Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

N.  Joʻraqoʻziyev,  PhD,  Alisher  Navoiy 

nomidagi  Toshkent  davlat  oʻzbek  tili  va 

adabiyoti  universiteti  ilmiy  tadqiqotlar  va 

ilmiy  pedagog  kadrlar  tayyorlash  boʻlimi 

boshligʻi; 

 

M.  Xolmurodova,  PhD,  Alisher  Navoiy 

nomidagi  Toshkent  davlat  oʻzbek  tili  va 

adabiyoti  universiteti  Yosh  filolog  olimlar 

jamiyati raisi; 

 



 



 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



 



 

 

 

 

 

 

TILSHUNOSLIK 

 

 

 

 

 

 


 



 



ID-020-30-T001 

Charos Avazova 

Oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi 

 

OʻZBEK BOLALAR NUTQIDA METAFORIK 

NOMINATSIYANING NAMOYON BOʻLISHI 

  

 



 

Annotatsiya.  Maqola  bolalar  nutqining  nominativ  xususiyatlariga  bagʻishlangan 

boʻlib,  unda  belgi-xususiyat,  shakl,  vazifa  va  harakat-holat  oʻxshashligi  asosida  yuzaga 

keluvchi metaforik nomlanishlar tahlil qilingan. 

Kalit soʻzlar: bolalar nutqi, metaforik nominatsiya, muloqot, innovatsiya, liksikon. 

 

Annotation. The article is devoted to the nominative features of children's speech, 

which analyzes the metaphorical names that arise on the basis of similarity of character, form, 

task and behavior. 

Key words: child's speech, metaphoric nomination, communication, innovation, lexicon. 

 

 



Bugungi  kunda  dunyo  tilshunosligida  lisoniy  birliklarning  nutqiy 

faoliyatda reallashuvi bilan bogʻliq muammolarning yuzaga kelish sabablarini 

aniqlash  va  ularni  bartaraf  etishga  jiddiy  e’tibor  qaratilmoqda.  Bunda  tilni 

uning ist’molchisi boʻlgan insonning shaxsiyati, voqelikni idrok etish darajasi, 

bilim  saviyasi  kabi  jihatlarni  hisobga  olgan  holda  tadqiq  etish  tendensiyasi 

yetakchilik qilmoqda. Mazkur masala talqinida soʻzlovchi shaxsning yosh jihati 

ham  ahamiyatga  molik.  Shu  jihatdan  nutqiy  muloqotning  shakllanish  va 

rivojlanish  bosqichlarida  kuzatiladigan  umumiy  hamda  oʻziga  xos 

xususiyatlarni  belgilashda  bolalar  nutqiga  oid  dalillar  alohida  oʻrin  tutadi. 

Mashhur yozuvchi K.I.Chukovskiy bu haqda quyidagilarni yozadi: “Atrofimda 

oʻynab yurgan bolalarning jaranglagan tovushlari tinimsiz qulogʻimga eshitilib 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

turardi.  Avvallari,  bolalarning  bunday  shirin  soʻzlaridan  faqat  zavqlanardim, 



xolos.  Keyinchalik  esa  uning  shirinligi  bilan  birga,  katta  ilmiy  ahamiyati 

borligiga ham ishonch hosil qildim. Chunki bolalar nutqi ustida ilmiy tadqiqot 

ishi olib borsak, biz  ularning ajoyib fikrlash qonuniyatlarini ham ochishimiz 

mumkin, degan xulosaga keldim”. [1, 12] 

Darhaqiqat, bolalar nutqini oʻrganish til va tafakkur munosabatiga oid 

masalalarning innovatsion  yechimi uchun nihoyatda muhimdir. Bu boradagi 

dastlabki  qarashlar  Germaniyada  D.Tideman  tomonidan  amalga  oshirilgan 

tadqiqotda  oʻz  aksini  topgan  boʻlsa,  [2,  93]  bolalar  nutqi  lingvistikasi 

taraqqiyotida  S.N.Seytlin,  [3,  240]  T.A.Gridina  [4,  252]  G.R.Dobrova  [5] 

O.O.Rulova  [1]  singari  tilshunoslarning  xizmatlari  kattadir.  Oʻzbek 

tilshunosligida esa bolalar nutqi N.S.Sayidiraximova [6, 126], M.A.Qurbonova 

[7,  240],  N.J.Yarasheva  [8,  138]  kabi  tadqiqotchilar  tomonidan  lingvistik, 

stilistik,  ijtimoiy-psixolingvistik  hamda  pragmatik  yondashuvlar  asosida 

oʻrganilgan.  Ularning  ishlari  bolalar  nutqining  oʻziga  xos  xususiyatlari 

yuzasidan  amalga  oshirilishi  lozim  boʻlgan  yangi  tadqiqotlar  uchun  muhim 

nazariy manba sifatida xizmat qiladi. 

Bolalar nutqi lingvistikasiga doir tadqiqotlarda ilgari surilgan qarashlar 

tilning  paydo  boʻlishi  va  rivojlanishi  haqidagi  nazariyalarni  toʻldirishga 

muayyan  darajada  yordam  beradi.  Bunda,  ayniqsa,  bolalarga  xos  nutqiy 

nomlanishlar talqiniga oid tadqiqotlar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, ukrain 

tilshunosi O.Rulovaning tadqiqotida ingliz, fransuz, yunon va ukrain millatiga 

mansub  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  nutqiga  oid  nominativ  birliklarning 

formal-funksional  hamda  semantik  xususiyatlarga  koʻra  quyidagi  turlari 

mavjudligi aniqlangan: 

1. 

Metonimik nominatsiya –  nutq  shaklini  tanlash  va  anglash  asosida 



yuzaga keluvchi nomlanish.  

2. 


Metaforik nominatsiya –  oʻzzlashtirilayotgan  ob’ekt  va  qayta 

anglashilgan  signifikatga  xos  oʻxshash  belgilarni  ajratish  natijasida  yuzaga 

keluvchi nomlanish. 



 

3. 



Ekstensiv nominatsiya – soʻzni keng ma’noda qoʻllash natijasida yuzaga 

keluvchi nomlanish.  

4. 

Restriktiv  nominatsiya  –  buyumlar  guruhi  emas,  balki  muayyan 



buyumni atash natijasida yuzaga keluvchi nomlanish. 

5. 


Assotsiativ nominatsiya – faqat obyektga xos bosh belgi emas, balki u 

haqdagi umumiy tushuncha va tasavvurlar asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 

6. 

Elementli nominatsiya –  tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan 



ma’nolarni  ajratib  koʻrsatish imkoniyati bilan bogʻliq  holda  yuzaga  keluvchi 

nomlanish.  

7. 

Situatsion  (vaziyatli)  nominatsiya  –  turli  xil  elementlar  majmuidan 



iborat mikrosituatsiya asosida yuzaga keluvchi nomlanish. 

8. 


Kvalifikativ nominatsiya – obyektning tashqi belgilari asosida yuzaga 

keluvchi nomlanish. 

9. 

Relyativ nominatsiya – obyektga xos belgining muayyan turi asosida 



yuzaga keluvchi nomlanish. 

10. 


Substitutiv nominatsiya –  turli  darajada  informatsiyalashgan 

nomlanish. [1, 65-66] 

M.Qurbonovaning  tadqiqotida  oʻzbek  bolalar  nominativ  faoliyatida 

uchraydigan tipik holatlarga toʻxtalib oʻtilgan. [1, 66-79] Biroq mazkur masala 

hozirgi  kunga  qadar  oʻzbek  bolalari  nutqi  misolida  monografik  tadqiqot 

obyekti boʻlmagan. Bu esa oʻz  navbatida  tadqiqotimiz  mavzusining  oʻzbek 

tilshunosligi uchun nihoyatda dolzarbligini koʻrsatadi. 

Ma’lumki, bolalar biror narsani uning tovushiga taqlidan nomlashda bi-




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish