Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


Qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa mikdori 10 foizga oshiriladi



Download 1,34 Mb.
bet15/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

Qaramog‘ida 16 yoshga to‘lmagan bolalari va boshqa kishilar bo‘lgan ishsiz shaxslarga nafaqa mikdori 10 foizga oshiriladi.
Ish haqiga koeffitsentlar belgilangan hududlarda yashovchi shaxs­larga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdori ularning shu hudud­larda yashagan davri uchun shu joydagi noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsentni qo‘llagan xolda belgi­lanadi.
Ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan ishsizlik nafaqasining mikdori qonunchilikda ko‘rsatib o‘tilgan. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining 50 foyizi mikdorida belgilanadi, ammo u qonun xujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmasligi va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortib ketmasligi lozim.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar vazirligi va Milliy havfsizlik xizmati organlaridan bo‘shatilgan hamda mahalliy davlat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun xujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi mikdori darajasida tayinlanadi (mazkur qonunning 30-moddasi).
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun xujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida 75 foizi miqdorida nafaqa to‘lanadi. Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga nafaqa quyidagi miqdorda to‘lanadi: mutaxassisligi bo‘lgan, shuningdek 12 oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga o‘qitishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, qonun xujjatlarida belgilan­gan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda; boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxs­larga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tay­yorlash va malakasini oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, eng kam ish haqining 75 foizi miqdorida nafaqa to‘lanadi. Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarlikdan o‘tgach, malaka oshirishni tugatganidan keyin eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan mikdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega (MKning 33-moddasi).
Ta’kidlash joizki, eng kam ish haqining mikdori oshirilganda olinadigan ishsizlik nafaqasining miqdori qonunda belgilangan eng kam ish haqi mikdorigacha oshiriladi. Ishsizlik nafaqasi soliqqa tortilmaydi. Ishsizlik nafaqasini olayotgan ishsizlardan sud qarori bilan barcha ushlab qolish turlari: aliment, etkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishsizlik nafaqasini tayinlash bilan bog‘lik nizolar yuqori tashkilotlar tomonidan, ishsiz shaxs norozi bo‘lsa, sud qarori asosida hal etiladi. Ma’lumki, ishsiz shaxslarning qaramog‘idagi oila a’zolariga mod­diy yordam berish, ishsizlik nafaqasining to‘lash muddati tugagan hollarda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish shakllaridan biri hisoblanadi. Bu kabi moddiy yordam mahalliy mehnat organlari tomonidan, yuqorida aytilganidek, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Nizomning 4-bandida moddiy yordam olishda quyidagi shaxslarning ustunlik huquqi ko‘rsatilgan: qaramog‘ida nogironlar bo‘lgan ishsiz shaxslar; yolg‘iz bo‘lgan yoki 4 ta va undan ortiq 16 yoshga to‘lmagan bolalarni tarbiyalayotgan ishsiz ota-onalar; Mehnat kodeksining 100-moddasi 1-bandi bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilinganligi sababli ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan ayollarga tuqqaniga qadar va tuqqanidan keyingi davrda Mehnat kodek­sining 233-moddasida nazarda tutilgan muddatlar, shuningdek 30 kalendar kunidan ortiq davom etayotgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida; statsionarlarda davolanishda bo‘lgan ishsiz shaxslar; ishsiz shaxslarga moddiy yordam, jamoat transportida yurish uchun, statsionar davolanish muassasasida ovqatlanish qiymati ishsiz shaxslarning o‘ziga, ayrim hollarda qaramog‘idagi oila a’zolariga, uy-joy kommunal xizmati uchun ishsiz shaxsning o‘zi yoki oila a’zolarining vafotiga ta’lluqli marosim xizmatlari uchun, boshqa ob’ektiv zaruratlar bilan bog‘liq harajatlarni qoplash maqsadida beriladi.
Quyidagi hollarda ishsizlik nafaqasini to‘lash bekor qilinadi: ishsiz shaxs ishga joylashganda, ishsiz shaxs taklif qilingan ma’qul keladigan ishni ikki marta rad etgan taqdirda:
qarmog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkak haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishni rad etgan taqdirda;
ishsiz shaxs qonun xujjatlariga muvofiq, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lgan taqdirda;
ishsiz shaxs sudning hukmi bilan qamoq yoki ozodlikdan mahrum etish tariqasida jazoga hukm etilgan taqdirda;
ishsizlik nafaqasini olib turgan davrda mahalliy mehnat organini xabardor qilmay, vaqtincha bajariladigan ishga joylashgan taqdirda;
ishsizlik nafaqasini aldov yo‘li bilan olgan taqdirda; ishsiz shaxs vafot etgan taqdirda.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish