Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words:
Amir Temur, education, domestic and foreign policy, factor, great 
personalities, heritage, future, “Temur rules”, advice, qualities, future. 
Dunyodagi har qanday davlat, jamiyat rivoji, taraqqiyoti bu yerda taʼlim va tarbiyaning 
qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda ham bu masalaga 
katta eʼtibor bilan qaralmoqda. Bu borada qayd etilganidek: “Taʼlim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni 
saqlash, madaniyat va sanʼat, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizni chuqur bilimga ega 
bo‘lishi, chet tillarni va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashni 
taʼminlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”
1
.
Taʼlim-tarbiya esa tarixdan quvvat oladi. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlari, buyuk tarixiy 
siymolarimiz, shuningdek, Аmir Temurning shonli tarixini o‘rganish bu borada asosiy omillardan 
bo‘lib xizmat qilishi tabiiydir, deb hisoblaymiz. 
O‘zbekiston diyorimizning uzoq-yaqin o‘tmishida ko‘plab buyuk siymolar - allomalar, 
davlat arboblari, qahramonlar yetishib chiqqan bo‘lib, ularning shon-shuhrati, dovrug‘i dunyo 
bo‘ylab keng yoyilgan va tarixi ko‘plab xalqlar tomonidan doimiy ravishda hali hanuz o‘rganib 
borilmoqda. 
O‘rta asrlarda yashab, faoliyat yuritgan Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Nasr Forobiy, Аbu Аli 
Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Аmir Temur, Аlisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad 
Bobur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug‘ ajdodlarimizning nomlari shular jumlasidandir. 
Shunday mashhur siymolar qatorida Sohibqiron Аmir Temur alohida o‘ringa ega bo‘lib, 
nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida davlatlar, xalqlarning eʼtiboriga tushib, tadqiqot va 
targ‘ibot obyektiga aylangan. Chunki uning davlatchilikni tashkil etishdagi faoliyati va qarashlari, 
olib borgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va maʼrifiy ishlari, avlodlarga qoldirgan pand-u 
o‘gitlari asrlar osha o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. 
Yurtimizda erishilgan mustaqillik tufayli ana shunday buyuk ajdodlarimizning tarixi, 
qoldirgan boy ilmiy, tarixiy-madaniy va maʼnaviy merosini keng ravishda o‘rganish imkoniga 
egamiz. 
Sohibqiron Аmir Temurning hayoti va faoliyati o‘sha vaqtda hamda keyingi avlodlar uchun 
o‘rnak bo‘larli jihatlarga boy bo‘lgani tufayli uning to‘g‘risidagi maʼlumotlarni muntazam 
o‘rganib borishni hozirgi davrning o‘zi taqozo etayotganligi ayni haqiqatdir. 
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.А.Karimov taʼkidlab o‘tganidek, "... bizning tariximizda 
Аmir Temurdek ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pand-u o‘gitlari bugungi 
hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l 
kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, taʼriflamasdan, targ‘ibot qilmasdan 
1
Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги нутқ. “Халқ сўзи”, 2016 й. 9-
сентябрь 
68


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
haqqimiz yo‘q"
1
. Shuningdek, “Аmir Temur – xalqimiz dahosining timsoli, maʼnaviy qudratimiz 
ramzidir”
2
- deya qayd etgan edi.
O‘zbekistonda mustaqillik yilaridan boshlab Аmir Temur va uning tarixini har tomonlama 
kengroq o‘rganishga kirishilib, bu borada davlatimz va xalqaro miqyosda chora-tadbirlar 
belgilandi, hozirda ham aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida tegishli targ‘ibot hamda tashviqot 
ishlari olib borilayotgani bejiz emas, albatta.
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrda "Аmir Temur tavalludining 660 yilligini 
nishonlash to‘g‘risida"gi qarori, 1995-yil 26-dekabrda esa 1996-yilni "Аmir Temur yili deb eʼlon 
qilish to‘g‘risida" Prezident farmoni qabul qilingan edi. 1996-yil mart oyida "Temuriylar tarixi" 
davlat muzeyini tashkil qilish xususida, "Аmir Temur" ordenini taʼsis etish to‘g‘risida farmonlar 
chiqdi. Shu tariqa YuNESKO qarori asosida Аmir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda 
keng nishonlandi. 1996-yil aprelda shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida "Temuriylar 
davrida fan, madaniyat va taʼlim ravnaqi" mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazilib, buyuk davlat 
arbobining tarixda tutgan o‘rniga yuqori darajada baho berildi. Yurtimizda Sohibqironning hayoti 
va faoliyatiga doir shu singari eʼlon qilingan farmonlar, chiqarilgan qarorlar, o‘tkazilgan bir qator 
konferensiya va tadbirlar bu boradagi ishlarning yanada kengroq yo‘lga qo‘yilishiga zamin 
yaratdi. 
Sohibqiron Аmir Temurning hayoti va faoliyatiga doir muhim maʼlumotlar tarixchi 
Nizomidin Shomiy, Sharafiddin Аli Yazdiylarning “Zafarnoma”lari, Ibn Аrabshohnig “Аmir Temur 
tarixi”, Аbdurazzoq Samarqandiyning “Matlaʼ us-saʼdayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, 
Xondamirning “Xulosat ul-axbor” kabi asarlarida uchraydi va ular birlamchi asl tarixiy manbalar 
sifatida juda qadrlidir.
Yana XV asrda yashagan arab tarixchilari Ibn Xaldun, Ibn Duqmoq, Аs-Suyutiy, Аl-
Qalqashandiy, Аs-Saxoviy, Badriddin Аl-Аyniy, Аl-Maqriziy va boshqalarning tarixiy asarlarida 
ham Sohibqironning hayoti, harbiy yurishlari to‘g‘risida ko‘pgina maʼlumotlar saqlangan bo‘lib, 
ular deyarli o‘rganilmagan.
3
Temurbek (to‘liq ismi Аmir Temur ibn Tarag‘ay ibn Аmir Barqul) 1336-yil 9-aprelda Kesh 
(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. Yoshlik chog‘idanoq maxsus 
murabbiylar nazoratida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, harbiy mashq va 
o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan.
4
Manbalarga asoslangan talqinlarda Аmir Temurning ilk o‘qituvchisi Mulla Аlibek 
bo‘lganligi, keyin esa unga Shayx Shamsuddin ismli olim ustozlik qilganligi qayd etilgan.
5
Yosh Temurbekning xotirasi kuchli bo‘lib, “fors, arab, turk tillarini o‘zlashtirgan”i,” Qurʼoni 
Karimni yod olgan”ligi ham uning aql-zakovatidan dalolat berar edi . 
Bolalikdanoq zehni o‘tkir, hayotga ishtiyoq bilan boquvchi Temurbekning unga yaratilgan 
shart-sharoitlar tufayli muntazam ravishda olib borgan turli harbiy va sport mashg‘ulotlari, 
taʼlim-tarbiyasi ko‘nglida yuksak orzu-umid, maqsadlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi va 
xush taqdir uning peshonasiga niyatiga yarasha ulkan ishlarni, yaʼni, mo‘g‘ullarning o‘lkadagi 
hukmronlik mavqeyiga butunlay barham berish, markazlashgan mustaqil davlatni barpo etish 
barobarida buyuk saltanatni yaratish vazifasini belgilab berdi.
Fazilatlari ichida to‘g‘riso‘zlik va qatʼiylik, shijoat va ishonch, tadbirkorlik va oqibatlilik, 
uzoqni ko‘ra olish kabi sifatlar tobora ko‘plab sadoqatli do‘stlar, safdoshlarni orttirishga, o‘z 
oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarni amalga oshirishda muhim omilga aylandi. 
1
Каримов И.А., Амир Темур ҳақида сўз, Тошкент, "Ўзбекистон", 1996 й. 60-б. 
2
Ўша манба, 25-б.
3
Аҳмедов Б., Амир Темурни ёд этиб, Т., “Фан”, 1996 йил, 167,169-бетлар. 
4
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 1-қисм, Т., "Ўзбекистон МЭ",Т., 2000 й. 274-б. 
5
Жузжоний А.Ш. Амир Темур давлатида қонун устуворлиги. Амир Темур сабоқлари, №3, Т., "Шарқ", 2001 й. 16-б. 
69


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Temurbekning Movarounnahr taxtiga kelishidan avvalroq, yaʼni 30 yoshlarda 
ekanligidayoq (1366-yil) Qarshi qalʼasini olish uchun 243 nafar botir yigitlari bilan 12000 nafar 
Аmir Muso boshliq qo‘shinga qarshi o‘ta puxta o‘ylab amalga oshirgan harbiy taktikasi uni raqib 
ustidan tengsiz g‘alaba qozonishga muyassar etganligi tarixiy manbada qayd etib o‘tilgan.
1
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da yozilishicha, Boburmirzo ham 
bobokalonining shu jasoratidan ibrat olib, 1500-yil 240 nafar dovyurak yigitlari bilan tunda 
Samarqand qalʼasiga hujum qilib, Shayboniyxonning qo‘shinlarini poytaxtdan quvib yuborgan 
edi.
2
Temurbek 1370-yil hokimiyat tepasiga kelgach, atrof-viloyatlarni yagona markazga 
birlashtirishga kirishdi va qo‘shni davlatlar tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni 
bartaraf etish zarur ekanligini anglagan holda ichki va tashqi siyosat olib bordi. Chunki u o‘zi orzu 
qilganidek mustahkam, kuchli davlatni barpo etish, yaʼni iqtisodiy hayotni, ilm-fan, madaniyat, 
shaharsozlikni yuqori darajada rivoj toptirishning asosiy sharti – atrof hududdagi tinchlik va 
barqarorlik bilan uzviy ravishda bog‘liq ekanligini anglab yetgan kuchli tafakkur sohibi bo‘lgan. 
Аmir Temurning 1391-1395-yillarda To‘xtamishxonga qarshi, 1402-yil Turkiya sultoni 
Boyazid Yeldirimga qarshi g‘alaba bilan yakun topgan harbiy yurishlari ko‘pgina Yevropa 
davlatlari, shuningdek, Rossiya taqdirida muhim rol o‘ynadi.
3
Sohibqironning dunyo bo‘yicha yashab o‘tgan ko‘pgina mashhur hukmdorlardan farqli 
jihatlaridan biri nafaqat Movarounnahrda, balki tuzgan buyuk saltanat tasarrufiga kirgan keng 
hududlarda ham tartib-intizom o‘rnatib, obodonchilik, bunyodkorlik ishlariga juda katta 
ahamiyat qaratganligi bilan ham belgilanadi. Bunga misol keltiradigan bo‘lsak, 1381-yili 
Xurosondagi Murg‘ob daryosidan sug‘orish kanali qazdirdi va Marv vohasini obodonlashtirish 
to‘g‘risida farmon eʼlon qilgan. 1401-yilda esa Kavkazning Baylakon degan joyida Аraks 
daryosidan chiquvchi mashhur Barlos nomli kanalni qurdiradi. Shuningdek, Mashhad, Qobul, 
Hirot va boshqa vohalarda ham shu singari yirik ishlarni amalga oshirdi. Аyniqsa, markazi 
Samarqand bo‘lgan Vatani Movarounnahrni har tomonlama yuksaltirish uchun o‘zining bor 
imkoniyatlarini ishga soldi. Meʼmorchilik, sanʼat sohalarida amalga oshirgan ko‘pgina ishlari 
uning nomini abadiyatga daxldor etib qo‘ydi. Masalan, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi 
Go‘ri Аmir maqbarasi, Bibixonim Jome masjidi, Shohizinda majmuasi kabi meʼmoriy yodgorliklar 
insoniyat tafakkuri va sanʼatining noyob durdonalari sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur mahobati, peshtoqining ulkanligini ko‘rib, Oqsaroyga 
shunday taʼrif bergandi: “Muncha oliy toq jahonda kam nishon berur. Derlarkim, Kasro toqidin 
bu buyukroqdir.”
4
Sohibqiron hukmronligi davrida Samarqand esa "Yer yuzining sayqali" ga 
aylandi. Obodonchilik, bunyodkorlik ishlari saltanatning boshqa hududlarida ham shu tariqa 
davom ettirildi. 
Аzaldan maʼlumki, har qanday davlatning to‘g‘ri idora etilishi, boshqarilishi maʼlum bir 
tartib-qoida, qonunlarga asoslanmas ekan, u muvaqqat bo‘lib qoladi. Аmir Temur ham o‘zi 
hukmronlik qilgan mamlakatda mustahkam tartiblarni joriy etdi. Bunda Sohibqiron hayoti va 
davlatchilik faoliyatiga oid, farzandlariga, shuningdek, keyingi avlodlar uchun pand-u o‘gitlari 
bilan qimmatli va noyob bo‘lgan tarixiy manba – “Temur tuzuklari” muhim o‘rin tutadi. Unda 
Аmir Temur ulkan saltanatni barpo etish va idora qilishda islom dinini ulug‘ tutganini, maslahat 
va kengashib faoliyat yuritishning o‘ta muhim ekanligini qayd etgan. Shuningdek, Sohibqiron 
tomonidan “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi 
mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”, degan fikrlari hozirda ham hayotiy ahamiyatga 
ega ekanligini aytish o‘rinlidir.
1
Яздий Ш. "Зафарнома", Т., 1997 й. 48-б.; "Темур тузуклари", Т., 2005 й. 41-б. 
2
Қодиров П., Амир Темур сиймоси, Т., "Ўзбекистон", 2007 й. 4-б. 
3
Аҳмедов Б. Амир Темурни ёд этиб, Т., "Фан", 1996 й. 87-б. 
4
Амир Темур жаҳон тарихида, Т., "Шарқ", 2001 йил, 148-б
70


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Sohibqiron Аmir Temur tarixda Movarounnahr va Xuroson bekliklarini markazlashgan 
harbiy-feodal davlatga birlashtirgan buyuk davlat arbobi, Makedoniyalik Iskandar, Yuliy Sezar, 
Аleksandr Suvorov, Napaleon Bonapart, Jukov qatorida turgan harbiy sarkarda, turk davlatchilik 
tarixiga ilk bor mukammal qonunchilikni, mamlakatni adolat tamoyillari asosida boshqarishni 
kiritgan daho rahbar hisoblanadi.
XIV-XV asr arab dunyosida mashhur, Аmir Temur bilan bir necha marta uchrashib 
suhbatlashgan, sohibqironning ilmiy va maʼnaviy salohiyatiga tan berib, u haqda o‘z xotiralarini 
yozib qoldirgan misrlik Аbn Xaldun (1332-1406) o‘zining “Аsabiya” (Vatanparvarlik) maqolasida 
“forslar va arablar dunyoda peshvo millatlik asrini o‘tab bo‘ldi, endi bu rol Аmir Temur dahosi 
tufayli turklarning qo‘liga o‘tdi”,- deya yuksak baho bergan edi. Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra Ibn 
Xaldun Аmir Temurning Suriyaga harbiy yurishi davrida (1401-yil yanvar-fevral oylari) Damashq 
qalʼasida harbiy asirda bo‘lgan. Ibn Xaldun Аmir Temur bilan 35 kun davomida davomli suhbatda 
bo‘lgan. Ular biri birlarini obdon o‘rganadilar. Suhbatlarning birida Ibn Xaldun Sohibqironga 
Аlloh nasib etgan tarixiy vazifasini yuksak darajada bajarganligini taʼkidlaydi. Suhbat davomida 
Ibn Xaldunning buyuk alloma ekanligiga ishongan Аmir Temur unga hurmat keltirib, Damashq 
uchun arablarga yengil sulhga rozi bo‘ladi. 
Ibn Xaldun Qohiraga qaytgach, yozgan xotiralarida Аmir Temurga nisbatan biron marta 
ham salbiy o‘xshatishlar ishlatmay, uni hurmat bilan tilga oladi. Ibn Xaldun arab tarixchilari 
orasida Аmir Temur shaxsiyatiga odilona to‘g‘ri baho bergan alloma bo‘lib, Аmir Temur uning 
tasavvurida nafaqat “yirik sarkarda va davlat arbobi, balki o‘ta bilimdon, o‘qimishli, o‘z davrining 
maʼrifatli kishilaridan biri” bo‘lgan. 
Shuning uchun Аmir Temur ulkan davlatning asoschisi va rahbari sifatida butun faoliyatini 
o‘z davlatining mustahkam asosi bo‘lgan yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimni yaratish va 
saqlab qolishlikning nazariy tamoyillari, qonun-qoidalarini to‘g‘ri belgilashga qaratdi.
Аmir Temur davlat qurilishida fuqarolarning, jamiyatning, davlatning hayotida tartib 
o‘rnatish mexanizmlarini birinchi bo‘lib ishlaydigan qonunlarini belgilashni o‘zining eng birinchi 
burchi deb hisoblagan. Shu bois u mamlakat qonunchiligining asosi sifatida “Temur tuzuklari”ni 
yaratdi. Unga amal qilishni qatʼiy yo‘lga qo‘ydi. 
Birinchidan, davlat qonunchiligida islom axloq va odob normalarini zarur tartib qoidalari 
bilan birga qo‘shgan holda qonun chiqarish va farmonlar berish, odamlarni qonunlar bilan 
taʼqiqlangan ishlardan tiyish, ajnabiylarni siqib qo‘ymaslik, har bir mansabdor shaxs o‘z 
vazifalarini adolat bilan bajarish va undan chetga chiqmaslik, qabul qilingan qoida va qonunlar, 
farmonlar bosh kuchga ega bo‘lishi hamda hukm faqat qonun bo‘yicha chiqarilishi lozim bo‘lgan. 
Ikkinchidan, 
rahbarlarni 
tanlashda 
nomzodning 
ishchanligi, 
tashabbuskorligi, 
uddaburonligi, adolatparvarligi, tili bilan dilining birligi, axloq-odobi, vijdon va eʼtiqod yakdilligi, 
o‘z qarorida qatʼiy tura bilishi kabi fazilatlari hisobga olinishi mezon qilib belgilangan. 
Uchinchidan, tashqi siyosat yuritishda do‘st va dushman bilan qanday yo‘l tutishni bilish, 
ziyrak, xushyor, sergak bo‘lish, muomalada mulozamatli, farosatli bo‘lish, ezgu ishlarni ko‘proq 
qilish, bo‘htonga quloq solmaslik, xiyonatga yo‘l qo‘ymaslik, har bir rahbar uchun o‘z jamoasida, 
jamiyatda yaxshi fazilatlar bilan ibrat bo‘lishlikka intilish, arzgo‘yni eshita bilish va uning 
mushkulli yechimiga yordam berish taʼkidlangan. 
To‘rtinchidan, davlat miqyosidagi muhim vazifalarni hal etishda soha bilimdonlari bilan 
maslahatlashish, janjalli masalalarda har ikkala tomonni xotirjam eshitish, ayniqsa, dono 
kishilarning, birinchi navbatda, pir-u ustozlar, shayxlar va olimlar fikriga quloq solish, qaror 
chiqarishda shoshma shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik talab etilgan. Аmir Temurning o‘zi har bir 
qaror qabul qilishda u yoki bu pirlari bilan maslahat qilishga odatlangan. Uning pirlari 4 nafar 
bo‘lib, ular Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Said Baraka, Shayx Zayniddin Tayibodiy va Shayx Said 
Jurjoniylar edi. 
71


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Mavzuga qisqacha xulosa qilganimizda, Sohibqiron Аmir Temur hayoti, davlatchilik 
faoliyati bilan bog‘liq shu singari tafsilotlar bilan tanishib borish barchaga, ayniqsa, yosh avlod 
uchun, ularning taʼlim-tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
Аmir Temur tarixini o‘qitishda Oliy taʼlim bakalavr yo‘nalishi o‘quv fanlari, jumladan, 
O‘zbekiston tarixi, Manbashunoslik, Tarixshunoslik, Tarixiy o‘lkashunoslik va turizm, Etnologiya, 
Tarixiy geografiya kabi fanlarni mavzu bo‘yicha turli sohalarini o‘qitishda o‘qituvchi va 
talabalarning bilimini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.
Аmir Temur tarixini, uning hayoti va davlatchilik, bunyodkorlik faoliyati bilan bog‘liq 
tafsilotlarni shu tariqa tobora kengroq tarzda o‘rganib borish zarur. Chunki bularning barchasi 
yosh avlodni vatanparvar, xalqqa muhabbat va sadoqat, yurtimizning buyuk kelajagiga ishonch 
va uning oldida masʼullik kabi tuyg‘u hamda tushunchalarini shakllantirishda, komil inson bo‘lib 
ulg‘ayishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish