Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


-rasm. Bezgak parazitining rivojlanish sikli sxemasi



Download 2,21 Mb.
bet11/16
Sana01.07.2022
Hajmi2,21 Mb.
#726376
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar

11-rasm. Bezgak parazitining rivojlanish sikli sxemasi: 1-bezgak chivini so'lak bezidan odam qoniga chiqayotgan merozoitlar; 2,3-sporozoitlarning jigar hujayralarida ko'payishi; 4-shizogoniya yo'li bilan sporozoitlardan merozoitlarning hosil bo'lishi; 5-11-eritrotsitlarda shizogoniya yo'li bilan merozoitlarning ko'payishi; 12,13-makrogametotsitning yetilishi; 14,15-mikrogametotsitlarning yetilishi;16,17-makrogameta va mikrogametalar hosil bo’lishi va ularning qo'shilishi;18-zigota - ookinetalarining chivin ichagi hujayralariga kirishi; 19, 20-sporozoitlar hosil bo'lishi va chivin tana bo'shlig'iga chiqishi; 21-sporozoitlarning chivin so'lak beziga o'tishi; 22-26-chivinning odam hujayralarida rivojlanishi.
Eritrotsitlarda rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuola bo'lganligi uchun uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinchalik vakuola yo'qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi. Trofozoitlardan bo'linib ko'payuvchi shizontlar hosil bo'ladi. Eritrotsitlardagi bir shizont yadrosi bir necha marta bo'linadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So'ngra bu merozoitlar eritrotsitning qobig'ini yemirib, qon plazmasiga o'tadi. Bu hodisa merozoit eritrotsitga kirgandan 48 soat o'tgach sodir bo'ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak tutadi. Sababi qon plazmasiga minglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli mod-dalar ham chiqadi va qonni zaharlaydi. Qon plazmasidagi merozoitlar yana qaytadan sog'lom eritrotsitlarga kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir necha bor shizogoniya usulda ko'payish qaytarilgach, bemor qonida jinsiy individlar gametotsitlar hosil bo'ladi, ya'ni eritrotsitlar ichidagi merozoitlardan urg'ochi makrogametotsitlar va erkak mikrogametotsitlar paydo bo'ladi. Gametotsitlarning keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi. Anofeles odamning qonini so'rganda gametotsitlar chivinga o'tadi. Chivinning ichida mikrogametotsitlarning rivojlanishi natijasida 4-8 ta xivchinli 5-6 ta mikro­gametalar hosil bo'ladi. Makrogametotsitlarning yadrosi ham kattalashib, makro-gametalarga aylanadi. Mazkur makro- va mikrogametalar qo'shilib, zigota hosil qiladi. Zigota harakatchan bo'lib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin oshqo-zoni devorini teshib kirib, elastik po'stga o'raladi va ootsistaga aylanadi. Ootsista o'sib, yadrosi bir necha marta bo'linadi, har bir yadro bo'lagini sitoplazma o'rab oladi va natijada minglab juda mayda duksimon sporozoitlar hosil bo'ladi. So'ngra ootsistalar pardasi yoriladi- va ichidagi sporozoitlar (10000 tagacha) chivinning tana bo'shlig'iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha organlariga tarqaladi. Ular chivinning so'lak bezida ko'plab to'planadi. Mana shunday chivinlar odamni chaqqanida chivin so'lagi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga o'tadi. Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shaklga ega bo'lib, uzunligi 10-15 mikronga teng.Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi. 1 mm3 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.MDH mamlakatlarida bezgak kasalligi XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida Kavkaz, Markaziy Osiyo, Volganmg o'rta va quyi oqimida hamda Ukrai-nada keng tarqalgan edi. 1935-yilning o'zida mazkur hududlarda 9 mln. kishi bez­gak bilan kasallanganligi ma'lum. Bu davrda odamlarning bezgak bilan kasallanishi, ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko'plab mam-lakatlarda keng tarqalgan edi. 1930-yillarda faqatgina Hindistonning o'zida har yili 100 mln. dan ortiq kishi bezgak bilan kasallangan.Bezgak kasalligining qo'zg'atuvchisini o'rganish va unga qarshi kurash chora-larini ishlab chiqishda rus olimlaridan I.I. Mechnikov, V.M. Afanasyev, V.Ya. Da-nilevskiy, Ye. Marsinovskiy, V.N. Beklemishev, D.D. Romanovskiy va S.M. Isayev, fransuz olimi Sh.L.A. Laveron, ingliz olimi R.D. Ross, P. Gariyem, italiyalik ohm D.B. Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari kattadir.Markaziy Osiyo, shu jumladan, O'zbekistonda ham bezgakka qarshi ishlar olib borilgan. Birinchidan, bezgak bilan kasallangan odamlarni majburiy yaipi davolash kurslaridan o'tkazilgan. Ma'lumki, bezgak chivini o'z tuxumini ko'lmak suvlarga qo'yadi. Shuning uchun bezgak chivini ko'payishining oldini olish maqsadida ko'lmak suvlar va botqoqliklar o'zlashtirilib, quritilgan. Bezgak chivinlari, ularning tuxumi, lichinkalari va g'umbaklari turli usullar bilan qirib tashlangan. Oxirgi yillarda bezgak chivinlariga qarshi biologik kurash choralarini qo'llashga alohida e'tibor berilmoqda. Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkasini yo'qotish uchun hovuz va ko'llarda tirik tug'ar gambuziya balig'i ko'paytirilmoqda. Bu tadbirlarni o'tkazish natijasida 1960-yildan boshlab MDH mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Afrika mamlakatlarida hozirgi kunda ham keng tarqalgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining 5-6 mln. ni bezgak kasalligi tufayli olamdan ko'z yummoqda. Shulardan 1 mln. dan ortiqrog'i 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda Anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400 dan ortiq turlari mavjud bo'lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligi qo'zg'atuvchilarini tashuvchilari hisoblanadi. O’zbekitonda bezgak chivinlarining 8 ta turi aniqlangan bo’lib, shulardan asosan Anopheles sacharovi, An. Superictus va An. pulcherrimus turlari bezgak kasaligini tarqatuvchilaridir. Olimlarimizning ma’lumotlariga qaraganda bezgak paraziti Respublikamizda asosan, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida hamda Farg’ona vodiysida odamlar orasida kam bo’lsada uchrab turadi. Respublikamizda bezgak kasalligi ayniqsa, Tojikiston bilan chegaradosh bo’lgan Surxandaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida odamlarda tez-tez uchrab turadi. Bezgak kasalligi Respublikamizga asosan Tojikiston va Afg’oniston orqali kirib kelish xavfi katta. Bezgakning kasallik manbai bemor va bezgak chivini hisoblanadi. Bezgak kasalligini qo’zg’atuvchisi odam organizmida 10-14 kun (ba’zan, bir yil va undanda ko’proq) bo’lib, kasallik belgilarini qo’zg’atmasligi mumkin (inkubatsion yoki yashirin davri). Kasallik to’satdan boshlanadi, bemorni istima tutadi, junjiydi, qaltiraydi, keyin qaltirash bosilib, harorat ko’tariladi. (40-410C), bemor qizarib ketadi, nafas olishi qiyinlashadi, halloslaydi va boshi qattiq og’riydi. Istima bir necha soat tutadi. So’ngra haroart tez pasayib, bir maromga tushadi. Shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga o’zini sog’lom his qiladi. Keyin yana istima tutadi.
Istima tutayotgan bemorning qoni tekshirilganda, bezgak plazmodiylarini topish mumkin. Bezgak tutavergach, plazmodiylar qizil qon tanachalarini parchalashi sababli bemor kamqon bo’lib qoladi, talog’i va jigari kattalashadi, oq qon tanachalari ancha kamayadi. Bezgak davolanmay, kasallik uzoq dovom etganda bemorning tinkasi qurib, mehnat qobilyati susayadi, bolalar o’sish va rivojlanishidan orqada qoladi. Odamlami chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim. Kasallangan bemorlar esa delagin, primaxin, xinin kabi preparatlar bilan davolanadi. Gambuziya balig’idan foydalaniladi. Suvda bezgak chivinlarining tuxumi, lichinkasi va g’umbaklarini yo’qotish uchun deltafos, fyuri, baeteks, nureel-D va boshqa insektitsidlar ishlatiladi.

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish