Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar



Download 1,74 Mb.
bet30/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar
1.Pul muomalasi haqida tushuncha
2.Pul muomalasi qonuni
3.Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillar
4.Markaziy bankning bosh maqsadi
5.Pul muomalasini barqarorligini ta’minlash bo’yicha Markaziy bankning vazifalari
6.Monitar siyosatning asosiy yo’nalishlari
7.Pul massasi va uni tarkibi
8.Pul massasini boshqarish
9.Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi
10.Pul agregatlari va uni O’zbekistondagi xususiyatlari
11.Pul va kredit multiplikatori
12.Pul – kredit siyosati va uni asosiy yo’nalishlari
13.Majburiy rezerv stavkasi
14.Iqtisodiyot monetizatsiyasi koeffitsiyenti
6-mavzu: Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari


Reja:
1. Pul tizimi, uning turlari va elementlari.
2. Pulning tarixiy shakllari: haqiqiy pullar va ularning o’rinbosarlari


Adabiyotlar: 2, 3, 21, 23, 37, 39, 40, 62, 67.
Tayanch tushunchalar: Pul tizimi. Pul tizimi elementlari. Pul tizimining turlari. Bimetalizm. Monometallizm. O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning elementlari. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi elementlari va xususiyatlari. Xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi. Pul islohatlari. Pul islohatlarini amalga oshirish usullari. Pulning tarixiy shakllari: haqiqiy pullar va ularning o’rinbosarlari. Qog’oz pullarning qadrsizlanish sabablari.
Maruzani o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Fan bo’yicha tuzilgan ta’lim texnologiyalari uslubiy qo’llanmaga asosan ma’ruza davomida “Aqliy hujum “, “Blits-so’rov”, “Keys-stadi” va boshqa usullaridan foydalaniladi.
6.1 Pul tizimi, uning turlari va elementlari.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi.
Hozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.
Pul tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Pul birligi-sum, rubl va boshqalar
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida hozir jahon pullariga nisbati.
3.Pulning turlari
Umuman pullar quyidagi turlarga bo’linadi:

    • Qog’oz pullar

    • Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlangan.Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra birinchi tangalar 26 asr oldin Lidiya va xitoyda,XVII asrlardahozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiyev Rusida zarb qilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik boshqa metallardan zarb qilingan.

    • Kredit pullar. Kredit pullar qog’oz pullardan farq qilib bir vaqtning o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel,blaknot ,chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.

Qog’oz pullar tarixiy manbalarga ko’ra XVII asrda Xitoyda, 700-yillardakumush tangalar chiqarilgunga qadar Buxoro davlatida qog’oz puldan foydalanilgan, Amerika va Yevropada qog’oz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan.
4. Emissiya tizimi –bu muomaladagi bank biletlari, xazina biletlari, qog’oz pullar va qimmatli qog’ozlar chiqarishdir.Buni mamlakatlarning Markaziy banklari amalga oshiradi.Qimmatli qog’ozlarni ularni emetentlari bo’lgan davlat, banklar, hissadorlik jamiyatlari hisoblanadi.
5. Muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi –Markaziy bank
Pul tizimining tarixan 2 turi mavjud.

  1. Metal pullar tizimi

  2. Kredit va qog’oz pullar tizimi

Metal pullar tizimi bimetalizm (oltin va kumushni qonuniy tartibda umumiy ekvivalent ekanligi) va monometalizm (faqat ularning birini umumiy ekvivalentligi) turlariga bo’linadi.
Rivojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.
1.Pul birligi.
2.Valyuta kursini belgilovchi qoidalar
3. Baho masshtabi
4.Pul ko’rinishlari- kredit biletlari, qog’oz pul va tanga.
5. Emissiya tizimi.
6. Davlat yoki kredit apparati
Rivojlangan mamlakatlar zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega
-oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan,kredit pullarga o’tish;
-pulni muomalaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish;
-pul muomalasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi;
-pul muomalasini davalat tomonidan tartibga solishning kuchayishi Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning,xatto ayrim mamlakatlar pul tizimi tegishli xususiyatlarga ega;
Jumladan, O’zbekiston Respublikasida pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar asosida olib boriladi:
-samarali pul-kredit siyosatini olib borish
-davlat qarzini boshqarish (O’zbekiston Respublikasining tashqi qarzi 2012-yilda YaIM ga nisbatan 16%,2015 yilda 18.5%)
-soliq siyosatini amalga oshirish
-moliya bozorlarini shakllantirish
-monetar siyosatni amalga oshirishda pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash
Umuman, takomillashgan pul tizimi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o’rinni egallaydi. Chunki, inflyatsiyani jilovlash, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan to’lovlarning uzliksizligini ta’minlash ,milliy valyutaning almashuv kurslari barqarorligiga erishish bevosita mamlakat pul tizimining rivojlanganlik darajasiga, uning elementlaridan foydalanish mexanizmining takomillashganligiga bog’liq. Olib borilgan valyuta siyosati ta`sirida 2017-yilda 2016-yilga nisbatan sumning AQSH dollariga nisbatan kursi 15% ga, funtsterlenga nisbatan 6 % ga oshdi va u Rossiya rubliga nisbatan 27%, Janubiy Korea valyutasiga nisabatan 10%, yevroga nisbatan 9%, Xitoy yuaniga nisbatan 6% ga qadrsizlandi. (Bank axborotnomasi. 2017 yil, 6- son, 6- bet)

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish