Toshkent arxitektura qurilish



Download 8,58 Mb.
bet4/76
Sana26.02.2022
Hajmi8,58 Mb.
#470489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Шаҳар ҳудудини муҳандислик тайёрлаш Хотамов А Т 717

Umumiy ma‟lumotlar
Keyingi yillarda Respublikamizning qator shaharlarida aholi sonining tez o‗sishi kuzatilmoqda. Bu tabiiy jarayon bo‗lib, o‗z navbatida, shahar atrofidagi yerlarni o‗zlashtirish, mavjud shahar hududidan yanada unumli foydalanish imkoniyatlarini izlab topishni taqozo etadi. Odatda, yangi shaharlar va turar-joy maskanlari uchun joy tanlash ancha murakkab ish bo‗lib, bunda sanoat, transport, arxitektura rejalarini amalga oshirish, sanitariya-gigiena, muhandislik tarmoqlari va obodonlashtirish talablari hisobga olinishi lozim.
Tanlangan joyning qulayligini belgilovchi omillar esa joyning tabiiy shart- sharoitlari, ularning past-balandligi, gidrogeologik sharoit, atrofida suv havzalarining hamda zaminda fizik-mexanik jarayonlar (ko‗chki, jarlik, karst, sel va h.k)ning mavjudligi va ularning faolligi bilan bog‗liq.


    1. Loyihaning bosqichlari

Loyihaning asosiy qismlaridan biri bu hududni muhandislik tayyorgarligi bo‗yicha olib boriladigan loyiha hujjatlaridir. Ushbu hujjatda tumanlashtirish rejasi, yangi va rivojlanayotgan shahar, aholi turar-joylari, qishloq turar-joy maskanlari, sanoat, shahar atrofi va ko‗kalamzor maydonlarning bosh reja ishlanmasi shaharning ayrim qismlari va mikrorayonlar hamda bir guruh binolarning aniq rejalari o‗z aksini topadi.
Hududiy rejasi va loyihasi o‗rtasida reja yechimlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan tumanlashtirish rejasining loyihalarida joyning sharoitiga qarab, ishlab chiqarish majmualarini va aholi turar-joylari taqsimotini ketma- ketlik bilan shakllanishini aniqlash hamda ularni shakliy yechimlariga aniqlik kiritish ko‗zda tutiladi.
Bunday loyihalarning dastlabki bosqichi 10 yilga, keyingi bosqichi 20 yilga va demografik iqtisodiy va ekologik hisoblar bo‗yicha 40-50 yilga tuziladi.
Shaharning bosh rejasini ishlab chiqish bosqichida uni tashkil etuvchi omillarning faolligi, shaharsozlik talablariga ko‗ra ularning shahar markazlarini belgilash, ma‘muriy, xo‗jalik va madaniy ishlab chiqarish ob‘ektlarining shahar taqsimotidagi o‗rni hisobga olinib, o‗z yechimini topadi. Bosh rejada shaharning yoki boshqa aholi yashash maskanlarining kelgusidagi uzoq rivojlanishi, barcha faoliyatga taalluqli ahamiyatga ega bo‗lgan elementlar, umumjamoaga xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlar va muhandislik uskunalarini haqiqiy joylashish o‗rni aniqlanadi.
Bosh rejaning rivojlanishida va belgilanishida alohida tumanlarning, shaharsozlik majmualarining va shaharning faoliyat darajasi bo‗yicha mintaqalarga bo‗linishning aniq reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu loyiha bilan bunyodkorlikning fuqaro muhofazasi talablariga ko‗ra – majmuaviy yechimlari aniqlanadi va kelgusi yaqin yillarda qayta qurish yechimlari amalga oshiriladi.
Aniq reja loyihasi mikrorayonlar, kvartallar, turar-joy binolarining majmuaviy va guruh holda joylashtirish loyihasini bajarishda bunyodkorlik loyihasining shakllanishi asos bo‗lib xizmat qiladi. Ushbu loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi – qurilishga ketadigan dastlabki mablag‗ga bog‗liq, ikkinchisi – ishchi xarajat hujjatlaridir.
Shahar bosh rejasini loyihalash jarayonining dastlabki bosqichida shaharning texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlari asosida muhandislik tadbirlarini amalga oshirish xaritasi tuziladi va unda suv bosadigan, nishabligi to‗g‗ri kelmaydigan, zamin sharoiti yaroqsiz, jarliklari ko‗p, tuproqning katta qatlami surilib ketishi mumkin bo‗lgan (ko‗chki), ag‗darilma, karstli (o‗pirilishi mumkin) bo‗lgan joylar ko‗rsatiladi. Bu xaritada o‗zgartirilishi kerak va lozim bo‗lgan joylar uchun muhandislik chora-tadbirlari ham belgilanadi. Xaritaning masshtabi 1:10000 bo‗lishi maqsadga muvofiqdir (1.1. a-rasm).
Shahar bosh rejasini loyihalashning navbatdagi bosqichida tabiiy va muhandislik tayyorgarligi bo‗yicha chora-tadbirlar xaritasi ko‗rsatiladi (1.1. b- rasm). Bunday xaritaning masshtabi 1:25000, 1:10000, 1:5000, 1:2000 bo‗ladi. Xarita asosida loyihani tuzishda quyidagi ma‘lumotlar tarkibi talab qilinadi:

  • muhandislik – zamin sharoiti, suv bosadigan joylar, sizot suvlar sathlari, jarliklar va tabiiy sharoitlar xaritasi;

  • ko‗chki, karst (o‗pirilish), ag‗darilma va boshqa noqulay zaminning fizik-mexanik sharoiti mavjudligi tufayli foydalanish mumkin bo‗lmagan joylarni ko‗rsatuvchi xaritalar;

  • muhandislik tayyorgarlik ishlarini navbatma-navbat amalga oshirishni ko‗rsatuvchi jadval.





Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish