Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
16.3.4.Forfeyting operatsiyalari 
 
Forfeyting  operatsiyalari  asosan  yirik  banklar  va  kompaniyalar 
o‘rtasida  uzoq  muddatga,  juda  katta  miqdordagi  moliyaviy 
mablag‘larni to‘lashda qo‘llaniladigan operatsiyalar hisoblanadi.  
Forfeyting  operatsiyasida,  faktoring  operatsiyasidagi  kabi  uch 
tomon  ishtirok  etadi.  Birinchisi,  mol  etkazib  beruvchi,  ikkinchisi,  mol 
sotib oluvchi va uchinchisi, vositachi – bank yoki moliyaviy muassasa. 
Forfeyting  operatsiyalarining  faktoring  operatsiyalaridan  asosiy 
farqi  sifatida  ushbu  operatsiyalar  uzoq  muddatga  (6  oydan  5  –  6 
yilgacha) va yirik summalarga tuzilishini ta’kidlash mumkin.  
Forfeyting  iqtisodiy  termeni  odatda  majburiyatni  sotib  olish 
ma’nosida  qo‘llaniladi,  uni  so‘ndirish  tovar  va  xizmatlarni  sotib  olish 
jarayonida  kelgusida  yuz  beradi.  “a  forfait”  so‘zi  frantsuzchadan 
vujudga  kelgan  bo‘lib,  “huquqdan  voz  kechish”  ma’nosini  anglatadi. 
Forfeytingda  pul  mablag‘ini  olishga  talabgor  bo‘lgan  sotuvchi 
o‘tkaziladigan  veksel  inodassamentiga
81
  “to‘lovni  qaytarish  shartisiz” 
so‘zini  qayd  etish  orqali  to‘lov  regressidan
82
  o‘zini  himoya  qiladi. 
Forfeyting  vekslini  sotuvchi  asosan  yirik  eksporterlar  hisoblanib,  ular 
vekselni  to‘lov  hujjati  sifatida  aktseptlab  sotilgan  tovar  yoki 
ko‘rsatilgan  xizmatlarning  summasini  diskont  asosida  zudlik  bilan 
to‘lash  hisobiga  barcha  risk  va  majburiyatlar  bilan  birgalikda 
forfetterga  (ya’ni  vekseldagi  summani  to‘lab  beruvchi  va  o‘zida  qayd 
etib boruvchi bankka) o‘tkazadi.  
Agar  importer  birinchi  darajali  to‘lov  qobiliyatiga  va  yuqori 
moliyaviy  mavqiega  ega  bo‘lmasa,  har  qanday  forfetterlangan  qarz 
                                           
81
 Индоссамент – векселни бошқа шахсга ўтказиш ҳуқуқини берувчи орқа тарафидаги ёзув.  
82
 Регресс – олдин тўланган суммани қайтаришни талаб этиш. 


290 
summa aval
83
 shaklida kafolatlangan yoki chaqirib olinmaydigan bank 
kafolatiga ega bo‘lishi lozim. 
Vekselni  forfeterlash  paytida  undagi  summa  forfet  krediti 
berilayotgan to‘liq muddatga diskont asosida forfetter tomonidan avans 
tarzida  ushlab  qolinadi.  Eksporter  forfet  krediti  bo‘yicha  hech  qanday 
majburiyatni  o‘ziga  olmaydi,  faqatgina  u  jo‘natayotgan  tovarlar  va 
ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  sifati  va  tuzilayotgan  hujjatlarning 
qonuniyligi hamda haqoniyligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi. 
Forfeyting  operatsiyalariga  misol  sifatida  AQShning  Boing 
samolyotini  ishlab  chiqaradigan  kompaniya  bilan  yirik  avikom-
paniyalar o‘rtasidagi o‘zaro oldi – sotdilarni keltirish mumkin. Chunki, 
boeng  samolyotlarining  bahosi  juda  yuqori  bo‘lishi  aviakompa-
niyalarga  ushbu  mablag‘larni  birdan  to‘lash  imkoniyatini  bermaydi, 
biroq o‘z navbatida ishlab chiqarilgan samolyot uchun tegishli to‘lovni 
ololmagan samolyotsozlik kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksizligini  ta’minlashda  muammolar  vujudga  keladi.  Aynan  shu 
muammo  banklarning  ishtirokida  forfeyting  operatsiyalari  orqali  hal 
etiladi. Bundan bank samolyotni sotib olgan aviakompaniyaning boeng 
kompaniyasi  oldidagi  majburiyatlarini  sotib  oladi  (savdo  trattasi, 
o‘tkazma  yoki  oddiy  veksel  shaklida)  va  to‘lovni  bir  yo‘la  amalga 
oshiradi,  kelgusida  esa  bank  va  aviakompaniya  o‘rtasida  tuzilgan 
shartnomaga  bo‘yicha  asosiy  summa  tegishli  jadval  asosida, 
qo‘shimcha foiz to‘lovlari bilan birgalikda undirib boriladi. 
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish