Topshirdi : Fayzullayeva S



Download 46,17 Kb.
bet6/7
Sana01.01.2022
Hajmi46,17 Kb.
#304445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fayzullayeva S

Ko‘rsatkichlar

O‘sish sur’atlari

Yalpi ichki mahsulot

108,0

Sanoat mahsulotlari hajmi

108,2

Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish

114,4

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

107,3

Qurilish ishlari

116,1

Chakana savdo aylanmasi

114,6

Pullik xizmatlar

111,0

Jami xizmatlar

112,1

II. Iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish hamda uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishlarni diversifikatsiya qilish

Iqtisodiyot va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish hamda uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishlarni diversifikatsiya qilishga doir iqtisodiy dasturning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmida sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish va ularni diversifikatsiya qilish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rildi. Joriy yilning birinchi yarmida ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash (123 foiz), yengil sanoat (115,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (111,9 foiz), kimyo va neft-kimyo sanoati (105,3 foiz), oziq-ovqat sanoati (107,1 foiz) kabi tarmoqlarda jadal rivojlanish ta’minlandi. Sanoat ishlab chiqarish umumiy tarkibida ushbu tarmoqlar ulushi 2012-yilning birinchi yarmidagi 53 foiz o‘rniga 56,1 foizga oshdi. 1233 yangi ishlab chiqarish quvvatlarining, jumladan, yengil va to‘qimachilik sanoatida (369 ob’ekt), oziq-ovqat sanoatida (361), qurilish materiallari sanoatida (267), yog‘ochni qayta ishlash (79), mashinasozlik (12), kimyo sanoati (13) va boshqa tarmoqlarda (132) tashkil etilishi sanoat mahsulotlarining yuqori o‘sish sur’atlariga erishish imkonini berdi. Yengil va yuk avtomobillari, avtomobil dvigatellari, traktorlar, traktor tirkamalari, signalli-blokirovka kabellari, o‘rnatish simlari, kompressorlar, paxta gazlama, trikotaj buyumlar va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2012-yilning shu davriga nisbatan ancha oshdi. Sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning birinchi yarmida yirik korxonalarda qiymati 104,1 million dollarlik 1721 yaroqsiz, ma’naviy va jismoniy eskirgan uskunalar almashtirildi. Yirik sanoat korxonalarida energiya va resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, texnologik jarayonlar, xomashyo va materiallarni sarflash normalarini oqilona tashkil etish, yo‘qotishlar hamda noishlab chiqarish xarajatlarini bartaraf etish hisobidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini o‘rtacha 10,4 foizga kamaytirishga erishildi. Hisobot davrida Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida innovatsiya texnologiyalarini ommaviy ishlab chiqarishga joriy etish qiymati 43 milliard so‘mlikdan ortiq innovatsiya mahsulotini ishlab chiqarish imkonini berdi. Mamlakatimizda iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar xarid qilish va aylanma kapitalni to‘ldirish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga banklarning 1430 milliard so‘mlik yoki 2012-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p kreditlari ajratildi. Natijada, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 14,4 foiz, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari 7,9 va nooziq-ovqat mahsulotlari 19,8 foizga oshdi. Televizorlar, energiya tejaydigan lampalar, paypoq buyumlar, sariyog‘ va o‘simlik moyi, sut mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, yorma va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Yengil sanoat korxonalari tomonidan tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlarining 32 yangi turi va 58 yangi modeli ishlab chiqarildi.

Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi yarmida 1056 loyiha bo‘yicha qiymati 5,3 trillion so‘mlik yoki 2012-yilning shu davriga nisbatan 36,1 foiz ko‘p mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi. Natijada, import o‘rnini bosish bo‘yicha hisoblab chiqilgan samara 19,4 foizga ko‘paydi va 2,5 milliard dollardan oshdi. 61 turdagi yangi mahalliylashtirilgan mahsulotni, jumladan, zanglamaydigan konsol nasoslar, sintetik kalava, yangi turdagi havo, moylash va yoqilg‘i filtrlari, bolalar o‘yinchoqlari, tish pastasi, kosmetika yog‘lari, yuvish vositalari, akkumulyator monobloklari, yer ustida harakatlanadigan transport uchun xavfsizlik oynalari, mikroto‘lqinli pechlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar eksporti hajmi 404,2 million dollarni tashkil qildi. Eksport tarkibidan mamlakatimiz korxonalari tomonidan hisobot davrida Mahalliylashtirish dasturi doirasida o‘zlashtirilgan 25 turdagi yangi mahsulot ham joy oldi. Umuman, iqtisodiyotimiz tarmoqlarining eksport salohiyatini kengaytirishni rag‘batlantirish va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida tovar va xizmatlar eksporti hajmi 2012-yilning shu davriga nisbatan 11,4 foizga o‘sdi. Ammoniy sulfati, suyultirilgan gaz, ikkilamchi alyuminiy, yuk avtomobillari, bug‘doy, trikotaj polotno, meva-sabzavot mahsulotlari va boshqa tovarlarni eksportga yetkazib berish hajmi ancha oshdi. Qiymati 300 million dollardan ortiq 130 turdagi yangi mahsulotlar, shu jumladan yengil avtomobillar uchun tashqi yon oynalar va tutun chiqarish tizimlari to‘plami, issiq yoyilgan po‘latdan elektr payvandlanadigan po‘lat quvurlar, sopol koshinlar, ikkilamchi PETdan tayyorlangan tola, taralar, bolalar velosipedlari, gilam mahsulotlari, kosmetika vositalari va boshqalar eksport qilindi. 2013-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasining birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida umumiy aylanma hajmi o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 25,3 foizga o‘sdi. Birja savdolarida shifer, mis mahsulotlari, rangli metall parchalari, suyultirilgan gaz, ko‘mir, ikkilamchi alyuminiy, o‘simlik yog‘i va paxta lintini sotish hajmi ancha ko‘paydi. Birja savdolarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan qiymati 371,2 milliard so‘mlik mahsulot sotildi yoki bu umumiy birja aylanmasi hajmining 11 foizini tashkil qildi. Iqtisodiy jihatdan nochor korxonalarni qayta tashkil etish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, ularni yangi mulkdorlarga topshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida joriy yil boshidan buyon tegishli dasturlarga kiritilgan korxonalarni qayta tiklash uchun 1408,2 milliard so‘mlik investitsiya, jumladan, tijorat banklari kreditlari hisobidan 756,2 milliard so‘m yo‘naltirildi. Natijada, ushbu korxonalarda 23 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil qilindi, qiymati 1881,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 48,2 million dollarlik mahsulot eksport qilindi. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasida infratuzilmani tashkil etish hamda rivojlantirish uchun “ Mikrokreditbank “ ning 13 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida yangi turdagi xizmatlarning joriy etilishi natijasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 21,5 foizga oshdi. Moliyaviy vositachilik institutlari va iste’mol kreditlari hajmini ko‘paytirishga doir ko‘rilgan choralar moliya xizmatlari hajmini 28,5 foizga oshirish imkonini berdi. 2,2 mingdan ziyod yangi chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining ishga tushirilishi tegishli xizmatlarni 15,2 foizga ko‘paytirishga yordam berdi. 3 mingdan ortiq maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining tashkil etilishi natijasida maishiy xizmatlar 17,7 foizga ko‘paydi. Umuman aytganda, 2012-yilning birinchi yarmiga nisbatan xizmatlar hajmi 12,1 foizga oshdi. Buning natijasida yalpi ichki mahsulot tuzilmasida xizmatlar sohasi ulushi 2012-yilning birinchi yarmidagi 52,2 foizdan 52,4 foizga o‘sdi. Hisobot davrida bank tizimi resurs bazasini kengaytirish va banklarning investitsiya faolligini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samarasida tijorat banklarining jami kapitali 23,6 foiz, ularning jami aktivlari 30,7 foiz, mijozlarning bankdagi jalb etilgan depozitlari 30,5 foiz oshdi. Natijada, mamlakatimiz bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 24,3 foizga yetdi va bu bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining amaldagi minimal talablaridan 3 baravar ko‘pdir.

Banklar resurs bazasining ko‘payishi tijorat banklari tomonidan kredit ajratish hajmini 1,3-martaga, shu jumladan muddati bir yildan ortiq uzoq muddatli kredit qo‘yilmalari hajmini 31,2 foizga ko‘paytirish imkonini berdi. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga 3,4 trillion so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi. Bu esa 2012-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir.


Download 46,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish