OZBEKISTON RESPUBLIKASI
AL-BUXORIY UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI TALIM SHAKLINING
PP (M) 1-7 GURUHI TALABASI
TOJIQULOV ISLOMJON ILHOMJOVICHKNING
PEDAGOGIKA NAZARIYASI TARIXI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Qabul qildi: M.Toshov
Toshkent- 2022
Reja:
1.Ozbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish haqida.
2.Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning vazifalari.
4. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni organilishi muammolari.
Asosiy tushunchalar: texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiyaning rivojlanish bocqichlari, pedagogik tizim, boshlangich talimda zamonaviy texnologiya.
Ozbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotining demokratik-huquqiy, fuqarolik jamiyati qurish yolidan dadil bormoqda. Iqtisodiy, madaniy-marifiy, xalq talimi sohalarida islohotlar va yangilanish jarayonlari bosqichma-bosqich, izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik tufayli pedagogika fanining taraqqiyotida ham olamshumul ozgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizning manaviy salohiyatini oshirish, talim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Talim togrisidagi Qonunni tayyorlash va amalga oshirish pedagogika fanining zimmasiga tushdi. Pedagogikaning predmeti shaxsni shakllantirish muammosi Kadrlar tayyorlash Milliy modelida oz aksini topdi.
Mustaqil Ozbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi muammolar: xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedagogik merosini organish va talim-tarbiya jarayonini milliylashtirish, jamiyat taraqqiyotida manaviyatning ustivorligini taminlash va manaviy tarbiya nazariyasini, amaliyotini takomillashtirish; yoshlar ongiga milliy mafkura, milliy goyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish; jahon andozalariga mos talim tizimini yaratish, ilgor pedagogik tajribalarni ommalashtirish, pedagogik kadrlarni hozirgi davr talabi asosida talim-tarbiya ishiga tayyorlash, pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar pedagogika fanining dolzarb vazifasi blib qoldi.
Ozbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi talim-tarbiyani tubdan isloh qilish ilgor pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Talim berishning ilgor pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy oquv-uslubiy majmualari yaratish va oquv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan taminlashga bogliqligi korsatiladi. Malumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (1997-2001 y.) mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish ... jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish.
Ikkinchi bosqich: (2002-2005 y.) Milliy dasturini tola ryobga chiqarish8, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharotlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, Talim muassasalarini moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, oquv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli oquv adabiyotlar va ilgor pedagogik texnologiyalar bilan taminlanadi.
Uchichnchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) toplangan tajribalar tahlil etiladi. Ular umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish kozda tutiladi.
Talim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi oquv tarbiya jarayoni yangi oquv-uslubiy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan toliq taminlanadi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini koramiz.
Pedagogik texnologiyaning rivojlanishini 4 bosqichga bolish mumkin:
1-bosqich 40-50 yillar b Pedagogik texnologiya talim jarayonida audiovizual (tehnik vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan.
2-bosqich. 50-60 yillar. Talim texnologiyasim programmalashtirilgan talim sifatida qaralar edi.
3- bosqich. 60-70 yillar. Talim jarayonini loyihalashtirib, aniq belgilangan maqsadning kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaralodi.
4- bosqich. Talim jarayoniga kompyuter texnologiyasi va axborot texnologiyalarining kirib kelishi bilan bogliq.
Pedagogik texnologiya asrimizning 60-yillarida Amerika Qoshma Shtatlarida, 70-80 yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qollanila boshlandi.
YUNESKOning 1996 yildagi xalqaro konferentsiyasida mamlakatning manaviy iqtisodiy salohiyatini oshirishda va talim-tarbiyani intensivlashtirish-da pedagogik texnologiya muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi.
Pedagogik texnologiya bilimlarni organish yaxlit jarayonida talim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning ozaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir, -degan xulosaga kelinadi.
Uzoq vaqt hukum surgan, kommunistik goyaviylikka asoslangan byurokratik pedagogika talim-tarbiya jarayoniga ilmiy yondoshish yollarini berkitgan edi. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish man etilgan edi.
Ozbekistonda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mustaqillik sharofati bolsa, uni amalga oshirishning asosiy ilmiy-metodik omillaridan biri yangi pedagogik texnologiyadir. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning predmeti - talim -tarbiya jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi, mexanizmi. Yani pedagogik qonuniyatlarga asoslangan talim-tarbiya tizimini samarali, ommabop mexanizmidir. Pedagogik texnologiya ommabopligi ilmiy asoslanganligi bilan individual mahoratdan farq qiladi.Zamonaviy pedagogik texnologiya fanini oqitishning maqsadi: -bolajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-sharoitga asosan talim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va vositalarni tanlashga orgatishdan iborat.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning vazifasi:-bolajak boshlangich sinf oqituvchilariga pedagogik texnologiya, texnika rivojlangan mamlakatlar ilgor pedagogik texnologiyasi, Ozbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturini amalga oshirish tajribalari haqida nazariy bilim berish:
-pedagogik jarayonni loyihalash;
-talim-tarbiya maqsadi, mazmuni va optimal metodlarini konikma va malakasini shakllantirish;
-pedagogik diagnostika qobiliyatini ostirishdan iborat.
Jamiyat taraqqiyoti bilan bogliq ravishda talim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qollash ham rivojlanib boradi.
Albatta, Zamonaviy pedagogik texnologiya talim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga mamlakatimiz rivojlanishining oziga xos xususiyatlarigia, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi.Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya printsiplariga ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi. Pedagogik texnologiya fani bolajak oqituvchilarni ilmiy-metodik tayyorlashda alohida orin tutadi.Peadgogika nazariyasi va tarixidan mukammal bilim va malakaga ega bolgandan keyin pedagogik texnologiya yoki yangi pedagogik texnologiya fani organiladi.Demak, pedagogik texnologiya,pedagogika,pedagogik mahorat, psixologiya, matematik odellashtirish fanlari bilan ozaro bogliqlikda organiladi,
Pedagogik texnologiya nima?
Bu haqida kopgina mualliflar oz tariflarini berganlar. Bular:
BMT ning nufuzli idoralaridan biri bolgan YUNESKO tarificha:
Talim texnologiyasi talim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning ozaro tasirini hisobga olgan holda, butun oqitish va bilimlarni ozlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qollash tizimidir.
V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki sanat bolishi mumkin. Sanat ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi. hammasi sanatdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi» - degan edi.
M.Ochilov Pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlar asosida talim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning ozaro tasirini inobatga olib, talim maqsadlarini oydinlashtirib, oqitish va bilim ozlashtirish jarayonlarida qollaniladigan usul va metodlar majmuidir, degan tarifni beradi.
Pedagogik texnologiyaga professor N.Saidahmedov: Pedagogik texnologiya bu oqituvchi (tarbiyachi) tomonidan oqitish (tarbiya) vositalari yordamida oquvchilarga tasir korsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni-degan tarifni beradi.
Talim texnologiyasi oldindan belgilangan oquv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan, talim jarayonida inson va texnika resusrlaridan foydalanishning loyihalashtirilgan muayyan tizimi. HTV Multimediya umumtalim dasturlarini rivojlantirish markazi tarifi.
Keltirilgan tariflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bolsak, uzoq horijda berilgan tariflar bilan MDH mamlakatlari olimlari bergan tariflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini koramiz. Jumladan, YUNESKO tariflarida tizimli yondashuv tamoyillariga alohida urgu berilgan.
Pedagogik texnologiyani organishda tarixiy tajribalarga murojaan qilish ham katta ahamiyatga ega, Sharq xalqlari ogzaki ijodidi sinchiklab organilsa bu masalaga doir materillarni topish mumkin.
Yaqinda Moskvadagi Prosveshenie nashriyoti Oqituvchi mahorati seriyasida chiqargan Yu.CHestnhning Otkrit cheloveka (1991) deb nomlangan kitobiga kozim tushib qoldi. U shunday yozadi: Adabiyotni qanday oqitish boyicha eng togri va qiziqarli maslahatni men qariyb unutilayozgan ozbek xalq latifasidan topganman. Xoja Nasriddin maydondagi olomon oldiga keladi va soraydi:
- Ey, odamlar! Bilasizlarmi, men sizlarga nima aytmoqchiman?
- Yoq, yoq, - deb javob berishdi ular.
- Eh, bilmaysizlarmi? Unda sizlar bilan gaplashib otirishning hojati yoq, - jahllandi Nasriddin va jonab ketdi. Boshqa kun kelib, yana xuddi shu savolni berdi.
- Bilamiz, bilamiz! baqirishdi odamlar.
- Agar bilsangizlar, unda mening bu yerda nima keragim bor? Xoja Nasriddin hammani ajablantirib yana jonab ketdi. Uchinchi kun odamlar xuddi shu savolga uzoq javob bermadilar va songra maslahatlashib sekin ovoza qildilar: Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz, Hoja Nasriddin miyigida kulgancha eshagidan tushar ekan dedi: Bilganlaringiz bilmaganringizga orgatinglar, men esa dastavval sizlarni tinglayman. (Marifat gazetasi 2009 yil 28 yanvar. Alisher Azimovning Yangi pedagogik texnologiya yohud Nasriddin Afandining muallimlik qilganligi hususida maqolasidan). Bu bir lanbfa. Lekin har qanday latifaning asosida katta bir haqiqat yashiringan boladi.
Ozbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda kop asrlar davomida qollagan usul va vositalari, tadbir shakllari, oziga xos urf-odatlari va ananalari, talim-tarbiya haqidagi goyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros otmishda koplab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bolgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.
Ajdodlarimiz bilim orgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik faoliyatga bolgan asosiy talablardan biri edi. Sharq uygonish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va otkir fikrlaydigan kishilar togrisida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, otkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ihtiro etishda zor istemolga ega; yomon ishlardan ozini chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar». Uning fikricha, «Talim soz va orgatish bilangina boladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan organishdir, yani shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bolgan ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bolishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga berilgan bolsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshigi boladilar».
Ozbek xalqining ulug allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy asarlarida yosh avlodga bilim berishning turli yollari va vositalari haqida tushunchalar berib, ularni mustaqil fikrlaydigan, yangilik yarata oladigan qilib tarbiyalash xususida toxtalib otgan. «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida Beruniy sxolastik metodlardan voz kechish, dars samaradorligini oshirish yollarini izlash, bolalarning xotirasini rivojlantirish, fikrlashga orgatishni takidlab otgan. «Maqsad gapni chozish emas, balki oquvchini zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Oquvchi fandan-fanga otib tursa, turli boglarda yurganga ohshaydi. Birini korib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada oziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni korishga qiziqadi va kozdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi».
Buyuk sarkarda Amir Temur ozining ogitlarida har bir ishni boshlaganda butun diqqat, zehn va bor kuchni shu ishga qaratish lozimligini takidlagan: «Azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan bolsam, butun zehnim, vujudim bilan boglanib, bitirmagunimcha undan qolimni tortmadim» .
Etibor qilinsa ajdodlarimiz merosida talimda qiziqib organishga katta etibor qaratiladi (motiv), shuningdek, talimni tashkil etish mahorati organishning asosiy sharti sifatida keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda bizning tariximiz oquvchilarni haqiqiy bilimli qilish masalasida katta ilmiy merosga ega. Osha davrda oqitishning texnologiyasi individual, bolaning osishi va rivojlanishini oz ichiga olgan, qoyilgan maqsadga aniq erishi asosiy talab bolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |