Toshkent arxitektura qurilish



Download 8,58 Mb.
bet2/76
Sana26.02.2022
Hajmi8,58 Mb.
#470489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Шаҳар ҳудудини муҳандислик тайёрлаш Хотамов А Т 717

2
© TAQI – 2015
SO„Z BOSHI

Shahar hududini muhandislik tayyorlash zamonaviy shaharsozlikda shaharlarni qurish va hududni tayyorlash – shahar hududlarini rejalashtirish, obodonlashtirish va muhandislik tayyorlash sohasida malaka va bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni jalb etish bilan bir qancha muhandislik masalalarini yechish orqali amalga oshiriladi.


Fanning o‗quv dasturiga muvofiq, kitobda quyidagi masalalar: hududning tabiiy sharoitlari, relyef va tashqi suvlarni qochirishni tashkil etish; shahar yoki uning qismlarini sizot suvlaridan, tabiiy va sun‘iy suv havzalari sathining oshishi natijasida suv bosishdan himoyalash; jarliklar, ko‗chkilar, sel va boshqa tabiiy jarayonlar hamda ularni oldini olish chora-tadbirlarga bog‗liq muhandislik tadbirlar va inshootlar haqida umumiy tushuncha va ma‘lumotlar keltirilgan.
Shahar suv qochirish tarmog‗i, drenaj tizimlarini loyihalash bo‗yicha ko‗rsatmalar bayon etilgan.
KIRISH

Respublikamiz hududlari tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar) bo‗lishiga moyil o‗lka bo‗lganligidan hamda texnogen avariyalar, halokatlar va ekologik muvozanatning buzulishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, xalq xo‗jaligi tarmoqlarini, moddiy resurslarni va tabiatni asrash, zarar ko‗rgan hududlarda qutqarish va kechiktirib bo‗lmaydigan qayta tiklash ishlarni olib borish ham juda muhim masalalardan hisoblanadi.


Albatta, yuqoridagi muammolarni hal qilishda O‗zbekiston mintaqasi uchun tavsifli bo‗lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarini va yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil qilish natijasidagina (har bir vaziyatning kelib chiqish sababini, kuchini, ta‘sir doirasini, odamlarga, atrof-muhitga ko‗rsatadigan oqibatlarni o‗rganish) ularga qarshi eng qulay chora-tadbirlar belgilanadiki, natijada har qanday favqulodda vaziyatlardagi ham moddiy, ham ma‘naviy yo‗qotishlar miqyosini shunchalik qisqartirishga erishish mumkin.
Ushbu o‗quv qo‗llanmada har bir bobning mazmunini to‗liq yoritishda ham nazariy, ham amaliy ma‘lumotlar, mavzularni mustahkamlash uchun tayanch so‗z iboralar hamda savollar keltirilgan. Materiallarni ko‗rgazmali vositalar yordamida bayon qilinishi, o‗quv qo‗llanmaning qiziqarli va ahamiyatli bo‗lishidan tashqari, talabalarni mustaqil ta‘lim bo‗yicha ma‘lum vazifalarni bajarishga ham yordam beradi.
Birinchi bo‗limda – turli tabiiy va texnogen vaziyatlarni inobatga olib quriladigan shahar hududini muhandislik nuqtai-nazaridan tanlash zamonaviy shaharsozlikning asosiy masalalaridan ekanligiga e‘tibor qaratilgan. Shaharlarni barpo etishda turli ekstremal vaziyatlarning paydo bo‗lishini hisobga olish, dastlabki loyiha ishlarini bajarilishi, uning bunyod etilish xususiyatlarini mukammal anglovchi, chuqur bilim egallagan mutaxassislar tajribasiga bog‗liq. Shunday mutaxassislarni tayyorlashda ushbu O‗quv qo‗llanma muhim ahamiyat kasb etadi.
Shahar o‗rni, relefi, atmosfera va oqova suvlarning salbiy ta‘siri, sel ofatlari va unga qarshi kurashish yo‗llari, shahar hududida sizot suvlarining paydo bo‗lishi, hududni suv bosishi, zilzila, zamin tuprog‗ining namligi ta‘sirida cho‗kishi va ko‗tarilishi hamda karstga qarshi kurash chora-tadbirlari bayon qilinadi.
Mazkur o‗quv qo‗llanma bu masalalarning barchasiga javob beradigan yetarli ma‘lumotlar keltirilgan holda tayyorlangan.
Insonning hayot faoliyati shaharlar va undagi turar-joylar shakllanishi bilan chambarchas bog‗liq. Shu sababdan shahar va turar-joy maskanlarini avvalambor qulay va obod qilib loyihalanishi va to‗g‗ri bunyod etilishi talab qilinadi.

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish