bo‘lsa, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mumkin.
Korxonalarning tugatilishi, qayta tashkil etilishi, xodimlar sonining qisqartirilishi tufayli bo‘shatilayotgan xodimlarning kasb ta’limi, ularning hohishiga muvofiq tizimning istalgan o‘quv bazasida tashkil qilinishi mumkin. Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish tizimini boshqarish va boshqalar.
Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ular­ning masalakasini oshirish kurslarida hamda yakka tartibda tash­kil qilinadi. YAkka tartibda o‘qitish turlaridan biriga ishlarni milliy hunarmandchilik kasblariga "ustoz-shogird" usulida o‘rgatish ham kiradi.
Milliy va badiiy hunarmandchilik kasblariga o‘rgatish faqat "hunarmand" uyushmasiga a’zo bo‘lgan ustalar hamda soliq organlarida ro‘yxatga olingan, ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘layotgan, yakka tar­tibda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor ustalar maktablarida amalga oshiriladi.
Ishsiz shaxslar jumlasiga kiritilgan fuqarolarning kasbga tayyorlash muddati olti oydan oshmasligi kerak.
Ishsiz shaxslarga ularning mavjud kasbi va malaka darajasiga mos keladigan ma’lum ish taklif qilinmagan yoxud ular mehnat bozori talablariga muvofiq o‘z kasbini o‘zgartirish istagini bildirmagan yoki avvalgi malakasi bo‘yicha ish bajarish qobiliyatini yo‘qotgan taqdirdagina, ularni qayta o‘qitish tashkil etiladi. O‘quv muddati o‘quv markazlari, korxonalarning o‘quv bo‘linmalari bilan kelishgan holda belgilanadi.
Mehnat bo‘limlarining yo‘llanmasi bo‘yicha yuborilgan ishsiz mu-taxassislarni qayta tayyorlash oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari (aka­demik litseylar) qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi o‘quv yurtlarida yangi (turdosh) ixtisoslarni egallash maqsadida tashkil qilinadi.
Mazkur mehnat bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlashni moliyaviy jihatdan ta’minlash ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish