Toshkent davlat texnika universiteti tasdiqlayman


Qattiq oziq moddali muhitga ekish usuli bilan mikroorganizmlar miqdorini aniqlash (Kox usuli)



Download 12,75 Mb.
bet124/181
Sana26.02.2022
Hajmi12,75 Mb.
#470615
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181
Bog'liq
Mikrobiologiya majmua 2017

2. Qattiq oziq moddali muhitga ekish usuli bilan mikroorganizmlar miqdorini aniqlash (Kox usuli)
Tabiiy va ishlab chiqarishdagi substratlardagi (suv, tuproq, xomashyo, yarim tayyorlangan mahsulotlar va tayyor mahsulotlardagi) mikroorganizmlar miqdorini aniqlashda mazkur usul keng qo‘llaniladi. Har qanday tirik hujayra qattiq muhitga ekilganda koloniya hosil qiladi, deb hisoblaymiz.
Buni tahlil qilish uch bosqichda bajariladi: namunali suyultirish, Petri likopchasidagi qattiq muhitga ekish va o‘sib chiqqan koloniyalarni hisobga olish (sanash).
Namunali aralashtirib suyultirish. Alohida-alohida koloniyalar hosil qilish uchun o‘rganilayotgan materialning namunasi oldin o‘n karra suyultiriladi. Buning uchun sterillangan vodoprovod suvidan yoki fiziologik eritmadan (natriy xloridning 0,5% li eritmasidan) sterillangan quruq probirkalarga 9 ml dan quyiladi. Keyin dastlabki namunadan 1 ml (yoki 1 g) olib, aseptik ravishda birinchi probirkaga qo‘shiladi va paxta tiqin bilan og‘zini berkitib, yaxshilab aralashtiriladi. Natijada birinchi aralashma – 1:10 olinadi (13-rasm).
Birinchi suyultirishda hosil qilingan suspenziya sterillangan pipetka bilan yaxshilab aralashtiriladi. Buning uchun suspenziya bir necha marta pipetkaga tortib, yana chiqarilaveradi. So‘ngra shu pipetkada 1 ml suspenziya olib, ichiga 9 ml suv quyilgan ikkinchi probirkaga qo‘shiladi – bu ikkinchi suyultirish – 1:102. Yana boshqa pipetka olib, xuddi yuqoridagi usulda uchinchi marta suyultiriladi – 1:103, so‘ngra dastlabki (boshlang‘ich) materialdagi mikroorganizmlar miqdoriga qarab, 10 martagacha suyultirilaveradi.
Qattiq muhitga ekish. Suyultirilgan har qaysi suspenziyadan kamida ikki-to‘rtta parallel Petri likopchasiga yuza yoki chuqur qilib ekiladi. Yuza ekishda dastlab sterillangan Petri likopchasiga 15-20 ml dan eritilgan agarli muhit quyiladi. Keyin muhit sovishi uchun likopchalar gorizontal yuzada saqlanadi, so‘ngra muhitning quriganligini va sterillanganligini tekshirish uchun qopqog‘ini pastga qilib, 2-3 kun 30oC issiq termostatda saqlash tavsiya etiladi. Muhit bilan qopqoqlar yuzasidagi kondensatsion suv tomchilari yo‘qolguncha quritish davom etadi. Agar o‘ta nam sharoitda o‘sadigan mikroorganizmlar hisobga olinadigan bo‘lsa, agar sovishi bilanoq kultura ekiladi.


Download 12,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish