Topshirdi : Fayzullayeva S



Download 46,17 Kb.
bet3/7
Sana01.01.2022
Hajmi46,17 Kb.
#304445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fayzullayeva S

Makroiqtisodiyot - mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o’zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jalik tizimi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini : bank, moliya, sug’urta, soliq, bojxona, tizimlarini o’z ichiga oladi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham o’z ichiga oladi. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi - takror ishlab chiqarish jarayonini obyektiv tarzda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iboratdir. Bu shartlarga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: a) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini obyektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;

b) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;

d) Iqtisodiy tizim salohiyatini tahlil haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning obyekyiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishni anglash; e) Makroiqtisodiy nazariya muayyan davlatlarning iqtisodiyotini obyektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;

f) Ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste;moli darajasiga o’stirishga yo’naltirish;

g) Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishini tushunish; Ko’pgina makroiqtisodiy ko’satkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning ahvoli uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig’idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi . Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko’rgazmali shaklida aks ettirish imkonini beradi. Uchinchidan , ko’rsatkichlar tizimi, mavjud resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar - yalpi ichki mahsulot ( YIM ) , sof milliy mahsulot ( SMM ) , Milliy daromad ( MD ), Aholi daromadlari ( AD ), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va shu kabilar hisoblanadi.

Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot - mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, hozirgi bizning mamlakatimiz qo’llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot - YAIM deb yuritiladi. Undan tashqari yana bir tushuncha Yalpi milliy mahsulot (YMM)- bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) - ma’lum vaqt davomida , masalan bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. YAIM umulashtiruvchi umumiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan Tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi.



Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda

Ko’rsatkichlar







Yillar



















2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

2008

Sanoat

14,2

14,1

14,5

15,8

17,5

20,7

22,1

24,0

22,3

Qishloq xo’jaligi

30,1

30,0

30,1

28,6

26,4

25,0

24,0

21,7

19,4

Qurilish

6,0

5,8

4,9

4,5

4,8

4,9

5,1

5,5

5,6

Xizmatlar sohasi

37,2

38,2

37,9

37,4

37,2

38,4

39,5

39,4

43,3

Sof soliqlar

12,5

11,9

12,6

13,7

14,1

11,0

11,1

9,5

9,3

Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mehnatning unumli harakati natijasida vujudga keltirilgan sof milliy mahsulot (SMM ) ko’rsatkichidan foydalaniladi. YAIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko’rsatkichi hosil bo’ladi : YAIM – amortizatsiya yillik summasi = SMM . Hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir- biridan qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farqlanmasligi kerak. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan keying ko’rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o’zgargan shakli deb ham yuritiladi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad - bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad - bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo’qotishlar ( tabiiy ofatlar, mahsulotni zahirada saqlashdagi yo’qotishlar ) va tashqi savdo qoldig’i chiqarib tashlangan miqdorga teng. Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni ( amortizatsiya ajratmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo’shib chiqish yo’li bilan ham aniqlash mumkin.



Makroiktisodiyot inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarishni maqsad qilib oladi. Chunki, mexnat resurslari va uning faol qismi bo’lgan ishchi kuchi-ishlab chiqarish kuchlarining eng asosiy qismidir. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda aholining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushiniladi. Mehnat resurslarini sifat jihatdan takomillashtirish iqtisodiyotning o’sish sur’atlari bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham mamlakatda mehnat bozorini, mehnatni boshqarish institutlarini va uning iqtisodiy-huquqiy mehanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir. Demak, mehnat bozori va uning normal faoliyat ko’rsatishi quyidagi omillarga bog’liq ekan: - aholi soni, yoshi va jinsining salmogidagi o’zgarishlar; - ish bilan bandlilikdagi hudud va tarmoq o’zgarishlariga; - qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mehanizmiga; - ishlab chiqarish hajmiga, uning o’sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga; - ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashuviga; - mehnat resurslarini boshqarish usuliga va boshqalar. Hozirgi sharoitda mehnat bozorida ham talab va taklif qonuni amal qiladi. Chunki, ishchi kuchi ham boshqa mehnat mahsullari qatori, tovar shakliga ega bo’lib, tovar-pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati mehnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Ya’ni, ishbilarmonlar ishchi kuchidan shunday miqdorlarda foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish haqi bilan teng bo’lishi yoki ish haqi hajmini puldagi ifodasi mehnatning yuqori mahsuli qiymatga teng bo’lishi kerak. Agarda real ish haqi hajmi oshsa ishbilarmon ishchi kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi. Ishsizlar- bu ishchi kuchlarining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan lekin ishlashni hohlovchi va ish qidirayotganlardan iborat. Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud:


Download 46,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish