Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
moddasida internatlarda maxsus psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish, hayotiy ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga eʻtibor qaratilgan, 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoyishi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi
1
. Har bir inson jamiyatda o‘z o‘rniga ega, shunga ko‘ra 
atrofidagi insonlar bilan o‘ziga xos munosabatga kirishadi. Muloqot - insonlar o‘rtasida o‘zaro 
munosabatni o‘rnatuvchi ko‘p tarmoqli murakkab jarayondir. Muloqot jarayoni insonlarga boshqa 
odamlarni tushunishga, ularning his-tuyg‘ularini, harakatlarini baholashga yordam beradi, bu esa o‘z 
navbatida uni hayotda o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga 
ko‘maklashadi. Xususan, muloqot insonning asosiy faoliyat turlaridan bo‘lib, boshqa insonlar bilan 
munosabatga kirishish orqali o‘zini baholay olish imkonini beradi, ya’ni shaxs sifatida shakllanishiga 
zamin yaratadi. L.S.Vigotskiyning e’tirof etishicha, insonning bilish jarayonlari o‘zaro faoliyat va 
muloqot asosida rivojlanadi. Muloqot jarayonidagi nuqsonlar shaxsning rivojlanishiga ta’sir etadi. 
Bolalar o‘zlarini shaxs sifatida anglashga qiynaladilar, bu esa o‘zaro munosabatga kirishishda 
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi
2
. Muloqot qilishga bo‘lgan ehtiyoj tug‘ma hisoblanmaydi. U hayot 
davomida atrofdagi insonlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishdagi amaliy tajriba davomida 
shakllanadi. Har bir insonni shaxs sifatida shakllanishida atrofidagi yaqin insonlari, ya’ni ota-onasi, 
qarindoshlarining taʻsiri kattadir. Pedagog va tarbiyachilar ham aqli zaif bolalarning atrofidagi 
insonlar bo‘lib hisoblanadi, ular ham bola shaxsini rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi. 
Shuningdek, aqli zaif bolalar har kun hayotlarida to‘qnashadigan oddiy odamlar ham bolaning shaxs 
sifatida shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Aqli zaif bolalar bosh miyasining organik jarohatlanishi 
natijasida kelib chiqqan bilish jarayonlaridagi o‘ziga xos nuqsonlar boshqa insonning emotsional 
holatini idrok etishda qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, bu esa o‘z navbatida o‘zaro muloqot 
jarayonida boshqa inson haqida noto‘g‘ri noadekvat ma’lumotga ega bo‘lishiga olib keladi. 
Intellektida nuqsoni bo‘lgan inson eng ko‘p farqlay oladigan emotsional holat bu xursandchilik va 
qayg‘u-g‘am holatidir. E.G.Fedoseyevaning e’tirof etishicha, intellektdagi nuqsonlar nafrat, zarda, 
hayratlanish kabi emotsional holatlarni aniqlashlari qiyindir. Balki bu oddiy hayotiy jarayonda ushbu 
emotsional holatlarni nisbatan kam namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Chunki aqli zaif bolalarda 
emotsional-iroda doirasi yetarlicha rivojlanmagan, hayajonlanish, ta’sirlanish holatini yaqqol 
ifodalanmaganligi biron-bir emotsional holatga tashvishlanish imkoniyatlarini chegaralaydi
3

Asosiy vazifa shundaki, aqli zaif bolalarning muloqot qilish xarakteristikasiga ko‘ra o‘zaro 
muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha korreksion ish tizimini tashkil etish lozim.
Korreksion psixologiya va pedagogikada muloqot qilish muammolariga eʻtiborning qaratilishi sababi 
shuki, anomal rivojlanish jarayonida muloqot o‘ziga xos rivojlanishga ega bo‘ladi. L.I.Dargevichene, 
N.L.Kolominskiylarning tadqiqotlarida maxsus maktablarning boshlang‘ich va katta sinf 
o‘quvchilarining o‘zaro shaxsiy munosabatlarining o‘ziga xosligi o‘rganilgan
4
. Intellektida nuqsoni 
bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muloqotidagi muammolar bo‘yicha yirik tadqiqot 
o‘tkazganlardan biri bu V.G.Petrovaning (2004) ishlaridir, u maxsus maktab o‘quvchilarining idrok 
qilishi va tushunishining o‘ziga xos tomonlarini ochib bergan. Aqli zaif o‘quvchilarga aniq ifodalangan 
asosiy insoniy hissiyotlar tushunarli bo‘lib, biroq intellektual hissiyotlarini idrok etish bir qancha 
mushkuldir. J.I.Namazbayevaning ishlarida ilk bor intellektida nuqsoni bo‘lgan yuqori sinf 
o‘quvchilarida ishbilarmonlikka oid muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini 
1
“Ногиронлиги бўлган шахсларни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари 
тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5270-сонли 2017 йил 1 декабрдаги Фармони.
2
Выготский Л.С. Основные проблемы современной дефектологии. М.: 1995. С. 147-173. 
3
Федосеева Е.Г. Формирование коммуникативных умениий у детей старшего дошкольного возраста с ОНР: Автореф. дис… 
канд. пед. наук. – М., 1999. - 18 с. 
4
Давлетшин М.Г., Дўстмуҳамедова Ш, Мавлонов М., Тўйчиева С. Ёш даврлари ва педагогик психология. Т., 2004 й. – 51б. 


32 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish