Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti


PIROPLAZMIDALAR (PIROPLASMIDA) kenja turkumi



Download 2,21 Mb.
bet12/16
Sana01.07.2022
Hajmi2,21 Mb.
#726376
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar

1.8.PIROPLAZMIDALAR (PIROPLASMIDA) kenja turkumi vakillari sut-emizuvchilarning qonida parazitlik qiladi. Bu kenja turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta xo'jayinda, ya'ni asosiy xo'jayinlari qon so'ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo'jayiniari - turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o'tadi. Bu kenja turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. 3 ta oilasi bor: 1. Babezidlar (Babesidae) oilasi. 2. Teyleridlar (Theileridae) oilasi. 3. Pirоplаzmidаlаr (Piroplasmidae) oilasi.
Qoramol babeziyasi babeziidlar(Babesiidae) oilasiga kiradi. Shakli yakka va juft noksimon, tuxumsimon, halqasimon va amyobasimon. Noksimon shakllari asosan hayvonlarning eritrositlarida juft-juft bo‘lib joylashib parazitlik qiladi. Kattaligi 1,5 – 2,4 mkm .Babeziyaning asosiy xo‘jayini yaylov kanalari va oraliq xo‘jayinlari turli uy hayvonlari hisoblanadi. Babezioz qo‘zg‘atuvchisini Ixodes ricinus, Boophilus bovis, Rhipicephalus avlodi turlari va boshqa tur yaylov kanalari tarqatadi. Bu kanalarning urg‘ochilari kasallangan mollardan qon so‘rganda, kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o‘zlariga yuqtiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari voyaga etgan kanalardan ularning keyingi avlodiga, ya’ni tuxumlariga ham o‘tadi. Kanalar barcha rivojlanish davrlarida, ya’ni lichinkalik, nimfa va imago davrlarida ham kasallik qo‘zg‘atuvchilarini mollarga o‘tkazishi mumkin.

Babezidlar (Babesiidae)oilasi vakillarining eritrositar shakllari:
A-Babesia bigemina, B-Babesia bovis,
V-Babesia divergens, G-Babesia sp.
Lekin asosiy kasallik qo‘zg‘atuvchisini yuqtiradigani – voyaga etgan kanalar hisoblanadi. Kanalar bir yilda bir marta generasiya beradi. Qoramollar eritrositi babeziya bilan 7-15 % zararlanadi. Qoramollar babezioz bilan asosan bahor va yoz oylarida, ya’ni may-iyul oylarida kasallanadi. Kasallangan hayvonlarning harorati 40-420C gacha ko‘tariladi, ular holsizlanadi, birinchi 2 kunda suti 40-60 % ga kamayadi, keyinchalik esa 80 % gacha kamayadi. Qoramollarning siydigi qizg‘ish va to‘q qizil rangda bo‘ladi. Hayvonlarning ishtahasi pasayadi, kavsh qaytarmay qo‘yadi, ichi ketadi, eritrositlari soni 1 mm kubda 2 mln gacha va gemoglobini 30 % gacha kamayadi. Natijada, qoramollar kasallangandan 4-8 kun o‘tgandan keyin o‘ladi. Ba’zan esa kasallangan mollar to‘satdan talog‘i yorilib ketib, 3-4 kunda o‘lib qoladi. Babeziyalar eritrositlarda oddiy ikkiga bo‘linib yoki kurtaklanib ko‘payadi. Babezioz bilan qoramollardan tashqari qo‘y, ot, tuya, cho‘chqa va itlar ham kasallanadi. Mayda shoxli mollarda, jumladan, qo‘ylarda - Babesia ovis turi parazitlik qiladi. Bu parazitning tarqatuvchisi Rhipicephalus avlodiga kiruvchi kanalar hisoblanadi.

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish