Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessining bosqichlari va funksiyalari



Download 0,94 Mb.
bet10/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

1.2. Jinoyat protsessining bosqichlari va funksiyalari

Jinoyat protsessi alohida qonuniyatlarga asoslangan holda tizimlashtirilgan va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘lgan yaxlit tizimni ifodalaydi.


Jinoyat ishini yuritish jinoyat protsessining bosqichlari deb nomlanadigan muayyan davriy qismlardan o‘tadi. Chunonchi, protsessual qonun sudga qadar va sud bosqichlarida jinoyat ishi yurituvining ushbu bosqichlarda amalga oshiriladigan faoliyat vazifalarini hal qilish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni va tartibini belgilab bergan.
Jinoyat protsessi bosqichlari o‘z boshlanish va tamomlanish vaqtiga, vazifa va mazmuniga, ishtirokchilar doirasiga, ular o‘rtasida shakllanadigan jinoyat-protsessual munosabatlar kabi belgilarga ega bo‘lgan mustaqil davrlar sifatida tavsiflanadi.



Jinoyat protsessi bosqichlaribu protsessning, bir tomondan, o‘zaro bog‘liq va ikkinchi tomondan, nisbatan mustaqil bo‘lgan qismlari bo‘lib, bir-biridan yakuniy protsessual qarorlariga hamda bevosita vazifalariga (jinoyat sud ish yurituvi maqsadidan kelib chiquvchi), ish yurituvida ishtirok etayotgan shaxslar va organlarga, protsessual faoliyatni (protsessual tartib-taomillarni) amalga oshirish tartibiga (shakliga) hamda jinoyat-protsessual munosabatlar xususiyatiga qarab farqlanadi.

Jinoyat protsessining har bir bosqichiga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin: 1) jinoyat ishlari yurituvi maqsadidan kelib chiquvchi bevosita vazifalar; 2) unda ishtirok etuvchi organ va shaxslarning muayyan doirasi; 3) faoliyat tartibi (protsessual shakli);


4) jinoyat ishini yuritish jarayonida subyektlar o‘rtasida vujudga keladigan jinoyat-protsessual munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati; 5) protsessual harakatlar va munosabatlar tizimini tamomlovchi va jinoyat ishini keyingi bosqichga o‘tkazuvchi (basharti, jinoyat ishi yoki jinoiy ta’qib tugatilmasa) yakuniy protsessual hujjat (qaror).
Umumiy maqsadi va jinoyat ish yurituvi prinsiplari bilan o‘zaro uyg‘un holda bog‘liq bo‘lgan jinoyat protsessi bosqichlari majmuyi jinoyat protsessi tizimini hosil qiladi.
Jinoyat protsessi bosqichlari tadrijiy mantiqiy izchillikda keladi va qat’iy ketma-ketlik asosida birining yakuni hisoblanmish protsessual hujjat keyingi bosqichning boshlanishiga asos hisoblanadi (Masalan, dastlabki tergovning yakuni bo‘lgan ayblov xulosasi sud muhokamasi bosqichining boshlanishi va doirasini belgilaydi), bunda har bir keyingi bosqichda oldingi bosqich natijalari tekshiriladi yoxud faqatgina ushbu bosqichga taalluqli bo‘lgan masalalar (Masalan, hukmni ijro etish bosqichi) hal qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi tarkibida ishni sudga qadar yuritish (9-bo‘lim, 41 – 47 boblar), birinchi instansiya sudida ish yuritish (10-bo‘lim, 48–54 boblar), hukm, ajrim, qarorlarni ijro etish (12-bo‘lim) bosqichlari alohida ajratilgan. Ishni sudga qadar yuritish o‘z navbatida jinoyat ishini qo‘zg‘atish (41-bob), tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv (42-bob) va dastlabki tergov (43-bob) kabi bosqichlarni qamrab oladi.







6. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligini tekshirish


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish