Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


• jinoyat,  fuqarolik, xo‘jalik sudlarida '-shlami ko‘rishda prokuror  ishtiroki



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

• jinoyat, 
fuqarolik, xo‘jalik sudlarida '-shlami ko‘rishda prokuror 
ishtiroki;
• jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar 
faoliyatini muvofiqlashtirish;
• jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok 
etish, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish;
• chet davlatlar prokuratura organlarining faoliyati va tashkil 
ctilishi;
• 0 ‘zbekiston prokuratura organlarining chet el huquqni m uho­
faza 
qiluvchi organlari bilan xalqaro hamkorligi o'rganiladi.
«Prokuror nazorati» fani b o ‘yicha darslikning har ikki qismi, 
ya’ni Umumiy va Maxsus qismlarining maqsadi va vazifalari:
1. Prokuror nazorati kursining mazmuni, predmeti va tuzilishini.
2. Prokuror nazorati fanining maqsadi va vazifalarini.
3. О ‘zbekiston Respublikasida prokuratura organlari tashkil 
etilishini va rivojlanish bosqichlarini.
4. Prokuratura faoliyatining huquqiy asoslarini.
5. Prokuror nazoratining mohiyati va vazifalarini.
6. Prokuror nazorati fanidan nazariy masalalami.
7. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g ‘risida»gi 
Qonuniga asosan prokurorlik vazifalarini.
8. T a’sir chorasini ko‘rish, aniqlangan qonun buzilishlariga 
nisbatan tegishli prokuror nazorati hujjatlarini tuzishni.
9. Prokuromi protsessual harakatlarini tashkil etish va o'tkazishni.
10. 0 ‘zining kasbiy malakasini m untazam ravishda oshirib 
borishi, qonunlarni va ularni amaliyotda qo‘llanishini bilishi va 
qo ‘llay olishni.
11. Prokurorlik nazoratini takomillashtirishning huquqiy yuridik 
muamm olarini tahlil qilish va hal qilishni.
12. Prokuror vazifalarini mustaqil bajara olishni.
13. Fuqarolaming taklif, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqib, yuqori 
darajada hamda to ‘g‘ri hal qilish uslublarini o ‘rgatishdan iboratdir.
«Prokuror nazorati» fanining Maxsus qismida quyidagilar 
o ‘rganiladi:
• qonunlar ijrosi ustidan nazorat b o ‘yicha nazorat predm eti 
prokurorlar tom onidan qanday vakolatlar vositasida amalga oshi- 
rilishi;
• foqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirishda prokurorlar aynan qaysi qonunlarning 
ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishi lozimligi;


• fuqarolaming huquq va erkinlikiarini ta ’minlashda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning prokuratura faoliyatining 
asosiy yo‘nalishlaridan biri aynan shu yo‘nalish b o ‘lib qolishi 
kerakligi, ushbu vazifani bajarish uchun qanday talablarga e ’tibor 
berilishi lozimligi;
• jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar 
tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshi- 
rishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan prokuraturaning 
o ‘zaro munosabati;
•jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar faoliyatiga proku- 
rorning protsessual rahbarligi va har bir qabul qilinayotgan huquqiy 
hujjatning qonuniyligini ta ’minlashda prokurorning tutgan o ‘rni 
nim alardan iborat bo'lishi kerakligi;
• jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki tergovni to ‘xtatish, tuga- 
tishning, protsessual majburlov choralarini qo‘llashning qonuniy- 
ligi ustidan nazorat. Bu boradagi 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining tegishli buyruqlari va 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Jinoyat protsessual kodeksining talablari ham da ayni masalada 
nazariya bilan amaliyot o ‘rtasida paydo b o ‘layotgan m uam m olar 
haqida batafsil to ‘xtalib, bunday holatlarda prokurorlar tom onidan 
qanday qarorni qabul qilishlari lozimligi;
• ayblov xulosasi bilan kelgan ishlar bo ‘yicha prokuror hal 
qilishi lozim b o ‘lgan harakatlar, prokuror vakolatlari;
• ushlab turilganlarni, qam oqqa olinganlarni saqlash joylarida, 
jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta ’sirning boshqa choralarini 
ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat, uning 
predm eti, vazifalari, prokuror vakolatlari;
• hamda ayni masalada 0 ‘zbekiston Respublikasi IlVning tegishli 
buyrug‘i va 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli 
buyrug‘i talablari qanday ekanligi, jum ladan; 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Bosh prokurorining 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokura- 
turasining 2004-yil 12-apreldagi «Ichki ishlar vazirligi organlarida 
qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi to ‘g‘risida»gi N izom ni 
tasdiqlash xususidagi 4-buyrug‘i talablarini;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Ichki ishlar 
vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi 
to ‘g‘risida»gi Nizomi talablarini;
• 0 ‘zbekiston R espublikasi Bosh p ro k u ro rin in g 2004-yil 
12-apreldagi «Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni 
saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi 
to ‘g‘risida»gi N izom ni tasdiqlash haqidagi 5-buyrug‘i talablarini;
6


• voyaga yetm aganlar to ‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan 
prokuror nazorati;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ushbu masalani 
hal qilishda prokurorlar tom onidan e’tiborga olinishi lozim bo ‘lgan 
holatlam i o ‘zida mujassamlashtirgan buyrug‘i talablari;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 12-ap- 
reldagi «Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik xizmati va bojxona 
organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi to ‘g‘ri- 
sida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 7-buyrug‘i talablari;
• 0 ‘zbekiston R espublikasi Bosh prok u ro rin in g 2004-yil 
12-apreldagi «Soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi 
to ‘g‘risida»gi Nizom ni tasdiqlash haqidagi 10-buyrug‘i va N izom
talablari;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining ushbu 
masala yuzasidan qabul qilgan qarori va prokurorlarning tutgan 
о ‘m i va ular oldiga qo ‘yiladigan talablar nimalardan iborat ekanligi, 
jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 
23-apreldagi «Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan 
nazorat bolim i to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 11-buy- 
rug‘i va Nizom talablari;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 23-ap- 
reldagi «Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini 
ta ’minlash boshqarmasi to ‘g‘risida»gi N izom ni tasdiqlash haqidagi 
12-buyrug‘i va Nizom talablari;
• «Sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida prokuror ishtirokini 
ta ’minlashning samaradorligi va ta ’sirchanligini oshirish to ‘g‘ri- 
sida»gi buyrag‘i talablarini;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2004-yil 
23-apreldagi «Sudlarda fuqarolik ishlari ko ‘rilishida prokuror 
vakolatini ta ’minlash boshqarmasi to ‘g ‘risida»gi N izom ni tasdiq­
lash haqidagi 13-buyrug‘i va Nizom talablari;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2004-yil 
23-apreldagi «Sudlarda xo‘jalik ishlari ko‘rilishida prokuror vako­
latini ta ’minlash boshqarmasi to ‘g‘risida»gi N izom ni tasdiqlash 
haqidagi 14-buyrug‘i va Nizom talablari;
• 2004-yil 11-maydagi «Xo‘jalik sudlarida ishlar ko ‘rilishida 
prokuror ishtirokining samaradorligi va ta ’sirchanligini oshirish 
to ‘g ‘risida»gi 23-buyrug‘i talablarini;
• qonunlam i takomillashtirish va tashviqot qilishda prokuror 
ishtiroki;
7


• prokuratura organlarida ariza, shikoyat va takliflar b o ‘yicha 
ishlashga oid buyruq talablari;
• jinoyatchilikka qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar faoliyatini muvofiqlashtirishda prokurorlarning tutgan 
o‘rni, ular faoliyatining ushbu masalani hal qilishdagi m uam m o- 
lari, uslub, shakl va tamoyillari;
• prokuror nazorati hujjatlari, ularning m azm uni, keltirish 
asoslari va tartibi, prokuratura faoliyatining har bir yo‘nalishi bo ‘yi- 
cha prokurorlar tom onidan qabul qilinadigan prokuror nazorati 
hujjatlarining o ‘ziga xos xususiyatlari;
• prokuratura organlari xodimlari, ularni rag‘batlantirish, inti- 
zomiy javobgarlikka tortish asoslari va tartibi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining barcha sohaviy 
buyruqlari, ko‘rsatmalari, yo‘riqnom alari, nizomlarining qisqacha 
m azm uni va mohiyatini ham da qo‘yilayotgan talablarni;
• M D H va xorijiy m amlakatlarda prokuratura organlarining 
faoliyati tushunchasi va prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasidagi prokuratura faoliyatiga qiyosiy 
taqqoslash orqali prokuratura faoliyatini takomillashtirish uslub va 
shakllari bilan talabalarni chuqur tanishtirish hisoblanadi.
«Prokuror nazorati» fanini o ‘qitishdan maqsad talabalarni pro­
kuratura organlarining amaliy faoliyati, prokuror faoliyatini amalga 
oshirish usullari bilan tanishtirish va boshqa yuridik qonunlam i 
chuqur o ‘zlashtirishga erishishdan iborat.
«Prokuror nazorati» fanining asosiy vazifasi — m antiqiy tafak- 
kurga ega bo ‘lishga erishtirish, o‘quv kursining asosiy nazariy qoida- 
larini mustahkamlash, talabalar tom onidan qonunchilikni qo‘llash 
m aqom larini egallash, talabalarni amaliyotda konkret hodisalarga 
nisbatan qonunni to ‘g‘ri qo ‘llanishiga erishtirish, qonun buzilish- 
larni o ‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
«Prokuror nazorati» fanini o ‘rganish talabalar amaldagi qonun­
chilikni, prokuror nazorati nazariyalarini, m uayyan qonunlar 
ijrosini tekshirish m etodini va amaliyotini keng, chuqur o ‘zlashti- 
rish bilan birga olib borilishi kerak.
Bakalavr talabalar «Prokuror nazorati» fani b o ‘yicha:
• prokuror nazorati kursining mazm uni, predm eti va tuzilishi;
• prokuror nazoratining maqsadi va vazifalari nim alardan iborat 
ekanligi haqida;
• 0 ‘zbekiston Respublikasida prokuratura organlarining tashkil 
etilishi va rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishlari;


• prokuratura faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, 
ularning m azm un va mohiyatini;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyruq- 
lari mazm un va mohiyatini o ‘zlashtirgan bo'lishlari;
• prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha prokuror 
nazoratining mohiyati va vazifalari haqida;
• prokurorlar tom onidan qo‘llanadigan prokuror nazorati huj­
jatlari, ularni kim tom onidan qaysi asoslarga ko‘ra qo'llanishi va 
tartibi haqida tasaw urga ega b o ‘lishlari kerak.
«Prokuror nazorati» fanini o ‘rgangan bakalavr talaba yana:
• «Prokuror nazorati» fanidan nazariy masalalami;
• 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi 
Qonuniga asosan, prokurorlik vazifalarini;
• aniqlangan qonun buzilishlariga nisbatan tegishli prokuror 
nazorati hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirishni;
• prokuromi protsessual harakatlarini tashkil etish va o ‘tkazishni;
• o ‘zining kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, 
amaldagi qonunlarni, ularga kiritilayotgan o ‘zgartirish va qo‘shim- 
chalam i o ‘zlashtirib borishi va ularni amaliyotda to ‘g ‘ri qo‘llashni 
bilishi va q o ila y olishi kerak.
Shuningdek, bakalavr talaba:
• prokurorlik nazoratini takomillashtirishning huquqiy, ilmiy- 
nazariy m uamm olarini tahlil qilish va hal qilish bo ‘yicha mustaqil 
fikr bildirish salohiyatiga ega bo‘lishi;
• prokurom ing vazifalarini amalga oshirish yuzasidan berilgan 
topshiriqlami mustaqil bajara olish;
• prokuratura faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha har bir yo‘na- 
lishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda prokuror 
nazorati hujjatlari loyihasini tuzish;
• fuqarolaming taklif, ariza va shikoyatlarini ко‘rib chiqib, yuqori 
darajada ham da to ‘g‘ri hal qilish yuzasidan yetarli ko‘nikmalarga 
ega b o ‘lishi kerak.
Darslikning Maxsus qismida 0 ‘zbekiston Respublikasining
2001-yil 29-avgustda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Prokuratura 
to‘g‘risida»gi Qonunida alohida bob tariqasida yangidan joriy qilingan 
«Fuqarolaming huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan prokuror 
nazorati»ning mohiyati va m azm uni yoritib berilgan.
Maxsus qismda prokuratura organlari faoliyatini tartibga soluvchi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining ayrim buyruqlari, 
ko ‘rsatmalari va nizomlari mazmuni yoritib berilgan.
9


M avzulami yoritishda, talabalarga prokuror nazorati faoliyati
pro k u ratu ra faoliyatining asosiy yo ‘nalishlarining o ‘ziga xos 
xususiyatlari haqida bir xil va to ‘g‘ri tushuncha hosil qilish uchun 
mavzularga oid 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 
buyruqlari, ko‘rsatmalari va nizomlaridan foydalanilgan.
Darslikda prokuror nazorati hujjatlariga tushuncha berish, 
mazm unini yoritish bilan birga, ushbu hujjatlami qo ‘llash asoslari, 
tartibi va hujjatni protsessual rasmiylashtirishga oid talablar ko‘rsatib 
berilgan. Shunindek, darslikda prokuratura organlari tizimi va 
prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo'yicha 
oxirgi yillarda bo ‘lgan o ‘zgarishlar yoritib berilgan.
Darslikdan prokuratura organlari faoliyatini ilmiy asoslantirilgan 
holda tashkil etish, prokuror nazoratini samarali va to ‘g‘ri shakllan- 
tirish va boshqarishda foydalansa b o ‘ladi. Prokuror nazorati faoliya­
tining turli yo‘nalishlari bo ‘yicha prokuratura faoliyatini takomillash- 
tirishga oid taklif va m ulohazalar, tavsiyalar prokuratura organlari 
tizimida amalga oshirilgan ijobiy amaliyot na£jjalariga asoslangan.
Prokuror, tergovchi, har qanday yurist o ‘quv muassasasi dargo- 
hidan boshlab, notiqlik san ’ati asoslarini egallagan bo ‘lishi, aholi 
o'rtasida huquqiy m adaniyatni yuksaltirishda, jinoyat, fuqarolik, 
xo‘jalik nizolariga oid ishlarni sudlarda ko‘rilishida (nutq) m a’ruza 
qilganida yuridik tilda ravon va tushunarli tarzda o ‘z fikr-m ulo- 
hazalarini bayon eta bilishi lozim. Shuning uchun darslikda mazkur 
masala yuzasidan batafsilroq to ‘xtalib, prokurorning jinoyat ishlari 
yuzasidan sudda qiladigan ayblov nutqi unsurlariga alohida e ’tibor 
qaratib o‘tilgan.
«Prokuror nazorati» fanini o'rganuvchi sud-huquq islohotlari 
jarayonida qonunchilikni takomillashtirish faol davom etayotgan 
hozirgi davrda qabul qilinayotgan yangi qonunlar va normativ 
hujjatlarni chuqurroq o ‘zlashtirishi lozim. Shu munosobat bilan 
yangi qabul qilingan qonunlardagi prokuror nazorati faoliyatiga 
oid qonun va qonunosti hujjatlarini, ulardagi o ‘zgartirishlarni 
hisobga olib borilishi kerak.
Darslikda mavzular b o ‘yicha foydalanilishi lozim b o ‘lgan ada- 
biyotlar ro ‘yxati rahbariy, normativ materiallar va maxsus ada- 
biyotlar tizimida berilgan. Darslik 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
va o ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi tom onidan tasdiqlangan «Prokuror 
nazorati» fani bo ‘yicha dasturiga muvofiq tayyorlangan.
10



Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish