Toshkent moliya instituti "moliya-iqtisod" fakulteti "moliya" kafedrasi


qadrsizlantirishi mumkin. Masalan



Download 15,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/38
Sana13.07.2022
Hajmi15,95 Mb.
#786791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Bog'liq
davlatning fiskal siyosati va uning moliyaviy barqarorlikka tasiri

 
qadrsizlantirishi mumkin. Masalan

taxmin qilaylik biz
 
respublikamizda ishlab chiqarish pasayishini
 
kutiyappiz va
 
davlat xarajatlari va 
soliqlarini miqdorini shu darajagacha qisqartirdikki, ya’ni yalpi talabni o’sishini 
ta’minlashga yetarlidir. Endi faraz qilaylik, bizni asosiy savdo hamkorimiz 


23 
bo’lgan davlatlar iqtisodiyoti kutilmaganda va tezlik bilan o’sib boshlaydi. 
Ta’minlanganlik darajasining oshishi va daromadlarining o’sishi bu 
mamlakatlarda bizni respublikamizdan tovarlarni sotib olishning o’sishiga olib 
keladi. Bizning sof eksportimiz o’sadi. Yalpi talab nihoyatda tez o’sadi va biz 
talab inflyatsiyasi muammosi oldida turibmiz. Agar biz oldindan bilgan bo’lsak, 
ya’ni bizni sof eksportimiz shunchalik o’sishini biz rag’batlantiradigan qulay 
fiskal siyosat yuritgan bo’lar edik. 
1-jadval
Fiskal siyosat va uni sof eksportga ta’siri 
5
 
1) Rag’batlantiruvchi fiskal siyosat. 
2) Bosiq fiskal siyosat. 
Muammo: inqiroz, sekin o’sish. 
Rag’batlantiruvchi fiskal siyosat. 
Eng katta ichki foiz stavkasi. 
So’mga tashqi talabni oshishi. 
So’mni qimmatlashuvi. 
Sof eksportni kamayishi, (rag’bat-
lantiruvchi fiskal siyosatni qisman 
qarama-qarshiligidan yalpi talab 
kamayadi). 
Muammo: inflyatsiya. 
Bosiq fiskal siyosat. 
Eng kichik ichki foiz stavkasi. 
So’mga tashqi talabni 
kamayishi. 
So’mni arzonlashuvi. 
Sof eksportni ko’payishi (bosiq 
fiskal siyosatni qarama-qarshi-
ligidan qisman yalpi talab o’sadi).
Keyingi jadvalda fiskal siyosatga sof eksportning ta’siri ikki yo’nalish 
bo’yicha berilgan. Ushbu jadvalda sof eksportga ta’sir ikki yo’nalishda ham ro’y 
beradi. Ya’ni, ichki foiz stavkasini kamaytirish, bosiq fiskal siyosat, sof eksport 
miqdorini o’sishiga imkoniyat yaratadi. Biz bilamizki, tovarga talabni oshishi 
xozirgi sharoitda so’m baxosining oshishiga olib keladi. Shunday qilib, so’mni 
narxi boshqa valyutaga tenglashtirilgan narxda oshadi, boshqacha aytganda 
so’m qimmatlashayapti. Sof eksportni fiskal siyosatga ta’siri oldingi savollarda 
5
“ Makroiqtisodiyot” fanidan o’quv kompleksi. TDIU.2003yil. 


24 
ko’rib o’tganimizdek vaqt omili, iqtisodiy muammo, inflyatsiya va o’rin 
almashishlar bilan mos ravishda amalga oshadi va yalpi talabni nihoyatda 
qiyinlashtiradi.
Sof eksport samarasi, fiskal siyosat samaradorligini halqaro savdo orqali 
barbod qilishga xarakat qiladi. Biz o’rin almashish samarasini qarashni tugatdik 
va rag’batlantiruvchi fiskal siyosat orqali foiz stavkalarini oshishi mumkinligi 
xaqida xulosaga keldik, ya’ni investitsiyani qisqarishiga olib keladi shunday 
ekan fiskal siyosatni bekorga chiqaradi. Endi biz ishonishimiz kerakki, foiz 
stavkalarini o’sishi bizni sof eksportga qanday ta’sir qiladi. Keyin faraz qilaylik, 
biz rag’batlantiruvchi fiskal siyosat olib borayapmiz, ya’ni iqtisodiyotga yuqori 
stavkali foiz olib keladi. Bunday foiz stavkalari chetdan moliyaviy kapitallarni 
jalb qiladi. Chetdan kelgan moliyaviy investorlar chetdan qimmatbaxo 
qog’ozlarni sotib olishdan oldin, o’zining hisobida o’sha mamlakatning 
valyutasiga (mos, respublikamizning so’mi) ega bo’lishi kerak. 
Umumiy holatda shunday deyish mumkin: 
1. Davlatning fiskal siyosatlari iqtisodiyotni muvofiqlashtirishda hal 
qiluvchi siyosatlardan biri hisoblanadi. Fiskal siyosatlar diskretsion va 
nodeskrestion siyosatlarga bo’linar ekan. Bu siyosatlarni olib borish ishlab 
chiqarish xajmini oshirish, ishsizlik va inflyatsiyani kamaytirish, iqtisodiy 
o’sishga erishish yo’llarini izlab topishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. 
2. Fiskal siyosat asosan davlat xarajatlari miqdorini oshirish orqali SMM 
miqdorini ko’paytirish va soliqlar xajmini oshirish orqali esa SMM miqdorini 
kamaytirish, shuningdek ushbu usullarni barovar olib borish natijasida SMM 
miqdorini oshirishga erishish yo’llarini kursatadi. Bu erda asosan multiplikator 
samarasiga asoslaniladi. 
3. Fiskal siyosatlar bosiq va rag’batlantiruvchi fiskal siyosatlarga bo’linar 
ekan. Rag’batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib 
borilsa, bosiq fiskal siyosat iqtisodiyotda keragidan ortiqcha talab inflyatsiyasiga 
joy bo’lgan sharoitda olib boriladi. 


25 
4. Umuman olganda qog’ozdagi fiskal siyosat bilan amaldagi fiskal siyosat 
o’rtasida katta farq mavjud. Shuning uchun fiskal siyosatni olib borishda 
to’sqinlik qiladigan muammolar, ya’ni vaqtinchalik bosib o’tilgan yo’lni 
aniqlash, ma’muriy sustkashlik, vazifaviy kechikish, o’zga maqsadlarni 
ko’zlash, rag’batlantiruvchi chora-tadbirlar, ayrim sabablarga ko’ra bir-biri bilan 
bog’langan davr va boshqa jihatlariga to’xtalib o’tiladi. 
5. Ochiq iqtisodiyotda olib boriladigan fiskal siyosat yopiq iqtisodiyotdagi 
fiskal siyosatdan tubdan farq qilar ekan.
Budjet yoki fiskal siyosat deganda, hukumat haridlari va soliq tizimini 
o’zgartirishiga qaratilgan chora tadbirlar majmuasi tushuniladi. Davlat budjet 
xarajatlarini (davlat haridlari va transfert to’lovlari) ko’paytira yoki qisqartira 
borib, to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik yuritishni tartibga solishni amalga oshiradi, 
chunki bu tadbirlar jami talabga bevosita ta’sir qiladi. Soliqlar davlat 
xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shuning uchun 
ham davlat soliq tizimi harakterini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyoz 
turlarini aniqlar ekan, budjet xarajatlariga va butun makroiqtisodiy vaziyatga 
ta’sir ko’rsatadi. Xususan, soliqlarni o’zgarishi orqali investitsiyalarni yoki 
jamg’armalarni rag’batlantirish mumkin. Soliqqa tortishning o’sib boruvchi 
miqdori va ijtimoiy to’lovlar «Avtomatik stabilizator» rolini o’ynaydi. Iqtisodiy 
ko’tarilishlar davrida davlatning qo’shimcha aralashuvisiz soliq tushumlarini
avtomatik tarzda o’sishi hisobiga ist’emol talabi kamayib boradi va aksincha 
pasayish davrda ijtimoiy to’lovlarni o’sishi hisobiga ko’payib boradi 
Shunday qilib, davlat o’zida mavjud bo’lgan barcha tartibga solish 
vositalardan foydalanib, iqtisodiyotdagi moddiy va pul oqimlari harakatiga ta’sir 
ko’rsatadi va shu bilan uning barqaror va muvozanatli rivojlanishini ta’minlaydi. 
Budjet siyosatining eng muhim vazifasi iqtisodiyotning budjet kamomadini 
cheklash hisobiga barqarorlashtirish vazifalarini hal etishdan iborat. Shuningdek 
davlat xarajatlari, ularning tarkibi shunday tashkil etilishi kerakki, ular bozor 
iqtisodiga o’tish jarayoniga har tomonlama ko’mak berishi lozim. Soliq 
siyosatini takomillashtirish, iqtisodiyotning barqarorlashtirishga va moliyaviy 


26 
ahvolini mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ayniqsa, «yangi soliq siyosatiga» to’htalib shuni aytish lozimki, yangi 
soliq siyosati doirasida soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish resurslar, 
mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning 
progressiv tizimini joriy etish vazifasi ko’riladi. Ayni paytlargacha 
O’zbekistonda yer osti boyliklari, yer, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa 
tabiiy resurslardan soliq undirish tamomila tan olinmay kelinganligini takidlab 
o’tish lozim. Shu jumladan, korxonalarga tabiatdan foydalanish va atrof muhitni 
ekologik jihatdan muhofaza qilish ishlari bilan hisoblashmaslik bebaho, o’rni 
to’ldirilmaydigan tabiiy boyliklarni boy berish xavfi tug’ilgan edi. Bunga misol 
uchun ekologik jihatdan zararli hamda inson salomatligi uchun g’oyat havfli 
ishlab chiqarishga ega bo’lgan Chirchiq va Navoiy ximiya kombinatlarini 
ko’rsatish mumkin.
Makroiqtisodiy barqarorlik shunchaki quruq maqsad emas, balki 
iqtisodiyotni jonlantirish va uning tarkibini yangilash, investitsiya faoliyatni 
jadallashtirish, ish joylarini sonini oshirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarishni ko’paytirish, aholining real daromadlarini oshirish uchun tegishli 
shart-sharoit yaratishning hayotiy zarur bosqichi sifatida muhimdir.
Davlatning budjet va pul-kredit siyosati to’g’risidagi tushunchaga ega 
bo’lish uchun avvalo davlat budjetiga to’htalib o’tishi lozim. Bizga ma’lumki, 
davlat budjeti davlatni o’z vazifalarini amalga oshirish uchun sarflashga 
mo’ljallangan shakllantirilgan pul fondidir. U o’zaro bog’langan ikki qismidan, 
ya’ni kelib tushadigan mablag’lar ko’rsatilgan daromad va chiqimlarning barcha
turlarini o’z ichiga oladigan xarajatlar qismidan iboratdir. Xarajatlar va 
daromadlar teng bo’lganda balanslashgan budjetga ega bo’linadi. Xarajatning 
daromaddan oshib ketishi budjet yetishmovchiligini bildiradi. Buni bartaraf etish 
uchun davlat soliqlarni oshirishga, davlat qarzlarini ko’paytirishga, shuningdek 
qo’shimcha miqdorda pul bosib chiqarishga majbur bo’ladi, hamda bularni 
amalga oshirish uchun o’zining ixtiyorida bo’lgan fiskal siyosatni maqullaydi.


27 
Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari jumlasiga tovar va 
xizmatlar davlat haridini, ijtimoiy dasturlarni, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy 
yordam shakllarini (dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar), qayd etilgan 
narxlarni hamda eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalarni kiritish 
mumkin. 
Dotatsiya -bu budjetdan va budjetdan tashqari fondlardan qaytarilmaydigan 
tartibda korxonalarning va tashkilotlarning zararlarini qoplash, shuningdek, 
mahalliy budjet mutanosibligini ta’minlash uchun ajratiladigan pul 
mablag’laridir.
Subvensiya-qat’iy maqsadlar uchun berilagan dotatsiya turi bo’lib, undan 
foydalanish sharti buzilgan holda ularning qaytarilishi ko’zda tutilgan. Masalan, 
ayrim viloyatlarga ularning ijtimoiy rivojlanish darajasini tenglashtirish 
maqsadida respublika budjetidan ajratiladigan subvensiyalar. 
Subsidiyalar-bu pul yoki natural ko’rinishdagi yordam turi bo’lib, ular 
budjet va budjetdan tashqari fondlar hisobidan ko’rsatiladi. Uni yuridik va 
jismoniy shaxslar mahalliy boshqaruv idoralari qaytarib bermaslik asosida, lekin 
o’zlarining ulushlarini ham qo’shish sharti bilan olishlari mumkin. Subsidiyalar 
bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. To’g’ri subsidiyalar kapital qo’yilmalar, 
ilmiy tadqiqotlar, xodimlarni qayta tayyorlashga ketgan xarajatlar ko’rinishida 
ajratilishi mumkin. Egri subsidiyalar soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda 
kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari ko’rinishida ko’rsatiladi.

Download 15,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish