Toshkent moliya instituti "moliya-iqtisod" fakulteti "moliya" kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va tarkibi



Download 15,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/38
Sana13.07.2022
Hajmi15,95 Mb.
#786791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
davlatning fiskal siyosati va uning moliyaviy barqarorlikka tasiri

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va tarkibi. 
Ushbu malakaviy bitiruv 
ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar kabi tarkibiy 
qismlardan iboratdir. 


9
I-BOB. FISKAL SIYOSATNING MAZMUNI VA UNI MOLIYA 
TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI O’RNI 
 
1.1.
 
Fiskal siyosatning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni 
 
Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti bir tomondan uning ichki mexanizmiga 
bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan boshqaruvning xarakteriga, ijtimoiy-siyosiy 
holatga, muvozanatga bog’liq bo’ladi. Oddiy qilib aytganda ustqurmaga ham 
bevosita bog’liqdir. Mazkur jarayonda ijtimoiy siyosat alohida rol o’ynaydi. 
Ijtimoiy siyosat o’z navbatida ichki va tashqi madaniy-ma’rifiy, siyosiy, 
iqtisodiy siyosat kabilarga bo’linadi. Iqtisodiy siyosat ham o’z navbatida moliya, 
pul-kredit, budjet, soliq siyosati kabi turlarda amal qilib, ularni yaxlitligi 
makroiqtisodiy darajada qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari 
faoliyatlarining asosiy ajralmas qismiga aylanadi. Shu o’rinda soliq siyosatining 
mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, yuqorida qayd etilganidek, soliq siyosati 
- bu iqtisodiy siyosatning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, davlatning muayyan 
davrda aniq maqsadlarga qaratilgan soliq sohasidagi faoliyatidir. U tarkiban 
soliqlarni joriy etish, soliqqa oid huquqiy baza yaratish, joriy etilgan soliqlar va 
soliqsiz to’lovlarni amaliyotda ishlash mexanizmini shakllantirish va 
samaradorligini oshirishga qaratilgan davlatning tegishli vakolatli organlari 
tomonidan kompleks tarzda olib boriladigan chora-tadbirlar yig’indisidir. 
Mamlakat soliq tizimi xususiyatlari, yo’nalishlari, qanday soliqlarning joriy 
etilishi, ular o’rtasidagi nisbatni ta’minlash kabi masalalarni soliq siyosati 
belgilab beradi. 
Moliyaviy barqarorlik-umumiy tushuncha bo’lib o’z ichiga bir qancha
makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiradi. 
Bu ko’rsatkichlarga: 
- Yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad; 


10 
- davlat budjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baxolari indeksi, 
inflyatsiyaning o’sish sur’atlari; 
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholini ish bilan bandlik darajasi; 
- aholini moddiy ne’matlar va xizmatlari iste’moli xajmi, ularning 
jamg’armalari, ish xaqining quyi miqdori va boshqalar. 
Bu ko’rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy 
ishlab chiqarishda barcha qatnashuvchilarni (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) 
va uy xo’jaligi faoliyatlari natijasida aniqlanadi. 
Ana shu ko’rsatkichlarnining yuqori darajasi, talab va taklifning 
mutanosibligi va asosiy bo’lgan budjet daromad va xarajatlarining balansliligi 
makroiqtisodiy barqarorlikni to’liq ifoda etadi. 
Fiskal siyosatning iqtisodiy mazmuniga doir turli xil qarashlarni tahlil 
qilish, aniq iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar sharoitidagi va amal qilish xususiyatlarini 
hamda davlatning iqtisodiyotga samarali ta’sir qilish dastaklaridan ekanligini 
asoslash va milliy iqtisodiyotning muvozanatligini ta’minlashdagi ustuvor 
yo’nalishlarini, aniq iqtisodiy tamoyillarini belgilash zarurdir. Chunki, davlat 
paydo bo’lishi bilan fiskal siyosat jamiyatdagi turli xil iqtisodiy munosabatlarni 
tartibga solishning zaruriy tarkibiy qismlaridan va jamiyat rivojlanishi ob’ektiv 
ravishda taqozo qiladigan talablaridan biri bo’lib kelgan. Davlat tuzilishi 
shakllariga va jamiyatning shu jumladan moliyaviy siyosat dastaklari o’zgarib 
to’htovsiz takomillashib borgan. Inglizcha variantdagi so’z orqali kirib kelgan 
«fiskal siyosat» tushunchasi mamlakatimiz va xorij iqtisodiy adabiyotlarida 
turlicha talqin qilinadi, ko’p hollarda «budjet - soliq», «moliya - soliq» va 
«moliyaviy siyosat» deb yuritiladi. 
Davlat fiskal siyosati - bu davlat budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy 
qismini o’zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’siri tushuniladi. 
«Fiskal» lotincha «fiscus» so’zidan olingan bo’lib, xazina degan ma’noni 
anglatadi. Bu o’z navbatida «xazina siyosati» degan tushunchani ham yuzaga 
keltiradi. Iqtisodiy o’sish maqsadlaridan kelib chiqib, fiskal siyosat bandlik 


11 
darajasini va shu orqali YaMM real hajmini oshirishga yo’naltiriladi. Bunda 
rag’batlantiruvchi fiskal siyosat dastaklari bo’lib: 
·
davlat xarajatlarining o’sishi;
·
soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda davlat budjet barqarorligini 
ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosat iqtisodiy inqiroz yoki turg’unlik 
davrida budjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur. 
Agar davlat o’zining fiskal va xarajatlar siyosatidan foydalanib, mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda ushlab turishga va narxlarning 
barqarorligini ta’minlashga intilsa, bunda u iqtisodiyotda barqarorlashtirish 
siyosatini olib borishga intilayotgan bo’ladi. Bunda baqarorlashtirish siyosatiga 
davlatning iqtisodiy jarayonlarini rag’batlantirish yoki ushlab turishga qaratilgan 
moliyaviy siyosat, deb qarash kerak emas, chunki ular turlicha maqsadni ko’zlab 
bir - biridan farqlanadilar. 
Davlatning iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosati o’z navbatida potensial 
darajasidan keskin farq qilayotgan real YaMM hajmini kamaytirishga 
yo’naltirilgan bo’lib, bu davlatning iqtisodiy o’sish va uning pasayish davrlari 
inflyatsiya va takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi inqirozlardan qochishidir. 
Hozirgi sharoitda davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirishning uchta 
vazifasini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 
1.
Fiskal siyosat rivojlanish konseptsiyasining ilmiy asosli 
yondashuvini ishlab chiqish. Bu aholi iste’mol darajasi, ishlab chiqarishni 
takomillashtirish va iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olishni taqozo qiladi;
2.
Joriy davrda va o’zoq istiqbolda moliyaviy vositalardan 
foydalanishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash. Bunda fiskal siyosatning 
konseptsiyasi va strategiyasini ishlab chiqish ko’zda tutiladi. Shu bilan 
birgalikda ko’rib o’tilgan maqsadlardan kelib chiqib, moliyaviy resurslarning 
qisqarish va o’sish imkoniyatlari hisobga olinadi, tashqi va ichki siyosiy - 
iqtisodiy omillar ham o’rganiladi.


12 
3.
Amaliy harakatlar natijasida fiskal siyosat sohasidagi qo’yilgan 
maqsad va vazifalarga erishish. O’z - o’zidan aniqki, iqtisodiyotga moliyaviy 
siyosatning to’g’ridan - to’g’ri ta’siri faqatgina shu bosqichdan boshlanadi, biroq 
uning samaradorligi oldingi ikki bosqichning mazmuni bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy 
muvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy 
vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo’llaniladigan bu 
barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy 
mexanizmini tashkil qiladi. 
Ma’lumki, iqtisodiy nazariyada va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita 
turi ajratiladi: 
·
Diskretsion fiksal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan siyosat;
·
Nodiskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi 
siyosat.
Nodiskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq intizomining mustaqil 
barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy 
faoliyatni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarisiz 
tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi.
Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorining o’zgarishi ayrim holatlarda 
avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Barcha turdagi soliqlar ham SMM 
o’sishiga mos ravishda sof soliqlar tushumini ko’paytiradi ( sof soliq umumiy 
soliqlar tushimidan davlat trasfert to’lovlarini ayirmasiga teng). SMM 
miqdorining o’sib borishi bilan individual daromad soliqlari, korxonalar 
daromad va foyda soliqlari, QQS, aksizlar miqdori oshib boradi. Va aksincha 
SMM miqdori kamaysa soliq tushumlari kamayadi. Bu yerda transfert to’lovlari 
qarama-qarshi xususiyatga ega. Chunki iqtisodiy o’sish sharoitida ishsizlarga 
to’lanadigan nafaqalar, fermerlarga beriladigan subsidiyalar kamayadi va 
iqtisodiyot inqirozga uchrayotganda esa ko’payadi. Quyidagi chizma bizga soliq 
tizimi qanday qilib barqarorlikni oshirishini tushunish imkonini beradi. 


13 
Ushbu rasmda davlat xarajatlari SMM maxsulot miqdori qanday bo’lishidan 
qatt’iy nazar davlat tomonidan bir xil qilib belgilangan. Soliq tushumlari esa 
SMM miqdori bilan mos ravishda o’sib boradi. 
SMM miqdori va soliq tushumlari o’rtasidagi bu to’g’ri bog’liqlik ikki 
holatda katta ahamiyatga egadir 

Download 15,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish