Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti «iqtisodiyot»



Download 0,68 Mb.
bet5/14
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#269548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Amaliyot dasturi I-3-kurs1904

Amaliyot ob’ekti rahbari bo’yrug’i bilan amaliyotchi talabaga biriktirilgan tajribali mutaxassislar rahbarlik qiladi va quyidagi vazifalar yuklatiladi hamda amalga oshiradi:

  • Amaliyot ob’ektiga kirish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma xujjatlarini rasmiylashtirish;

  • Talabaning amaliyotni o’tashi to’g’risida buyruq rasmiylashtirish (buyruqdan ko’chirma amaliyot hisobotiga ilova qilinadi);

  • Amaliyot ob’ekti xususiyatlarini xisobga olgan holda amaliyot tadbirlari rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshrishda talabaga amaliy yordam ko’rsatish;

  • Amaliyotchi talabani qabul qilgan tashkilot, korxona, muassasa ichki tartib qoidalari, ish yuritishi tartiblari bo’yicha huquqiy-me’yoriy xujjatlar bilan tanishishni tashkil etish;

  • Rejalashtirilgan amaliyot chora-tadbirlari talaba tomonidan bajarilishini tashkil etish va doimiy nazorat qilish;

  • Tashkilot va korxonadagi mavjud amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga talabani jalb qilish;

  • Talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini doimiy nazorat qilish, kelgusi topshiriqlarni aniqlashtirish, kundalik yuritishni nazorat qilish va talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholab borish;

  • Talabaning nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasini, uning ishchanligi va psixologik sifatlarini o’rganish;

  • Talabada tanlangan mutaxassisligiga bo’lgan hurmatini va berilgan topshiriqlarga bo’lgan javobgarlikni his etishga, ularni mustaqil ish yuritishga tayyorlash;

  • Talabalar tomonidan kundalikni va amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishni nazorat qilish;

  • Amaliyot tugagandan so’ng talaba amaliyoti bo’yicha hisobotiga amaliyot natijalariga qarab taqriz (tavsifnoma) berish.



Talabada amaliyot bo’yicha ishlarini tartibga soluvchi

quyidagi me’yoriy huquqiy xujjatlar bo’lishi shart:


  1. Universitet tomonidan amaliyot o’tash uchun talabaga berilgan yo’llanma;

  2. Amaliyot bo’yicha dastur va uslubiy ko’rsatma;

  3. Shaxsiy reja (topshiriqnoma);

  4. Amaliyot kundaligi.


Amaliyot o’tishdan avval talaba kuyidagilarni bajarishi shart:


  • Kafedra tomonidan amaliyot masalalari bo’yicha o’tkaziladigan umumiy majlisga belgilangan vaqtida kelish;

  • Dasturga muvofiq amaliyotni o’tash davrida haftaning har shanba kuni kafedraga kelib amaliyot ishlarining yozilishi bo’yicha hisobot berish;

  • Amaliyot rahbaridan amaliyot o’taydigan tashkilotning to’liq rekvizitlari va amaliyot rahbari (F.I.Sh.) ko’rsatilgan yo’llanmani o’z vaqtida olish;

  • Amaliyot dasturi va ko’rsatmadagi topshiriqlarni va materiallarni o’rganib chiqish.


Amaliyot o’tash jarayonida talaba quyidagilarni bajarishi shart:


  • Kalendar ish rejasini tuzish;

  • Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va tashkilotning ichki tartib qoidalariga qat’iyan rioya qilish;

  • Kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan belgilangan muddatlarda bevosita muloqotda bo’lish, tushunmovchiliklar vujudga kelganligi to’g’risida zudlik bilan ushbu tushunmovchilik to’g’risida amaliyot rahbariga xabar berish;

  • Amaliyot o’tiladigan tashkilotning ish faoliyatini tashkil etish bo’yicha huquqiy-me’yoriy xujjatlar, ish vaqti, tashkiliy tuzilmasi va ish yuritishlari bilan tanishish;

  • Amaliyot dasturida ko’rsatilgan rejali tadbirlarga tayyorgarlik ko’rishda va amalga oshirishda faol qatnashish;

  • Amaliyot rahbarining amaliy, kasbiy ish tajribalarini oshirishga taaluqli bo’lgan ayrim xizmat topshiriqlarini (ko’rsatmalarini) bajarish;

  • Tashkilotda belgilangan kun va ish tartibiga rioya kilish;

  • Amaliyot dasturining bajarilishini muntazam ravishda hisobot kundaligini yuritish , hisobotni tuzish uchun materiallar yig’ish.

  • O’z xulosasi va takliflaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish amaliyoti ob’ekti faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi umumiy mulohazalarini bayon etish va uni taqdim qilish.

  • Dasturga muvofiq har bir mavzu yuzasidan hisobotni me’yoriy hujjatlarga asoslanib, ularni ilova qilgan holda amaliyot rahbarlaridan taqrizlar va xulosalar olish, to’liq tayyorlangan hisobotni kafedradan ro’yxatdan o’tkazib himoyaga tayyorgarlik ko’rishdek vazifalar yuklatiladi.

Amaliyot davridagi boshqa holatlar


  • Talaba tomonidan tashkilotning ichki tartib koidalari va mehnat intizomi buzilganda, tashkilot va universi­tet tomonidan biriktirilgan rahbarlarning ko’rsatmalari asosida talaba amaliyot o`tishdan chetlashtirilishi mumkin. Bu to’g’risida fakultet dekani va «Iqtisodiyot» kafedrasi mudiriga xabar kilinadi. Ularning tavsiyasiga binoan universitet rektori talabani talabalar safidan chetlashtirish masalasini ko’rib chiqishi mumkin.

  • Amaliyot dasturi bajarilmaganda, amaliyot bo’yicha hisobotga salbiy taqriz berilganida yoki hisobotni himoya qilishda qoniqarsiz baholanganda talaba amaliyotni qayta o’tashga jo’natilishi mumkin yoki talabalar safidan rektor bo’yrug’i bilan chetlashtiriladi.


AMALIYOT NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH
Amaliyot jarayonida xar bir talaba dastur asosida tuzilgan kalendar rejaga va rahbar tomonidan berilgan shaxsiy topshiriqnomaga mos holda bajargan ishlari to’liq aks ettirilgan «Amaliyot kundaligi»ni amaliyot tugashi bilan tashkilot tomonidan biriktiril­gan rahbar tomonidan tasdiqlanadi va tashkilot muhri bilan muhrlanadi.

Amaliyot kundaligi talabaning haqiqatda amaliyot o’tganligini tasdiqlovchi xujjat bulib, unda amaliyot jarayonida bajarilgan quyidagi ish­lar aks ettiriladi:

  • talaba tomonidan amaliyot dasturi bajarilishi to’g’risidagi belgi qo’yilgan kalendar reja, (kafedra tomonidan biriktirilgan rahbar va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarlar bilan birgalikda tuziladi);

  • talaba tomonidan bajarilgan ish mazmuni, xajmi, muddati, turlari tahlili va unga tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning tasdiqlovchi imzosi;

  • talaba tomonidan o’rganilib chiqilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar to’plami) va me’yoriy-huquqiy hujjatlar (standartlar, uslubiy materiallar va boshqalar) ro’yxati;

  • talaba tomonidan amaliyot bo’yicha berilgan xulosa va takliflari;

  • tashkilot va kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlarining talabaga amaliyot o’tashi bo’yicha berilgan qisqacha tavsifnomasi va bahosi.

  • kundalik va hisobotdagi barcha imzolar amaliyot o’tilgan tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

  • amaliyot tugashi bilan talaba tomonidan dastur asosida o’rganilgan va to’plangan materiallar, statistik ma’lumotlar va me’yoriy xujjatlar nusxalari, ularga qisqacha berilgan fikrlari va tahlillari keltirilgan matnlar ilova qilinib amaliyot bo’yicha hisobot rasmiylashtiriladi.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish