Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
16.3.2. Kredit – ijara (lizing) 
 
Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing) murakkab savdo 
–  moliya  –  kredit  operatsiyalarining  bir  shakli  hisoblanadi.  Kredit  – 
ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing  muddati  davomida ijaraga 


287 
berilgan  vositalarga  nisbatan  egalik  huquqini  saqlab  qolishdir.  Uning 
asosiy  shakllaridan  biri  mashina  va  jihozlarni  ijaraga  berish,  asosiy 
usullaridan  biri  investitsiyalarni  moliyalashtirish  va  ta’minotni 
faollashtirish hisoblanadi.  
Kredit  –  ijara  (lizing)  operatsiyasida  odatda  uch  tomon  ishtirok 
etadi: 
 ishlab  chiqaruvchi  (tovar  sotuvchi),  bo‘lajak  lizing  beruvchiga 
tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs; 
 lizing  beruvchi,  tovar  sotuvchidan  mashina  va  jihozlarni  sotib 
oluvchi,  mulkning  egasi  sifatida  lizing  shartnomasiga  asosan  ma’lum 
muddatga  va  to‘lov  evaziga  mashina  va  jihozlarni  lizing  oluvchiga 
beruvchi.  Odatda,  lizing  beruvchi  sifatida  etarli  darajada  moliyaviy 
mablag‘ga  ega  bo‘lgan  banklar,  ixtisoslashgan  lizing  kompaniyalari, 
korxonalar maydonga chiqadi; 
 lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga 
asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.  
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga 
chiqadi.  Lizing  beruvchi  va  lizing  oluvchi  o‘rtasida  tuzilgan 
shartnomaga ko‘ra, lizinga olingan mashina va jihozlarning shartnoma 
muddati  tugagandan  so‘ng  lizing  beruvchiga  qaytariladi  yoki  lizing 
oluvchining  ixtiyorida  qoladi.  Lizing  o‘ziga  xos  bo‘lgan  shartnoma 
hisoblanadi,  unda  ijara  elementlari  va  kredit  elementlari  mujassam-
lashadi. Shu bois, lizing so‘zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.  
Lizing  iqtisodiy  mohiyatiga  ko‘ra,  kredit  munosabatlariga  xos 
bo‘lib,  kreditning  iqtisodiy  mohiyati  va  elementlarini  o‘zida  aks 
ettirsada,  kredit  sifatida  to‘liq  e’tirof  etilmaydi.  Chunki,  kreditor  va 
qarzdor  kapital  sifatida  pul  mablag‘i  bilan  emas,  balki  ishlab 
chiqaruvchi jihozlar vositasida o‘zaro munosabatga kirishadi. Shu bilan 
birga,  lizing  kredit  hisoblanib,  unda  kreditning  barcha  tamoyillari  o‘z 
aksini topadi, shu jihatdan lizing qiymat shaklidagi kredit ko‘rinishida 
emas, balki tovar shaklidagi kredit sifatida namoyon bo‘ladi. 
Iqtisodiyotda  lizingning  qator  ijobiy  jihatlari  mavjud  bo‘lib, 
ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
 – lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda  mashina va jihozlarni 
sotib  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  moliyaviy  mablag‘lar  etishmovchiligi 
yoki  mavjud  emasligi  bilan  bog‘liq  muammolarni  bartaraf  etishga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan 
kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlariga  qimmat  va 


288 
zamonaviy  mashina  va  jihozlarni  sotib  olish  bilan  bog‘liq  muammo-
larni  echishga  yordam  beradi.  Bu  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarishni 
tashkil etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini 
olishda muhim rol o‘ynaydi; 
 –  ishlab  chiqaruvchi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  mashina  va 
jihozlarni  sotish  bilan  bog‘liq  muammolar  bartaraf  etilishi  natijasida 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi; 
 –  lizing  beruvchining  ixtiyoridagi  pul  mablag‘lari  samarali 
manbalarga joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda 
olish imkoniyati vujudga keladi. 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish