Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 302,95 Kb.
bet1/13
Sana06.04.2022
Hajmi302,95 Kb.
#532164
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA (SIRTQI) TA’LIM YO’NALISHI
3-KURS 1219- GURUH TALABASI
_______________________________NING
ODAM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
MAVZU; TANA HARORATINI BOSHQARILISHI


TOPSHIRDI_____________________


QABUL QILDI___________________


TERMIZ – 2022

MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………….… ..3
I BOB ASOSIY QISM………………………..…………………..……. ..6
1.1 Tana harorati haqida umumiy ma’lumot…..………………….……… 6
1.2 Tana haroratini boshqarilishi…………………………………..…….. 10
1.3 Tana haroratini tartibga solish………………….………………...……15
1.4 Markaziy termoregulyatsiya………….………………………………..18
1.5 Issiqlik ishlab chiqarish mexanizmi…………………………………..22
1.6 Issiqlik uzatish mexanizmlari.…………..…………………………….24
XULOSA………………………………………………..………………. 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………….…………… 28

KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida Oliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim ikki bosqichli asosda, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi. Sirtqi yoki mustaqil ta’lim tarzida o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydigan kasb va ixtisoslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy ma’lumot olishga xaqlidirlar. Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazib turiladi. Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir” . Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim
qadamdir.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi.
Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarni bilgan holda
keng miqyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda ekologik holat jahon miqyosida global muammo bo’lib turgan bir holatda yangidan yangi tabiiy, biologik, hech qanaqangi chiqindilarsiz mahsulot ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda genomik tahlillar olib borish keng miqyosda olib bormoqda. Shu munosabat bilan Prizidentimiz tomonidan biologiya va kimyo fanlarini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan.
Inson – issiq qonli jonzot. Bu degani, organizm tana haroratini tashqi muhit faktorlari ta’siridan qat’iy nazar stabil ushlab turadi. Lekin, juda ham past haroratda organizm harorati ham pasayadi, yoki juda issiq ob-havo sharoitida organizm qizib ketishi ham mumkin. Bunga sabab, organizmning tashqi muhit haroratiga sezuvchanligidir, haroratning 2-3 gradusga o‘zgarishi ham organizmda moddalar almashinuvi, gemodinamika va nerv hujayralarida impulslarining o‘tishiga ta’sir etadi. Natijada qon bosimi oshadi, es-hushning yo‘qolishi va sudorgi (talvasa) holatlari kelib chiqishi mumkin.
Organizmda haroratni doimiyligi bir necha mexanizmlar yordamida boshqarilib, issiqlikning hosil bo‘lishi va tashqariga chiqarilishi markaziy asab tarmog‘i tomonidan boshqariladi. Ushbu birbiri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon kimyoviy va fizikaviy issiqlik almashinuvi deb nomlanib, markaziy asab tarmog‘ini faoliyati bilan bog‘liqdir. Issiqlik, organizmda ovqat moddalarining oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon moddalar almashinuvining qay darajada kechishiga bog‘liq. Moddalar almashinuvi qancha shiddatli bo‘lsa, ya’ni organizmda ovqat moddalari qancha ko‘p oksidlansa, shuncha ko'p issiqlik hosil bo‘ladi. Organizmda issiqlik asosan mushaklarda vujudga keladi. Odam tinch turganda ham mushaklarda issiqlik hosil bo‘laveradi. Yurganda esa organizm da tinch holatdagiga nisbatan issiqlik 60-80 foizdan ko‘p roq hosil bo‘ladi. Mushaklarni ishi jarayonida issiqlikni hosil bo'lishi 4-5 martaga oshadi. Issiqlik asosan mushaklarda hosil bo‘ladi Issiqlik mushaklardan tashqari jigar, buyrak va boshqa ichki ayiruv a’zolarda ham hosil bo‘ladi. Organizmda hosil bo‘lgan issiqlik doimo tashqariga(nafas olish, terla s h ) chiqarib turiladi, hech bir ovqat organizmda uzoq vaqt yig'ilib qola olmaydi. Issiqlikning organizmda hosil bo‘lishi va tashqariga chiqarilib turilishi termoregulyatsiya deyiladi va bu jarayon murakkab mexanizmlar orqali sodir bo‘ladi.

Download 302,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish