Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti



Download 39,27 Kb.
bet1/4
Sana13.04.2022
Hajmi39,27 Kb.
#547617
  1   2   3   4
Bog'liq
IRB 3 Umarov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI



Mustaqil ish
Mavzu: Rahbar mehnati va vazifalari nimalardan iborat
Guruh: 111-18
Bajardi: Umarov Umidjon
Ilmiy rahbar: Xakimjanova D
Reja:

  1. Rahbar mehnatini tashkil etishning mazmuni

  2. Menejer mehnatini tashkil etishning mohiyati

  3. Rahbarning funksional vazifalari

  4. Xulosa



  1. Rahbar mehnatini tashkil etishning mazmuni

Rahbar deganda biz menejerni yoki ish boshqaruvchini ko‘z oldimizga keltiramiz, ya‘ni ular maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir-asrorlari qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxasisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Kompaniya firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma‘muriy boshqaruvchi kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi. Boshqaruv pog’onasiga qarab menejerlar ham uch toifaga bo’linadi: Yuqori pog’onadagi menejerlar, o’rta pog’onadagi menejerlar, quyi pog’onadagi menejerlar. Yuqori pog’onadagi menejerlar firma istiqbolini belgilash uning kelajagi uchun ahamiyatli chora tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bir so‘z bilan aytganda firma andozasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.


O‘rta pog’onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati yangi tovarlarni o’zlashtirish texnologiyani qo’llash mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi. Quyi pog’onadagi menejerlar quyi bo’g’inda, masalan, sex bo’lim brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. To’g’ri, korxonani boshqarish mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan ammo mulkdor nomidan ish ko‘ruvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o’z ishining ustasi farang bo’lgan maxsus ijtimoiy toifa menejerlar toifasi paydo bo’ladiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Ular g’oyat-murakkab, o’ta mas‘uliyatli ish bilan shug’ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo’lgani uchun yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladilar:
Inson yakka holda shaxslararo munosabatlar doirasida hamda ibrat namunasi sifatida namoyon bo‘ladiki, bu uch jihatning birligi uni shaxs maqomiga ko‘taradi. Ana shu jihatlar shaxsning obro‘-e‘tiborini ifodalaydi va o‘z imijini shakllantirishga undaydi. Yaxshi rahbar uchun ma‘lum shaxsiy sifatlar ham zarur. U qat‘iyatli va serg‘ayrat, chuqur bilim va ko‘nikmalar, keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Rahbar o‘ziga kerakli fikrlarni jamlab, xotirada saqlashi kerak. Mutaxassislarning fikricha, 99 foiz ilg‘or g‘oyalar kishilar bilan muloqotda yo‘zaga kelsa, 1 foiz g‘oyalar kishilarni eshita bilishiga qarab yo‘zaga keladi. Buning uchun muloqot olib borishni bilish, o‘rganish, shaxsiy g‘arazlarni unutish, g‘oyalarni tartibga solish, eng asosiysi doimo izlanishda bo‘lish kerak. Aks holda, u o‘z ijobiy imijini yaratishi qiyin kechadi. Shu bilan birga, rahbar bozor sharoitida o‘z haq-huquqlaridan to‘la foydalanishi va zarur hollarda quyidagilarni amalga oshirish kerak:
samarasiz ishlaydigan xodimlardan voz kechish;
o‘z xodimlaridan zaruriy natijalarni talab qilish;
fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lganlarni yangi g‘oyalarga yo‘naltirish va qo‘llab-quvvatlash;
ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarmaydigan xodimlarni ogohlantirish va ularga buyruq berish1.
Ruhiyatshunoslik bo‘yicha bilimlar rahbarga zarur. Chunki u xodimlarning ichki xususiyatlarini bilishi kerak. Ba‘zan xodimlar qasddan mehnat intizomini buzadilar. Bunga sabab: moddiy texnik ta‘minotning etarli emasligi, bir nechta vazifani bir vaqtda yuklash, bajarish vaqtining aniq ko‘rsatilmaganligi, mukofotlash shaklining odilona emasligi, jamoat topshiriqlarining haddan ziyod yuklanishidir. Shuning uchun rahbar qo‘l ostidagilarining nuqson va kamchiliklariga sabr-toqat bilan yondashishi kerak. Rahbar ishchanlik va talabchanlikni odamiylik bilan uyg‘unlashtirishi kishilarda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi. Rahbarda avtoritar va demokratik boshqarish uslublari mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, avtoritar uslubdan: mustaqil qaror qabul qilish, jur‘at, shaxsiy javobgarlik; demokratik usuldan esa - kishilarni faollikka chaqirish, ijodga, shaxsiy g‘ururni shakllantirishga chaqirishda foydalanish mumkin. Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish ma‘lum tamoyillar asosida olib boriladi. Mehnatning ilmiy asoslangan me‘yorlari boshqaruv apparatidagi har bir xodim ishini holisona baholash, moddiy rag‘batlantirishdan samarali foydalanish imkonini beradi. Biroq boshqaruv sohasi, hatto, bitta boshqaruv funksiyasi doirasida o‘z ichiga o‘rta xilma-xil ish turlarini oladi. Ayrim mehnat turlarini normallashtirishga yondashish diferensiyalanishi lozim. Menejer mehnatini o‘ziga xos hususiyatini hisobga olgan holda, rahbarlar uchun boshqaruvchanlik me‘yorini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Me‘yoriy miqdor va boshqaruvchanlik me‘yori barcha darajadagi rahbarlar uchun ishlab chiqilishi mumkin. Miqdoriy me‘yorlar yordamida boshqaruv funksiyasi bo‘yicha xodimlarning umumiy soni aniqlanishi, boshqaruvchanlik me‘yori yordamida esa xodimlarni joy-joyiga qo‘yish mumkin.
Qulay ish tartibi va sharoiti - boshqaruv mehnatining unumdorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri menejer mehnat qiladigan ish o‘rnining holati va sharoitiga bog‘liqdir. Ko‘rib chiqilayotgan muammo ahamiyati ijtimoiy va iqtisodiy jarayonni boshqarish tizimida muhim sifat o‘zgarishlari ro‘y berganda bozorga o‘xshash yangi tashkilotlar yuzaga kelishi bilan yanada kuchayadi. Menejerning ish joyini oqilona tashkil etish boshqaruv faoliyatida imkon qadar qulay ish sharoiti tashkil etilishini ta‘minlaydi, ish unumdorligini oshiradi. Hozir turli kategoriyadagi ma‘muriy boshqaruv xodimlari uchun ish joylarini tashkil etishning besh mingdan ortiq innovatsion loyihalari ishlab chiqilgan2. Bulardan tashqari boshqaruv apparatida ish o‘rinlarini tashkil etishda qator iqtisodiy, ergonomik, etik va estetik talablarga rioya etish lozim. Ergonimika aniq faoliyat apparatida inson va mashinaning o‘zaro moslashishini o‘rganuvchi fandir.
Mehnatning sanitariya-gigiyenik va estetik jihatdan qulay ish sharoiti- binoda kerakli harorat darajasi saqlanishi, me‘yorida yoritilishi, havo namligi, devorlar rangi, mebellar bir-biriga mos tushgan bo‘lishi kerak.
Mebellarning qulayligi, shaxsning antropometrik hususiyatini hisobga olgan holda mebellarni o‘lchami va shakliga ko‘ra tanlab, ularni qulay joyga qo‘yishdan iborat.
Orgtexnika vositalari- ish joyiga tegishli orgtexnika bilan jihozlanishi, shunungdek, undan samarali foydalanish texnologiyasi tashkil qilinishi zarur.
Mehnat va dam olishning oqilona rejimi- menejerning me‘yorga solinmagan ish kuni unga nisbatan ishga chiqishning moslanuvchan jadvalini tuzish zaruriyatini keltirib chiqaradi.


  1. Download 39,27 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish