Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
davrda, Yevropada yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit mintaqa xalqlari qatori 
inglizlarning ham Sharq mamlakatlari bilan aloqa о‘rnatishini taqozo etdi. Zero, buyuk Amir Temur 
vujudga keltirgan ulkan saltanat nafaqat Osiyoning, balki Yevropaning ham diqqat markazida 
turardi. Oradan qariyb olti asr о‘tib, ikki mintaqa xalqlarining avlodlari yana bir-biri bilan о‘zaro 
aloqalarni tikladi. Ikki mintaqa о‘rtasida siyosiy, madaniy hamkorlik yо‘lga qо‘yildi. 
 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya о‘zining iqtisodiy salohiyati va jahonga 
mashhur firma va kompaniyalar faoliyati bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniya О‘zbekiston 
mustaqilligini 1991-yil 31-dekabrda tan olgan va 1992-yil 18-fevralda diplomatik munosabatlar 
о‘rnatildi
1
. О‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya о‘rtasidagi hamkorlik 1993-yil 22-25-noyabrda 
О‘zbekistonning birinchi Prezidenti I. A. Karimovning Buyuk Britaniyaga qilgan tashrifi chog‘ida 
imzolangan “Savdo-iqtisodiy hamkorlik tо‘g‘risida”, “Kapital qо‘yilmalar sarflanishini 
rag‘batlantirish va о‘zaro himoya qilish haqida” hamda “Ikki yoqlama soliq solinishiga yо‘l 
qо‘ymaslik tо‘g‘risida”gi shartnomalarga asoslanadi
2
. Hamkorlikning izchil davom etayotganligini 
2016-yil dekabr oyida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Alan Dunkanning О‘zbekistonga rasmiy 
tashrifida kо‘rish mumkin. Tashqi ishlar vaziri Alan Dunkan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev bilan uchrashib, ikki tomonlama aloqalarning bugungi ahvoli tahlil etildi va istiqbol 
rejalar kelishib olindi. Markaziy Osiyodagi yirik davlat - О‘zbekiston bilan kо‘p sohalarda manfaatli 
hamkorlikni rivojlantirishdan rasmiy Londan ham juda manfaatdor ekanligini Alan Dunkan alohida 
ta’kidlab о‘tdi. 2017-yil holatiga ko‘ra ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni 
rivojlantirishga 22ta huquqiy shartnomalar asos bо‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy 
aloqalarda yildan yilga о‘sish bо‘lganligini kо‘rish mumkin. 2009-yil yakunlariga kо‘ra ikki 
tomonlama savdo – tovar aylanmasi 37,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan
3
. Bu kо‘rsatgich Buyuk 
Britaniyaning О‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi bо‘yicha 
2-о‘rinda turishini anglatadi
4
. Buyuk Britaniya raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellektni 
rivojlantirish va amaliyotga tadbiq etish bо‘yicha jahondagi eng ilg‘or davlatlardan biri hisoblanadi. 
Buyuk Britaniyaning ushbu sohadagi yutuqlari bilan tanishish maqsadida 2019-yil 29-31-oktabr 
kunlari “О‘zbekistonda hukumatning raqamli transformatsiyasi: Buyuk Britaniya tajribasi” 
mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot va raqamli 
iqtisodiyot bо‘yicha mutaxassislar V.Pak va K.Muhamadxanovalarlar ishtirok etib, ushbu yо‘nalishda 
amalga oshirilgan oxirgi tadqiqotlar va yutuqlar bilan о‘rtoqlashdilar. Hozirgi davrda jahonning 
kо‘plab davlatlari, jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Fransiya, AQSH kabi rivojlangan davlatlarda 
ham raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellekt borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
О‘zbekiston ham aynan shu yо‘nalishni rivojlantirishga katta e’tibor qaratib, davlat siyosati 
darajasiga kо‘tardi. О‘zbekiston Respublikasida 2020-yil “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” 
deb e’lon qilingani ham buning dalilidir. О‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga paxta tolasi
qimmatbaho toshlar, qora metallar, volfram va ulardan yasalgan buyumlar eksport qilinsa, Buyuk 
Britaniyadan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qand-shakar va qandolat mahsulotlari, plastmassa 
va undan yasalgan buyumlar mineral yoqilg‘i, farmatsevtika mahsulotlari, shu jumladan, dori-
darmon, qog‘oz va karton, mebel, optik priborlar va apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy 
birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari import qilinadi
5
. Hozirgi paytda Buyuk Britaniyaning 
dunyoga mashhur bir qancha firmalari va banklari respublikada faoliyat kо‘rsatmoqda. 
1
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”, 2005. – Б. 163. 
2
Ғуломов Х.Г. Холлиев А.Г. Международные связи Республики Узбекистан с Великобританией и США(1991-2001гг). Ташкент, 
“Университет”, 2002. – Б. 23. 
3
Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий алоқлар, инвестициялар ва савдо вазирлиги жорий архиви. Европа Иттифоқи билан 
савдо-иқтисодий, инвестиция ҳолати ҳақида маълумот. – Б. 3; 
4
Ўзбекистон Республикаси билан ўзаро савдо-товар айланмаси бўйича Европа Иттифоқи давлатлари ичида 2009 йил 
якунларига кўра Германия 1- ўринни эгаллади. 
5
Давлатлар ва халқаро ташкилотлар. (Маъсул муҳаррир ф.ф.д. Қ.Н. Назаров). Тошкент, “Академия”, 2005. – Б. 164. 


191 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish