Toshkent davlat agrar umversiteti qalandarov muxitdin maxmudovich


-rasm. B og ‘-parklardagi butasimon tobulg‘aning oppoq gullari



Download 12,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/99
Sana15.06.2022
Hajmi12,21 Mb.
#672154
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99
Bog'liq
bogdorchilik

6.5-rasm. B og ‘-parklardagi butasimon tobulg‘aning oppoq gullari.
shamoldan saqlash va hududni soya qilish uchun zich shox- 
shabbali o‘simliklar tanlanadi: kashtan, o‘tkir bargli zarang
oddiy qoraqarag‘ay, bandli eman, kam bargli jo ‘ka va boshqalar.
0 ‘simliklar turkumini tanlashda o‘simlikning qurilish ele- 
mentlariga qarab arxitektura - badiiy xususiyati hisobga olinadi, 
ya’ni ulaming balandligi, shoxlaming shakli va barglaming 
tuzilishi. Awalambor, balandlik bo‘yicha farqni va turli 
daraxtlaming shox-shabbalari shaklining tuzilishini e’tiborga 
olish kerak.
Daraxtlar balandiligi bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘li- 
nadi:

birlamchi o‘lchamdagi daraxtlar - balandligi (25m dan 
baland): oddiy qoraqarag‘ay, oddiy va Qrim qarag‘ayi, bandli 
eman, o‘tkir bargli zarang , yirik bargli jo ‘ka (lipa), botqoq sarvi 
va lola daraxti;
54


6.6-rasm. Suv sathida mikroiqlim hosil qiluvchi majnuntol.
- ikkinchi o‘lchamdagi daraxtlar (o‘rtacha 10 m dan 25 m 
gacha): tog‘ va Eldor qarag‘ayi, virgin archasi, oq tut, go'zal 
katalpa, soxta kashtan, dala zarangi, kashtan, qora olxa, Amerika 
shumtoli va boshqalar;
- uchinchi o‘lchamdagi daraxtlar (past bo‘yli 10 m dan 
past): Kanada qoraqarag‘ayi, tatar zarangi, yapon saforasi, ipak 
akas, arg‘uvon, majnuntol, oddiy archa va boshqalar.
Manzarali-kompozitsion ko‘rinishini e’tiborga olib, 5 m dan 
past daraxtlami butalar bilan bir guruhga kiritish mumkin, ya’ni 
0,5m dan 5m gacha balandlikka ega bo‘lgan (ingichka bargli 
jiyda, past bo‘yli yapon behisi va boshqalar).
Butalami balandligi bo‘yicha ham uch guruhga bo‘lish 
mumkin:
55


- birinchi o‘lchamdagi butalar - baland (3-5 m.): do‘lana, 
Semyonov zarangi (klen), g‘arb va sharq biotasi, sariq akas, 
qora marjondaraxt, Ginnal zarangi, sadaqayrag‘och, oddiy 
kalina va boshqalar;
- ikkinchi o‘lchamdagi butalar - o‘rtacha (1-3 m): biryu­
china, siren, beresklet va boshqalar;
- uchinchi o‘lchamdagi butalar - past (0,5-1 m): Bumolda 
spireyasi, yapon spireyasi, lavanda va boshqalar.
Landshaft kompozitsiyalari farq qilish (kontrast) yoki nyu- 
ans tamoyili bo‘yicha shakllanadi. 0 ‘simliklar landshaft 
kompozitsiyasiga biologik, funksional va arxitektura-badiiy 
talab hisobidan qat’iy tanlanadi.
Landshaft dizaynning obyektlari shakllanishida ko‘proq 
quyidagi daraxt-butasimon guruhlar qo‘llaniladi: massivlar, 
landshaft 
guruhlari, 
yakka, 
(soliterlar), 
xiyobonga 
oid 
o‘simliklar, jonli devorlar, vertikal ko‘kalamzor hududlar, gulli 
bezaldar.
Massivlar - sezilarli darajadagi maydonlarda o‘sadigan, bir 
navli yoki ko‘p navli daraxtlar va butalaming qo‘shilishi. Mas­
sivlar, qoidaga ko‘ra, ajratadigan va himoya qiladigan funksi- 
yalami olib boradi, hududlami bo‘lishda, maskirovkalashda, 
dekorativ aktentlar fonini yaratishda tez o‘suvchi navlardan 
tanlab qo‘llaniladi (o‘tkir bargli zarang, emanlar, shumtollar, 
qoraqarag‘aylar va qarag‘aylar). Massivlar ikki turga ajratiladi: 
oddiy va murakkab.
Oddiy massivlar bir turdagi daraxt balandligi bilan umumiy 
dekorativ belgilardan iborat bo‘ladi. Bunday massiv oddiy 
shumtol, bandli va qizil eman, oddiy qarag‘ay, o‘tkir bargli 
zaranglardan (klen) tashkil topishi mumkin.

Download 12,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish