Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
Yangi mavzu bayoni. O‘quvchilarga bugun darsda tabiatda uchraydigan o‘zgarishlar haqida 
suhbat olib borilishi aytib o‘tiladi. Kuz faslida ob-havodagi o‘zgarishlar to‘g‘risida tushunchalar 
beriladi hamda ushbu tushunchalarni mustahkamlash maqsadida “Birgalikda chizamiz” o‘yini 
o‘ynaladi. O‘yinning borishi: o‘qituvchi kuz fasliga oid bo‘lgan, lekin ichidagi rasmlari bo‘yalmagan 
rasmni qo‘yadi. O‘quvchilar birma-bir chiqib rasmlarni bo‘yashlari kerak. Bu o‘yinda tayyor bo‘yalgan 
rasmlardan ham foydalanish mumkin. O‘qituvchi tayyor bargchalarni yoki yomg‘ir tomchilarini 
tarqatib chiqadi, o‘quvchilar esa ularni doskadagi suratga qo‘yib chiqishlari kerak. 
Jismoniy daqiqa. “Quyosh nurlari” o‘yinida noverbal muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi 
o‘yindan foydalaniladi. O‘yinning borishi: o‘quvchilar aylana bo‘ylab turib oladilar. Qo‘llarini oldinga 
markaz tomon cho‘zib turadilar. Har bir o‘quvchi o‘zini quyoshning iliq nuri ekanini his etishi kerak. 
Mustahkamlash. Kuz faslida pishadigan meva yoki sabzavotlardan foydalangan holda 
“Mazasiga qarab top” o‘yini o‘ynaladi. O‘yinning borishi: o‘qituvchi 2 tadan o‘quvchini yoniga 
chaqiradi. Ularning birini ko‘zini bog‘lab, ko‘zi bog‘lanmagan o‘quvchiga biron-bir sabzavot yoki 
mevaning kichik bo‘lagini o‘rtog‘iga berishini aytadi. Ko‘zi boylangan o‘quvchi ta’miga qarab nima 
ekanini topishi kerak. Agar to‘g‘ri topsa, uning ko‘zlari yechilib yonida turgan hamrohining ko‘zlari 
bog‘lanadi va birinchi o‘quvchidan ko‘zi bog‘langan hamrohiga meva yoki sabzavotni yedirish 
vazifasi yuklatiladi. 
Xulosa. O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Uyga vazifa. 
Kartochkada berilgan kuz fasliga oid she’rni yod olish. Rag‘batlantirish. O‘quvchilarning faoliyatiga 
ko‘ra baholanadi. 
“Alifbe” darsi. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga o‘quv qurollari haqida tushuncha berish. 
Tarbiyaviy maqsad: o‘quv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni asrash, tozalikka rioya etish 
qoidalari bilan tanishtirish. Korreksion maqsad: o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish, o‘zaro 
muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish. 
Darsning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun haqida so‘rash. 
Kichik she’r bilan o‘quvchilar diqqatini darsga jalb etish. 
Mehmon bo‘lib keldi kuz, 
Kuz emas u oltin kuz. 
Bog‘larda mevalar pishgan, 
Barchamizni xursand etgan. 
O‘quvchilardan qaysi faslning ta’rifi keltirilgani so‘raladi. 
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Kun tartibi” mavzusi “Oyna” noverbal o‘yini asosida 
takrorlanadi. O‘yinning borishi: o‘quvchilar orasidan bir o‘quvchi chiqib o‘zining kun tartibini 
pantomimika orqali ko‘rsatadi, boshqa o‘quvchilar o‘z akslarini ko‘rgandek harakatlarni qaytaradilar. 
Yangi mavzuning bayoni. O‘quvchilarga bugun darsda ular ta’lim olishlarida yordamchi bo‘lgan o‘quv 
qurollari haqida suhbat olib borilishi aytib o‘tiladi. O‘quv qurollarining har biri nima vazifani bajarishi 
birma-bir tushuntiriladi. “To‘rtinchisi ortiqcha” o‘yini orqali o‘quvchilar bilimi tekshiriladi. O‘yinning 
borishi: o‘qituvchi doskaga uchta o‘quv qurollariga oid va bitta o‘yinchoq rasmini qo‘yadi, uchta 
o‘quv quroliga oid, bitta meva yoki sabzavotlarga oid rasmlarni qo‘yadi. O‘quvchilar o‘quv qurollari 
orasidagi ortiqcha rasmni topishlari kerak. Jismoniy daqiqa. “Sumkangizni maktabga tayyorlang” 
o‘yinidan foydalaniladi. O‘yinning borishi: stol ustiga turli xil predmetlar qo‘yiladi. O‘quvchilar birma-
bir chiqib, faqat maktabda foydalaniladigan o‘quv qurollarini ajratib, sumkaga solishlari kerak. 
Shuningdek, o‘quvchilarni ikki guruhga ajratib, har bir guruhga alohida-alohida stol ustida 
predmetlar qo‘yib, ular ichidan maktabga kerakligini kim tez joylashtirib berishi so‘raladi. 
Mustahkamlash. “Amaliy topshiriqlar” o‘yinidan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar o‘quv 
qurollaridan qanday foydalanish, ularning boshqa predmetlardan farqini bilib oladilar. Bu o‘yin 
yordamida bolaning aniq amaliy vaziyatni tushunishi aniqlanadi. Vaziyat yechimining mantiqiy 


34 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish