Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi


Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning turlari



Download 2,68 Mb.
bet19/141
Sana31.12.2021
Hajmi2,68 Mb.
#215227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Ma'ruzalar TFI @mustaqilishlar

2. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning turlari

Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi bo’lib ulardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U hayot kechirish uchun turli ehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.



Insonning yashashi va kamol topishi, umuman jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo’lgan zaruriyat iqtisodiyot nazariyasi fanida «ehtiyoj» deb ataladi.

Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo’lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir jamiyat ehtiyojlari ichida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o’ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va h. k.) o’z ichiga oladi. Bu o’rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib hisoblangan narsa bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi.

Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’plab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, sport o’yinlari va ko’ngil ochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir.

Jamiyatning ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o’z o’rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo’ladi. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo’llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo’ladi.

Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar:


  • jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo’ladi;

  • jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;

  • tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko’proq ehtiyoj bo’ladi;

  • tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;

  • aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar;

  • xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.

Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko’proq ehtiyoj sezadi. Ko’p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo’lmaydi. Murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’plab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo’lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o’zgaradi va miqdoran o’sib boradi. Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va ortib borishi ehtiyojlarning o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini topadi. Qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo’ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.

Ehtiyojlar o’zaro bir-birini taqozo qiladi. Shu sababli bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatish, o’rganish, xizmat ko’rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.

Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong’in kabilar) ehtiyojlarning o’sib borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir.

Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud. Bir inson tomonidan qadrlangan, hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi ehtiyojlar eng zarurligini o’zi belgilaydi.

XX asr ko’pincha «axborot asri» deb ataladi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz. Shu bilan birga «an’anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug’, do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o’ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangi ma’lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai va aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.

Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor xohish-istaklarimiz – barcha-barchasining asosida his-tuyg’ularimiz, asab tomirla-rimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi xatti-harakatini boshqarishi mumkin.

Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan. Masalan: kompyuter, uyali telefon va boshqalar.

Avvaldan mavjud bo’lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlari to’g’risidagi yangi ma’lumotlar.

Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo’lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: oilada farzand tug’ilishi natijasida chaqaloq uchun zarur buyumlarga, kasal bo’lganda doriga, kasbini o’zgartirganda ish qurollariga va boshqalar.

Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o’zgarib boradi.

Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo’ladi so’ngra shu axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi.

Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko’pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko’ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’ladi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi – qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo’linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o’xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bunday bo’lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo’lish mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy ehtiyojlarga aylanishi mumkin.

Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:

1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko’ra:

individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo’linadi.

a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial munosabatda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga bo’lgan ehtiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi.

b) Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.

v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, qolaversa dunyo miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.

2. Ehtiyojlar ob’ektiga ko’ra moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy ehtiyojlarga bo’linadi.

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan oziq-ovqatga ehtiyoj aniq un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.

Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo’lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan sari sotsial-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari yuksala boradi. Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O’qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.

3. Faoliyat yuritish sohasi jihatidan mehnat qilish, muloqotda bo’lish, dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritishga ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.

Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi, chunki mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi, mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini topishi, o’z qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham hayotimizda «yolg’izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi turli ko’ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.

4. Ehtiyojlarni qondirilishi jihatidan qarasak, ular yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’linadi. Har bir inson o’zining ehtiyojlarini bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o’lcham bilan yondoshib bo’lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial-ma’naviy ehtiyojlar ko’proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo’lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.

5. Qanday maqsad ko’zlanganiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiyoj. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo’lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo’lib, uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo’lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari yaratiladi.

Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo’linmasin, qay jihatdan yondoshilmasin ular bir-biri bilan bog’liq, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.

Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko’rsatadi.

Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin.

1. Aholi soni, yoshi, jinsi.

2. Tabiiy-geografik sharoiti.

3. Tarixiy milliy an’analar va odatlar.

4. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.

5. Madaniy jihatdan erishilgan daraja.

Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning ehtiyojlari shakllanishiga ta’sir etadigan omillar mavjud.




Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish