Texnologiya ta’limining maqsadi Texnologiya ta’limi va tarbiyasining vazifalari Texnologiya tarbiyasini shakllantirish



Download 43,07 Kb.
bet1/13
Sana03.06.2022
Hajmi43,07 Kb.
#631652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Mavzu


Mavzu:Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari
REJA
1. Texnologiya ta’limining maqsadi
2. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining vazifalari
3 Texnologiya tarbiyasini shakllantirish
4. Texnologiya ta’limi vazifalarining uzviyligi
Tayanch so‘zlar
Ta’limiy maqsad – o‘quvchilarning barkamol shaxslar bo‘lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, qo‘l mehnatiga o‘rgatish, ularni kasblar haqida ma’lumotlar berish bilan birga uyg‘unlashtirish orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad – mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
Nazorat maqsad – o‘quvchilarning dasturda belgilangan bilim, ko‘nikmalarni DTS ga binoan o‘zlashtirish holatini nazorat qilishdan iborat.
Ijodiy vazifa – mehnat ta’limi jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun o‘quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishiga o‘rgatish.
Amaliy vazifa – buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy vazifalarni amalda bajara olish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha fanlarning DTS lari va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda.
Texnologiya ta’limi bo‘yicha DTS da umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o‘quvchilarning mehnat ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasini me’yorlari ifodalanadi.
Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;

  2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish;

  3. Mehnat qilishga nisbatan rag‘batni, shuningdek, muhabbatni uyg‘otish;

  4. O‘quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;

  5. Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;

  6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;

  7. Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo‘lish;

  8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;

  9. O‘quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o‘z mehnati samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;

  10. Muayyan kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va hokazolar.

Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi:
mehnat o‘yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o‘zlashtirilishiga erishiladi;
mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.

Download 43,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish